M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Fototropizm. 
Fototropizm 
deb 
o‘simliklarning 
yorug‘lik 
energiyasining  yo‘nalishiga  qarab  burilish  qobiliyatiga  aytiladi.  Yosh 
o‘simliklar  va  ularning  o‘sish  qismlari  yorug‘lik  manbai  tomonga  qarab 
buriladi.  Bunday  harakat  musbat  fototropizm  deyiladi.  Bunday  fototropizmni 
xona    o‘simliklarida  yaqqol  kuzatish  mumkin.  O‘simlik  o‘stirilgan  tuvaklar 
derazaga  yaqinrok  joyda  saqlansa,  o‘simliklar  yorug‘lik  tushgan  tomonga 
egiladi.  Yorug‘lik  manbaidan  teskari  tomonga  qarab  egilish  manfiy 
fototropizm  deyiladi.  Barg  plastinkasining  kuyosh  nurlariga  perpendikular 
ravishda joylanish  qobiliyati diafototropizm deyiladi. 
 
O‘SIMLIKNING RIVOJLANISHI 
 
O‘simliklarning  hayotiy  jarayoni  (ontogenezi)  tuxum  hujayraning 
urug‘lanishi  hamda    zigotaning  hosil  bo‘lishidan  boshlanadi  va  to  tabiiy 
o‘lishigacha  davom  etib,  mustaqil  rivojlanish  jarayonlarini  o‘z  ichiga    oladi. 
Hayot  tarzining  boshlanishi  asosan  vegetativ  organlarning  o‘sish  jarayonlari 
bilan tavsiflanadi. Keyin voyaga etish, ko‘payish, oxirida qarish va o‘lish bilan 
yakunlanadi.  Umuman,  bu  siklning  asosini  qulay  sharoitlarda    o‘sish  va 
rivojlanish  tashkil  etadi.  O‘simlikning  o‘sishi  uning  hajmini  kattalashishi  va 
og‘irligini   oshishidan va poya, barg, ildiz kabi vegetativ organlarning takror 
vujudga  kelishi  bilan    boradi.  Rivojlanish  jarayoni  o‘simliklar  tanasida  birin-
ketin kechadigan  sifatiy  o‘zgarishlardir.   
 Tabiatda  mavjud  bo‘lgan  o‘simliklarning  uzoq  filogenez  (yunoncha 
“file” –avlod , “genezis” –kelib chiqishi) tarixi mobaynida qaror topgan irsiy 
xususiyatlar  ontogenez  (  yunoncha  “onto”  –borliq  ,  “genezis”  –kelib 
chiqishi)da ko‘rinadi. 
Ontogenez  filogenezning  qisqa  qaytarilishidir  yoki  ontogenezlar 
yig‘indisi  filogenezni  hosil    qilishi  mumkin.  Ontogenezga  o‘simlikning 
urug‘gacha  bo‘lgan  hayoti  kiradi.  Buni  nemis  olimlaridan  F.Myuller  va 


156 
 
E.Genkellar biologik qonunlar deb tasdiqlaganlar. 
O‘simliklarning  qazilma  qoldiqlaridagi  belgilar,  hozir  yashab  turgan 
avlodlarda 
mujassamlangandir. 
Masalan, 
ko‘mirda  shakllari  qolgan 
qirqquloqlarning  dastlabki  barglaridagi  dixotomik  shoxlanishni    hozirgi 
avlodlarida ko‘rish mumkin. 
O‘simlikda  kechadigan  ko‘pgina  jarayonlar:  moddalar  almashinuvi, 
o‘sish,  rivojlanish  kabilar  ularni  ritmik  holatda  o‘zgarishiga,  ya’ni  harakat 
qilishiga  olib  keladi.  Masalan,  ayrim  gullar,  barglar  kechga  borib,  yopilib, 
ertalab  yana  ochiladi  va  barglarini  yozadi  yoki  aksincha.  Bu  jarayonga 
hujayraning  turgor  holatida  bo‘lmasligi  sabab  bo‘ladi.  Demak,  bunday 
o‘simlikning  ma’lum  vaqtdagi    harakati  hujayralarning  ichki  jarayoni  orqali 
tartibli  ravishda  boshqariladi,  bu  fiziologik  soat  deb  ataladi.  Fiziologik  soat 
kunning  uzun  –  qisqaligi  va  faslning  o‘zgarishi  bilan  ro‘y  berib,  o‘simlikning 
o‘sishini,  rivojlanishini,  gullab  meva  tugishini  va  tinim  holatiga  o‘tishini 
belgilaydi. 
Shimoliy zonadagi  o‘simliklar uzun yorug‘ kun o‘simliklari deb ataladi, 
chunki ularning qisqa umri yozning uzun va yorug‘ kuniga to‘g‘ri keladi. O‘rta 
mintaqalardagi  o‘simliklar  qisqa  va  uzun  kun  o‘simliklariga    misol  bo‘ladi. 
Bahorgi  va  yozgi  o‘simliklar  esa    qisqa  kun  o‘simliklariga  misol  bo‘lsa,  avji 
yozda gullaydigan o‘simliklar uzun kun o‘simliklariga misol bo‘ladi. 
O‘simliklarning  xarakterini,  ya’ni  foto  davrini  hisobga  olib,  ularni 
kerakli  mintaqalarda  o‘stirish  mumkin.  Masalan,  shimoliy  o‘simliklarni  
janubda va janubdagilarini shimolda o‘stirish mumkin. 
 
RIVOJLANISHNING UMUMIY QONUNIYATLARI 
 
 O‘simlikning  shaxsiy  rivojlanishida  (ontogenezda)  asosiy  o‘rinni 
morfologiyasi  egallaydi  va  uni  morfogenez  deb  ataladi  (yunoncha  “morfo”  –
shakl,  ko‘rinish).  Morfogenezda  o‘simlikning    meristematik  hujayrasi  har  xil 


157 
 
tezlikda bo‘lsa ham umrining oxirigacha bo‘linib turadi. Bu bo‘linish natijasida 
o‘simlik  bir  butun  tanani  hosil  qilib,  ma’lum  ichki  tuzilishga  ega  bo‘ladi. 
Morfogenez  jarayoni  va  natijasi  genotipni  belgilaydi  va  shaxsiy  rivojlanish 
sharoiti bilan umumiy rivojlanish qonuniyati o‘rtasidagi bog‘liqlik barcha tirik 
organizmlarga  xosligini  tasdiqlaydi.  Masalan,  qutblik  qonunida    ildiz 
meristemasidan faqat ildiz, poya meristemasidan faqat poya va to‘pgullar o‘sib 
chiqadi.  Simmetrik  qonuni  har  xil  organlarning  shakliga,  bargning  
joylashishiga  bog‘liqdir.  Bir  butun  tanada    qismlarning  bir  –biriga  bo‘lgan 
bog‘liqlik xususiyati ularning umumiy xarakterini belgilaydi. 
Tabiiy holda qismlarning bog‘liqlik xususiyati o‘zgarsa majruh o‘simlik 
hosil  bo‘ladi,  lekin  sun’iy  ravishda  chekanka    qilinsa,  inson  uchun  kerakli 
bo‘lgan o‘simlikda foydali xususiyat shakllanadi. 
Yuksak  o‘simliklarning  ontogenez  taraqqiyotini    to‘rt  davrga  bo‘lish 
mumkin: 
1) Latentli davr  – tinim  davr (embrional); 
2) Virgenil davr –urug‘ unib birinchi gullagan davr (yuvenil - yoshlik);  
3)  Generativ  davr    –  birinchi  guldan  oxirgi  gulgacha  bo‘lgan  davr 
(reproduktiv-voyaga etish va  ko‘payish);  
4)  Senil  davr    –  qarilik  davri  –  oxirgi  gulidan  to  nobud  bo‘lgungacha  
(yoki tabiiy o‘lim) davri. 
Yuksak  o‘simliklarning  rivojlanishidagi  asosiy  davr  bu  organlarning 
paydo bo‘lishidir. Organlarning hosil bo‘lishi organogenez deb ataladi. Bunda 
ildiz,  poya,    barg,  gul,  meva,  urug‘  hosil  bo‘ladi.  Tabiatda  o‘simliklarda 
organlarning  hosil  bo‘lishi    har  xil  vaqtda  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,    
qo‘ytikan,  lola  kabi  efemer(qisqa  umrli)  o‘simliklar    1-2  oy  ichida  o‘sib,  
gullab,  urug‘ hosil qilib,  nobud bo‘ladi. Aksincha ochiq urug‘li o‘simliklarda 
changlanib  urug‘  hosil  bo‘lguncha    uch  yil  kerak.  Ayrim  plaunlarda 
(suzgichlarda) bu jarayon 12-15 yilda sodir bo‘ladi. 
 


158 
 
FOTOSINTEZ JARAYONI 
 
Fotosintez jarayonida, odatda (yuksak o‘simliklarda har doim) anorganik 
modda  quyosh  nuri  ta’sirida  organik  moddaga  (tipik  hollarda  –  uglevodlarga) 
aylanadi.  Fotosintezda  hosil  bo‘lgan  organik  moddada,  assimilatsiyada  ham 
akkumulirlangan  energiya,  va  shuningdek  o‘zlashtirilgan  modda  mavjud 
bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda, fotosintez jarayoni energiya va moddalar hosil 
bo‘lishini  o‘z  ichiga  oladi,  bunda  fotosintez  uchun  aynan  energiya  hosil 
bo‘lishi  xarakterli  bo‘lib  hisoblanadi.  Shu  sababli  fotosintez  quyosh  nuri 
energiyasining  ximiyaviy  energiyaga  biologik  aylanishi  jarayoni  sifatida 
qaraladi. Fotosintez jarayonining umumiy tenglamasi quyidagicha: 
 
                                     yorug‘lik 
1. 6CO
2
+12H
2
O    →     C
6
H
12
O
6
 + 6H
2
O + 6O
2
 (∆G
ύ
=+686 kkal / mol) 
 
Keltirilgan ushbu tenglama yashil o‘simliklar uchun (suv o‘tlariga ham) 
tegishli  bo‘lib,  fotosintezlovchi  bakteriyalar  uchun  xos  emas.  Fotosintezning 
ikkita parsial reaksiyasi (2, 3) hujayrada fazoviy va funksional holda bo‘lingan 
bo‘ladi. “Yorug‘lik reaksiyasi” (yorug‘likka bog‘liq va unga bog‘liq bo‘lmagan 
bosqichlar)  tilakoidlarda  sodir  bo‘ladi,  “qorong‘ulik  reaksiyasi”  (faqatgina 
yorug‘likka  bog‘liq  bo‘lmagan  bosqichlarni  o‘z  ichiga  oladi)  esa 
xloroplastlarning matriksida kechadi. 
                 
              yorug‘lik 
2.  12H
2
O        →            12[H
2
]+6O
2
        (energiyaning  hosil  bo‘lishi  –  yorug‘lik 
reaksiyasi) 
                yorug‘lik 
3.  6CO
2
+12H
2
O        →            C
6
H
12
O
6
+6H
2
O        (moddalarning  hosil  bo‘lishi  – 
qorong‘ulik reaksiyasi) 
Yorug‘lik  reaksiyasi  xlorofill  tomonidan  yorug‘lik  kvantlarining 
(fotonlar) yutilishi bilan boshlanadi; natijada qaytaruvchi agent (NADF▫H+H
+
 


159 
 
ko‘rinishida) va energiya (ATF ko‘rinishida) hosil bo‘ladi. Qaytaruvchi agent 
va energiya (ayrim xorijiy adabiyotlarda “assimilyasion kuch” deb nomlangan) 
qorong‘ulik  reaksiyasi  tizimiga  kirib,  yorug‘lik  va  qorong‘ulik  reaksiyasi 
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida hizmat qiladi. 
Yorug‘lik 
reaksiyasi 
(yashil 
o‘simliklarda)  suvning  fotolizini 
(yorug‘likdagi  oksidlanish)  o‘z  ichiga  oladi;  fotosintezda  hosil  bo‘ladigan 
kislorod  suvdan  kelib  chiqadi  (“keraksiz  mahsulot”  sifatida),  uglerod 
kislotasidan  emas.  Yorug‘lik  reaksiyasining  mahsuloti  bo‘lgan  ATF 
elektrontransport  zanjirida  (fotofosforillanish)  hosil  bo‘ladi;  elektronlar 
suvning yorug‘lik ta’siridagi oksidlanishida chiqadi. 
Nafas  olish  koeffitsientiga  (RQ)  fotosintezda  assimilatsiya  koeffitsienti 
(AQ)  to‘g‘ri  keladi:  AQ  =  O
2
  /  CO
2
.  Uglevodlarning  hosil  bo‘lishi  AQ  =  1 
bilan boradi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish