Gidrofitlar. Bunday o‘simliklarning tanasi asosan suvda bo‘lib, bir qismi
suvdan tashqariga chiqib turadi. Gidrofitlar tanasida mexanik to‘qimalar
rivojlanmaydi, aksincha aerenxima kuchli rivojlanadi. Barglaridagi kutikula
deyarli yupqa bo‘lib, og‘izchalar faqat barglarning ustki epidermisida bo‘ladi.
Suv o‘simlikka butun tanasi bilan shimilgani uchun o‘tkazuvchi to‘qima va
ildiz suruvchi tuklari yaxshi rivojlanmaydi. Barg mezofilidagi xujayralar faqat
bulutsimondir.
Gidrofitlarga suvutlar, suv grechixasi, nilufar, valesneriya, elodeya kabi
o‘simliklar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |