4.2. UZUN TOLALI ZIG‘IR TOLASI OLISH
Trestadan tolani chiqarib olish uchun tresta tekislanadi, eziladi va
savaladi. Bu jarayonlar ezish-savash agregatlarida yoki ezish-savash
mashinasidan ajratib olib boriladi. Trestani yupqa qatlam qilib bir xil
uzatish uchun tekislash va ezish moslamasi, ya’ni qatlamga shakl beruvchi
(bir xil qatlam qiluvchi) mashina ishlatiladi. Trestani yoyish (tekislash) uni
katta bosim bilan silliq moslama orqali tekislashdan iborat. Bu esa ichki
125
yog‘ochlik (chi qindi) ka tegishli bo‘lgan po‘stloqning harakatlanishini
ta’minlab, poya qalinligining bir xil bo‘lishiga va keyingi ezishga yordam
beradi.
Trestani ezish yog‘ochlikning buzilishi va qismlarga ajratilishi uchun
xizmat qiladi, bu jarayonda taramli valsalar yordamida bo‘lakchalarga
ajratilgan chiqindi kostra deb ataladi. Ezishning borishi taramlar
sonining oshishi bilan baholanadi, prujinalarning moslamaga beradigan
bosimiga va valsa taramlarning chuqurligiga ham bog‘liq. 1 = D – V.
Mahsulot chiqishda kattalik va moslama lardan beriladigan bosim
kamayadi, taramlar soni esa ko‘payadi. Mayda taramli valsalardan maxsus
tayyorlangan trestalar o‘tkaziladi. Soni esa ko‘payadi, mayda taramli
valsalardan maxsus tayyorlangan trestalar o‘tkaziladi. Ezilgan trestani
savash — asosiy qism, chiqindi po‘stloq matolar va tola bo‘lmagan
moddalarning ajratilishi jarayoni. Bu bilan uzunasiga yorilgan tolasimon
qatlamning texnik tolaga aylanishi ro‘y beradi.
Xom zig‘ir, A ning bitta oxiriga qistirilgan transportyor (5) ning cheksiz
tasmasiga, savash barabani (3) ning ichida harakatlatiriladi. D nuqtada (6)
savalagich uchrashadi va titrash yo‘li bilan rost tomonga harakatlanadi,
qoqib silkinadi, bu esa chiqindi va boshqa moddalarning ajralishiga
yordam beradi. Zarba vaqtida xom zig‘ir (6) savalagich qirralariga urilib
savaladi. Panjara (2) savalashni kamaytiradi. Qattiq savashda tola uzilishi
mumkin, kam savashda esa yaxshi savalmaydi. Shuning uchun savash
intensivligini bir xilda oshirish uchun barabanlar (3) avval kichkina tezlikni
oladi yoki xom zig‘ir savash zonasiga bir xilda beriladi.
O‘ramning o‘rta qismi DE ikki marta savalanadi: bu uchun xom
zig‘ir mashinaning 1-seksiyasida DB qismida savalanadi, keyin havo
oqimi sopla (4) dan 2-seksiyadagi transportyorning tasmalari (5) ostida
erkin qismiga o‘tadi, bu yerda xom zig‘ir EA uchastkasida savalanadi.
Savashning intensiv oshishi ezilmagan, namli va ingichka poyali trestaga
ishlov berishda albatta ta’sir ko‘rsatadi. Faqat ezishda savashning haddan
tashqari oshirilishi tola sifatining buzilishiga sabab bo‘ladi va uning
yo‘qo tilishini oshiradi, qisqa tolalar miqdori ko‘payadi.
Savashdan keyin zig‘irdan savalgan zig‘ir (uzun tola) va tolali
chiqindilar (tarkibida chiqindi va qisqa tolalar mavjud) olinadi. Uzun tola
olishda poya chiqindilari bo‘linishi kuzatiladi, shu bilan birga aralashgan,
qisqa va jarohatlangan poya chiqindi sifatida olinadi.
Qisqa tolaning olinishi
Qisqa tolaning olinishi quyidagi jarayonlar bilan amalga oshiriladi:
126
silkitish mashinasida chiqindilarni boyitish uchun yopishqoq chiqindining
asosiy qismini ajratib tashlash; 1) silkitish; 2) boyitilgan chiqindini quritish;
3) quritilgan chiqindini ezish, savash va silkitish; 4) ajratilgan tolani
navlash va presslash.
Silkitish chiqindilarni titkilab turuvchi, pastki va ustki qimirlab
turuvchi taroqlari bo‘lgan mashinada amalga oshiriladi, ajralgan
chiqindi panjara orqali o‘tib (2) ketadi. Mahsulot mahkam panjarali
mashina ichida quyidagi shart bilan harakatlanadi: a
1
> a
2
. Kostra yupqa
qatlam holida yaxshi ajratiladi. Ezish, savash va silkitish (2-marta) kudel
tayyorlash mashinasida amalga oshiriladi. Ezish uchun bir nechta ezish
jufti ishlatiladi, keyin iste’molchi valsalar (1) (4.8-rasm), savash esa urish
plankali ikki baraban (2) ishlatiladi. Uruvchi barabanlar (3) tolaning
boshqa tolalarga o‘ralmasligini ta’minlab, tolani savash barabanlari
bilan uradi.
Ezish, savash va kudel tayyorlash mashinalaridan olingan chiqindidan
tola ajratish mashinasi yordamida yigirib bo‘l maydigan qisqa tolalar
olinadi. Uni kanop losi (teploizolyatsiya uchun) va qog‘oz sanoatida
ishlatiladi.
Qisqa tolalarni navlash va presslash texnik shartlarga ko‘ra tola
ajratishdan boshlanadi. Navlangan tola 60 kg li kiplarga presslanadi.
4.1-rasm. Zig‘irpoyaning umumiy va ko‘ndalang kesimda ko‘rinishi:
1 — poyaning kutikula qoplamasi; 2 — qobiq; 3 — po‘stloq;
4 — elementar tola; 5 — yog‘och qism; 6 — o‘zak.
H
H
/
3
d
L
T
1
5
127
Sanalgan zig‘ir, qisqa tola va zig‘ir lubining sinflanishi
Bularni baholashda raqam tizimi ishlatiladi, xomashyo raqami
uning chiqishini va kalavaning standart sifatini, berilgan xomashyo dan
olinganligini bildiradi. Xomashyo qanchalik yaxshi bo‘lsa, uning raqami
yuqori bo‘ladi.
Ezilgan zig‘ir 9 raqamga bo‘linadi: 24, 22, 20, 18, 16, 14, 12, 10 va
8. Har bir raqam uchun ishlov berilmagan qism, chiqindi va boshqa
keraksiz moddalar qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tola konditsion massada qabul qilinadi, hamma tola raqamlari uchun
12 % namlik, chiqindi va boshqa moddalar me’yorlari beriladi.
Zig‘ir sifati standart namunalarga tenglashtirib organoleptik baholanadi,
baholashda ziddiyatlar bo‘lsa, tarash va nazorat mashinalarida o‘tkaziladi,
savalgan zig‘ir sifati, olingan taram va tarandilar namunalariga ko‘ra yakuniy
baholash o‘tkaziladi. Qisqa zig‘ir tolasi uzilish kuchi ko‘rsatkichiga ko‘ra
buramli tolali tasma, chiqindi miqdori va xas-cho‘plar miqdoriga ko‘ra
4.2-rasm. Zig‘irpoyani yanchish mashinasining chizmasi:
a — yon tomondan ko‘rinishi. b — reja.
1 — bo‘luvchi; 2 — tasma; 3 — tashish tasmalari;
4 — kirish tirqishi.
1 2
3
2
4
a
)
b
)
128
5 ta raqamga bo‘linadi: 8, 6, 4, 3 va 2. Tola qancha yaxshi bo‘lsa, raqam
shuncha yuqori bo‘ladi. Boshida tola standart namunalarga taqqoslab
organoleptik baholanadi. Ziddiyatlar tug‘ilganda labora toriyada olingan
natijalar yakuniy baholashni aniqlaydi. Savalgan zig‘irga o‘xshab, kalta
tola ham konditsion massada qabul qilinadi.
Uzun va kalta lubning har bir raqamiga ruxsat etilgan va chegaralangan
chiqindi miqdori belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |