213
bevosita
subsidiyalar
ishlab
chiqarish
xarajatlarining
samarali
taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi tarmoqni xalqaro
raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin bo‘ladi.
17.2-rasm. Ishlab chiqaruvchilar subsidiya berilishining iqtisodiy
oqibatlari
Subsidiyalarni joriy qilgandan so‘ng ularni bekor qilish qiyin bo‘ladi,
raqobat muhiti yo‘qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muam-
mosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish,
bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va
pul-kredit siyosatlari qo‘llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo‘llashdan asosiy
maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro
raqobatdan himoya qilish,
ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq farovonligini
oshirishdan iborat.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bil-
vosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi.
Bevosita usullar mazmuniga ko‘ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy – hu-
quqiy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Litsenziyalash va kvotalash iqti-
sodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga
oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir.
Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar
eksporti hamda moliya operatsiyalarini o‘tkazish, xorijga ishchi kuchini
ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda litsenziyalar faqat
davlat ro‘yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy
faoliyat qatnashchilariga
beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular
oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash
va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik o‘sishining to‘xtash hamda savdo
balansining tenglashtirish imkonini beradi.
214
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi
usullar yordamida joylashtiriladi.
1.
Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif
qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi.
2.
Afzal ko‘rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni
ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik bo‘lgan firma va kompaniyalarga
hech qanday shart va talablarsiz beradi.
3.
Xarajat usuli–davlat litsenziyalarni
yirik ishlab chiqarish
quvvatlariga va resurslarga ega bo‘lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va importi-
ga litsenziyalar berish huquqiga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi
boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki
ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy
bank.
Moliya
operatsiyalarini o‘tkazishga litsenziyalar asosan
Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan o‘z va xorijiy
banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasa-
lariga mamlakat ichida va uning tashqarisida
chet el valutasi bilan
operatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa
ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish huquqini
beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni,
shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida
kvotalash keng qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda
vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar,
mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo‘yicha ma’lum davrga eksport va
importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat
tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to‘lov
balanslarini
ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda
o‘zaro kelishuvga erishish uchun qo‘llaniladi. O‘zbekistonda kvotalash
xalq iste’moli mollarini va strategik xomashyoning muhim turlarini olib
chiqishni chegaralash usuli sifatida qo‘llanilmoqda. Kvotalash faqat
mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga
solishda ham qo‘llaniladi. Ko‘pgina rivojlangan
mamlakatlar ichki
mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga
kvotalar o‘rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko‘proq qo‘llanilishiga
ikkita sabab bor:
1.
Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi.
215
Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira
olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish
maqsadida kvotalarga e’tiborni qaratishga majbur bo‘ladi.
2.
Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni
qo‘llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar
olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko‘proq mos keladi.
Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko‘riladigan farovonlikdagi
yo‘qotishlar ikki holatda katta bo‘ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar
import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar
monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan,
importga
litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: