M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


Y t  Y=--------------100



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

Y t 
Y=--------------100 
Yt-1 
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 


167 
real YaIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. 
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, 
SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazari–
yada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va 
investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. 
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va 
yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi 
resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiyla–
shishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik 
mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning 
daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqar–
tiradi. Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi. 
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, 
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, 
ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi- 
yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, 
xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi. 
14.2.
 
Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari 
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini, 
ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va 
jarayonlar iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi. 
Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi. 
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan 
ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi: 

tabiiy resurslar soni va sifati; 

mehnat resurslari soni va sifati; 

asosiy kapital hajmi; 

texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish; 

jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi. 
Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko‘proq yalpi talab bilan 
belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘proq ishlab 
chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni 
modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi. 
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish potensialini 
yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari 
bilvosita omillar) kiritiladi: 


168 

bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; 

iqtisodiyotdagi soliq muhiti; 

kredit-bank tizimi samaradorligi; 

iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o‘sishi; 

eksport hajmining o‘sishi; 

iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash 
imkoniyatlari; 

daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. 
Agar o‘sish qo‘shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa 
va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o‘rtacha 
samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi. 
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish yangi korxonalar, yo‘llar, elektrostansi-
yalar qurish, yangi erlarni o‘zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni 
qo‘shimcha jalb etish kabilar hisobiga ta’minlanadi. Ammo bu resurslar-
ning cheklanganligi rivojlanishning ma’lum bir bosqichida ekstensiv iqti-
sodiy o‘sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo‘yadi. 
YaIMning o‘sishi iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonidan yuqori 
sur’atga ega bo‘lsa intensiv ihtisodiy o‘sish ro‘y beradi. 
“Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining 
oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan 
mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik 
xususiyatlarini yaxshilashni ko‘zda tutadi. Bunday jarayonlar namoyon 
bo‘ladi: 

fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni 
yangilashda; 

xodimlar malakasini oshirishda; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini 
yangilashda” 
Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy 
o‘sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi 
darajasiga qarab ko‘proq ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi 
mumkin. 
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur 
qayta ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan 
mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning 
YAIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim 
ahamiyatga ega. 


169 
14.5-jadval

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish