176
etilmoqda. Bu esa qishloq joylarda agroturizm sohasini yo‗lga
qo‗yish va rivojlantirishda muhim omil bo‗lib hisoblanadi.
Turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli
tadbirlarga qaramasdan, mamlakatimizda agroturizm faoliyatini
samarali tashkil qilishda ba‘zi muammolar mavjud ekanligini qayd
qilib o‗tish lozim:
– mavjud me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda ―agroturizm‖, ―qishloq
turizmi‖, ―yashil turizm‖, ―eko-agroturizm‖, ―fermerlik turizmi‖
tushunchalarining mohiyati to‗liq ochib berilmagan;
– qishloq turizmini tartibga soluvchi maxsus qonunchilik
mexanizmi shakllanmagan;
–
qishloq
joylarida
agroturizm
faoliyatini
rivojlantirish
imkoniyatlari to‗g‗risidagi axborotlar bilan qishloq aholisi etarli
darajada ta‘minlanmagan;
– qishloq joylarida agroturizmni samarali tashkil qilish uchun
malakali kadrlar etishmaydi.
Bizning
fikrimizcha, yuqoridagi muammolarni bartaraf
qilish uchun, jahon tajribasidan kelib chiqib, O‗zbekistonning
barcha mintaqalaridagi mavjud imkoniyatlarni va o‗ziga xos shart-
sharoitlarni hisobga olgan holda, yaqin istiqbolda qishloq turizmini
(agroturizm) quyidagi yo‗nalishlarda tashkil qilish maqsadga
muvofiqdir:
1.
Mamlakatimizda
qishloq
turizmini
tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini
tartibga
soluvchi
qonunchilik
bazasini
shakllantirish.
2. Qishloqlardagi mavjud turistik resurslar asosida, oilaviy biznesni
rivojlantirish orqali kichik mehmonxonalar va agroturizmni samarali
faoliyatini ta‘minlaydigan turli xil infratuzilma ob‘ektlar, asosan
xususiy agroturistik xo‗jaliklarni tashkil qilish.
3. Qishloq joylarida turizmni samarali
rivojlantirish maqsadida
ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish (―tarixiy qishloq‖, ―milliy
qishloq‖ va h.k).
4. Turistlarni qabul qilishga mo‗ljallangan, ularni mazmunli dam
olishini to‗liq ta‘minlaydigan kichik madaniy-tarixiy, turli xil
etnografik markazlarni tashkil qilish.
177
5. Qishloq joylaridagi joylashtirish vositalari va infratuzilmalarga
xos bo‗lgan, ko‗p tarmoqli, ya‘ni turistik, ko‗rgazmali,
reklama
namoyishli,
madaniy-targ‗ibotli,
ilmiy-tadqiqot
va
ishlab
chiqarishga xos bo‗lgan, davlat hamda xususiy qishloq xo‗jaligi
parklarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida qayd qilib o‗tilgan yo‗nalishlarning har birini amalga
oshirish uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjud.
Yurtimizning yirik sarmoyadorlarini agroturizmning boshqa
shakllariga, eng avvalo yirik xususiy agroturistik ob‘ektlarga
mablag‗ qo‗yishga jalb qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bunday ob‘ektlar sirasiga madaniy-tarixiy parklar, etnomadaniy
majmualar, ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqalar kiradi. Ushbu
loyihalarni amalga oshirilishi, nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali,
balki, ijtimoiy jihatdan
muhim ahamiyat kasb etadi, xususan,
bugungi yoshlarni o‗z vatanini, tarixini, madaniyatini yaxshi
bilishda, milliy qadriyatlarni anglashda, umuman, bir so‗z bilan
aytganda o‗z vatanini sevish hamda vatanparvarlik tuyg‗usini
shakllantirishda muhim rol o‗ynaydi. Mamlakatimizda qishloq
turizmining rivojlanishi iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat
kasb etadi va ijobiy samara beradi. Xususan, davlatimiz uchun:
soliq tushumlari oshadi;
milliy urf-odatlar va an‘analarni o‗rganishga
qiziqish ortadi;
qishloq ahlining o‗ziga xos hayot tarzi va an‘anaviy qadriyatlar
keng targ‗ib qilinadi;
xalq hunarmandchiligi yanada rivojlanadi;
hududlarning madaniy va tarixiy merosi asrab-avaylanadi;
qishloq joylarida ishlab chiqarish sohasi yanada rivoj topadi.
Qishloq aholisi uchun:
yoshlar uchun
“kichik Vatan”
ning tarixiy-madaniy ahamiyatini
anglatadi, uning mamlakat hamda jahonda mashhurligidan faxr
hissini oshiradi;
yangi ish o‗rinlari yaratilib, mahalliy aholining bandlik
muammosi hal qilinadi;
qishloq aholisining daromadi oshadi;
qishloq joylarida uy-joy fondi tuzilmasi yanada rivoj topadi;
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining sotuv hajmi ortadi.
178
Turistlar uchun:
mahalliy aholining o‗ziga xos tarixi, an‘analari,
urf-odatlari,
gastronomiyasi, madaniy-ma‘naviy jihatdan rivojlanishi bilan
yaqindan tanishish imkoniyati yuzaga keladi;
go‗zal tabiat qo‗ynida dam olib, sog‗liqni qayta tiklash
imkoniyati paydo bo‗ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,
mamlakatimizda qishloq turizmini barqaror rivojlantirish uchun
barcha imkoniyatlar mavjud. Ushbu
imkoniyatlardan samarali
foydalanilsa, mamlakatimiz qishloqlari yanada obod bo‗ladi,
aksariyat yoshlar yangi ish o‗rinlari bilan ta‘minlanadi, qishloq
xalqining turmush faravonligi yanada oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: