M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


O‗zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

11.5.O‗zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari 
 
Ma‘lumki, bundan 15-20 yillar avvallari turistik ob‘ektlarning 
asosiy qismi shahar joylarida va qisman shahar atroflarida 
hududlarda turistlarni qabul qilishi va xizmat ko‗rsatish 
imkoniyatlari mavjud bo‗lgan bulsa, bugungi kunga kelib qishloq 
joylaridagi turistik ob‘ektlar ham xalqaro marshrutlarga kirib borishi 
qishloq turizmini hududiy tashkil etish va rivojlantirishda muhim 
qadamlardan biri bo‗ldi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Geografik 
tadqiqotlarda aholi manzilgohlaridan biri hisoblangan shaharlar 
keng ko‗lamli o‗rganilgan. Ammo qishloq joylari turistik jihatdan 
nisbatan kam o‗rganilgan. Binobarin, qishloq joylari ham murakkab 
ijtimoiy kategoriyalardan hisoblanadi. Geografiya fanlari tizimida 
qishloq joylar – bu kompleks tadqiqot ob‘ektlaridan biridir. Boshqa 
soha vakillaridan farqli, o‗laroq, geograflar, eng avvalo qishloq 
joylarni, ularning komponentlarini (tabiati, rekreatsiya va turistik 
ob‘ektlari, aholisi, xo‗jalik tarmoqlari) alohida olingan holda, hamda 
bir butunlikda, ya‘ni majmuali tarzda rivojlanishining hududiy 
qonuniyatlarini o‗rganishga asosiy e‘tiborni qaratadilar. Qishloq 
joylar katta-katta maydonlarni, muayyan tabiiy shart-sharoit, go‗zal 
manzara, ekzotik makon va boshqa salohiyati, aholi, uning 
joylashuv tizimi va ijtimoiy tuzilmalarini hamda ishlab chiqarish 
salohiyatini o‗zida mujassamlashtirgan hududlar yig‗indisidan 
iboratdir.
Hozirgi davrda qishloq joylar bir butun, kompleks tarzda 
o‗rganilgan tadqiqotlarni etarli deb bo‗lmaydi, ammo iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiya va turdosh fanlar doirasida uning komponentlari 
(turli darajada va aspektlarda) tadqiq etilgan. Ayniqsa, mustaqillik 
yillarida mamlakatimizda qishloq joylarni (xuddi shahar joylari 
kabi) har tomonlama o‗rganishning zarurligi ko‗pchilik geograflar 
mutaxassislar (A.Soliev, M.Nazarov, Z.Tojieva, A.Sattorov) 
tomonidan ta‘kidlangan.
Qishloq joylar-bu shaharlardan tashqaridagi aholi yashaydigan 
barcha joylardir. Qishloq joylarga berilgan bunday qisqa va lo‗nda 
ta‘rifni V.A.Maksimov (1992) yanada rivojlantirgani holda, uni 
tabiiy sharoit va resurslar, qishloq aholisi va uning o‗ziga xos 


171 
turmush tarzi, odamlar mehnati natijasi-turli-tuman asosiy fondlar, 
qishloq aholisining ishlab chiqarish faoliyati kabilar bilan boyitdi. 
Qishloq 
joylarni 
geografik 
tadqiq 
etishning 
metodologik 
muammolaridan biri-uni o‗rganishdagi turli yo‗nalishlarni o‗zaro 
nisbati va bog‗liqligidir. So‗nggi yillarda qishloq joylarni sotsial-
geografik jihatdan tadqiq etish ishlari kuchaymoqda. Ularni asosiy 
mazmuni esa qishloq joylarning barcha qirralarini aholi va uning 
turmush sharoitlari va faoliyati nuqtai-nazaridan baholashga 
qaratilgan. Qishloq joylarning barcha elementlarini bir xilda 
o‗rganilgan deb bo‗lmaydi. Qishloq xo‗jaligidan tashqari moddiy 
ishlab chiqarishning boshqa elementlari, va shuningdek xizmat 
ko‗rsatish sohalari, qishloq turizmi, agroturizm kabi sohalar yaxshi 
o‗rganilmagan. Qishloq joylar aholisining o‗ziga xos turmush 
sharoitlari va hayot tarzi, qadriyatlari, an‘ana va urf-odatlari qishloq 
turizmini hududiy tashkil etish nuqtai nazaridan o‗rganish katta 
ahamiyatga ega deb, hisoblaymiz. O‗zbekistonga tashrif buyuruvchi 
chet ellik sayyohlarning mamlakatimizda sayohat qilish vaqtini 
uzaytirish, mahalliy turistlar uchun dam olishning yangi turlarini 
tatbiq etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi 
tomonidan agroturizmni rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.
2018 yil uchun davlat dasturining 104-punkti - Faol 
tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalar ijrosi 
maqsadida 4 aprel kuni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan "Agroturizmni rivojlantirish dasturi" 
tasdiqlandi.
Agroturizm Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va 
Fransiyada yaxshi rivojlangan. Bu mamlakatlarga borgan sayyohlar 
muayyan vaqt davomida qishloq joylarda yashab, mahalliy xalq 
madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi bilan tanishishadi, an‘anaviy 
qishloq xo‗jalik ishlarida ishtirok etishadi. Masalan, Buyuk 
Britaniyada fermerlarning 60 foizi turizm sohasidan tizimli ravishda 
daromad olishni yo‗lga qo‗yishgan, o‗rtacha yillik daromad 10-50 
ming AQSH dollarini tashkil qiladi. 
Qishloq turizmi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va 
rivojlantirish istiqbollari. 
Bugungi kunda qishloq turizmi turizmning 
yangi va istiqbolli yo‗nalishlaridan biri hisoblanib, mamlakat ichki 


172 
va xalqaro turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qishloq 
joylarida 
turizmni 
rivojlantirish 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor 
yo‗nalishlaridan biri sifatida qishloq hududlarini barqaror 
rivojlanishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Xususan, qishloq joylarida 
infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirishda, qishloq aholisi turmush 
darajasini oshirishda, mahalliy aholi daromadini o‗stirishda, yangi 
ish o‗rinlarini yaratishda, madaniy urf-odatlar va milliy an‘analarni 
qayta tiklashda, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilishda qishloq 
turizmi muhim rol o‗ynaydi. 
Qishloq turizm (agroturizm) bu kishilarning doimiy yashash 
joyidan qishloq uylariga, qo‗rg‗onlariga va fermer xo‗jaliklariga 
turistik sayohatni amalga oshirishi hisoblanadi. Qishloq turizmi 
qishloq joylarida dam olish va mazmunli hordiq chiqarish 
hisoblanib, bugungi kunda insonlarning asosiy zaruriy ehtiyojiga 
aylanib bormoqda. Shaharning shovqin suroni, kuchli toliqib ishlash 
jarayoni, havoning ifloslanishi, shahar aholisini tinch, osoyishta va 
sof havosi bo‗lgan tabiat qo‗yniga chiqishga undaydi. Bunday dam 
olish insonning tabiatga yaqin bo‗lishi, yaxshi dam olishi, yangidan 
kuch-quvvat to‗plash sharoitini berishi bilan birgalikda, mazkur 
joyni tarixi, madaniyati, etnografiyasi, urf-odatlari, me‘moriy 
yodgorliklari va hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishish 
imkoniyatini beradi. SHuningdek, mahalliy aholining o‗ziga xos 
kiyinish madaniyati, milliy taomlari, folklori, tili yoki shevasi bilan 
yaqindan tanishish hamda qishloq joylarini suratga olish, mevalar 
terish va boshqa qiziqarli mashg‗ulotlar bilan shug‗ullanish 
imkoniyatini yaratadi. 
So‗nggi yillarda butun dunyo bo‗ylab qishloq turizmiga 
bo‗lgan qiziqish ortib bormoqda. Xususan, Yevropaning Italiya, 
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarida qishloq 
turizmi yuqori darajada rivojlangan. Ushbu davlatlarda, qishloq 
turizmi dengizga sayohat qilishdan keyingi ikkinchi o‗rinni 
egallaydi. Statistik ma‘lumotlar shuni ko‗rsatmoqdaki, EIning 35 
foiz shahar aholisi, ta‘til davrini qishloq joylarida o‗tkazishni afzal 
bilishar ekan. Gollandiyada esa uning ulushi ancha yuqori 
hisoblanib, 49 foizni tashkil qiladi. 


173 
Italiya qishloq turizmi bo‗yicha yangi ish o‗rinlarini yaratish 
hamda real daromad olish bo‗yicha Yevropada eng oldingi 
o‗rinlardan birini egallab, ushbu faoliyat turidan o‗rtacha yiliga 350 
mln. AQSH dollari miqdorida foyda oladi. Shuningdek, qishloq 
turizmi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrashda turli xil 
vositalarni topish imkoniyatini yaratadi. Ko‗pchilik davlatlarda 
milliy qishloq landshaftlarini yaratish va saqlashda turizmning 
ushbu faoliyat turi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
Shveysariya go‗zal Alp tog‗larining yaylovlari, gollandlarning 
tegirmonlari va kanallari, Italiyaning eski parklari va villalarini 
saqlashda qishloq turizmining roli katta bo‗ldi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda qishloq turizmi 

aralash‖ va 
―sof‖ shakllarga ajratiladi. Birinchisi, ya‘ni qishloq turizmini 
―aralash‖ shaklida chorvachilik, meva-sabzavot etishtirish bilan 
shug‗ullanadigan fermer xo‗jaliklari qo‗shimcha faoliyat sifatida 
sayyohlarni qabul qilishadi. Fermer xo‗jaliklarining ushbu faoliyat 
turidan oladigan daromadi umumiy daromadning 25 foizini tashkil 
qiladi. Bu mablag‗larning katta qismi uylar qurish, intererlar 
yangilash, mehmonlarda sharoit yaratish uchun sarflanadi. 
Ikkinchisi, ya‘ni ―sof‖ shaklida faqat turistlarga xizmat ko‗rsatish 
hisoblanadi (asosan, qishloq uylarida mehmonxona xizmatlari va 
boshqa xizmat turlari ko‗rsatiladi). Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, 
qishloq turizmi birinchi navbatda, turizmning rekreatsion, madaniy, 
ixtisoslashgan (ovchilik, baliqchilik) kabi turlari bilan chambarchas 
bog‗liq. Bularning barchasini qishloq turizmi o‗z ichiga olib, 
an‘anaviy turistik mahsulotlarga bo‗lgan talabni oshirishga xizmat 
qiluvchi kompleks turlarni tashkil qilishga asos bo‗ladi. 
Yevropa Ittifoqi tomonidan qishloq turizmini rivojlantirishga 
qaratilgan siyosiy-iqtisodiy islohotlar yaqin yillar ichida o‗zining 
samarasini berdi. Turizm industriyasini ushbu tarmog‗ini yuqori 
sur‘atlarda rivojlantirish uchun, bir qator davlatlar agroturizm 
to‗g‗risidagi qonunlarni qabul qilgan. Jumladan, Italiyada 
―Agroturizm‖ to‗g‗risidagi qonun 1985 yilda qabul qilingan bo‗lib, 
u mamlakatda qishloq turizmini davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlashga mustahkam zamin yaratgan. Qonun qabul qilingandan 
so‗ng 10 yil ichida Italiya qishloqlarida dam oluvchi sayyohlar soni 


174 
3 barobarga oshgan. Shuningdek, ko‗pchilik Yevropa davlatlarida 
agroturizmni rivojlantirish va samarali tashkil qilish bo‗yicha uzoq 
muddatli strategik ahamiyatga ega bo‗lgan dasturlar qabul qilingan. 
Qishloq turizmini rivojlanishida yana bir muhim bo‗lgan 
omillardan bir agroturistik mahsulotlar, o‗rta daromadga ega 
iste‘molchilar talabini qondirayotganligi bilan izohlanadi. Bugungi 
kunda ushbu iste‘molchilar Yevropa agroturizmi segmentida juda 
katta ulushni tashkil qiladi. Ushbu sohada yaratilayotgan 
turmahsulotlar nisbatan kam harajat talab qiladi. Ya‘ni, agroturizm 
―baho-sifat‖ ko‗rsatkichi bo‗yicha boshqa turmahsulotlar bilan 
bemalol 
raqobatlashishi 
mumkin. 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
tajribasiga nazar tashlansa, agroturistik mahsulot quyidagilarni o‗z 
ichiga oladi. 
8-jadval 
Agroturistik mahsulot konsepsiyasi 
Diqqatga sazovor, 
jozibador joylar 
Turli xil tadbirlar 
Xizmatlar 
1. Maxsus qishloq xo‗jaligi 
ekinlari etishtiriladigan 
maydonlar; 
2Qishloq xo‗jaligi 
muzeylari; 
3. Turli manzarali ekzotik 
bog‗lar; 
4.Hunarmandchilik 
mahsulotlari bozorlari. 
1. Qishloq xo‗jaligi 
yarmarkalari, 
ko‗rgazmalarini tashkil 
qilinishi; 
2. Turli mavzudagi 
mahalliy va milliy 
festivallarni tashkil 
etilishi; 
3.Maxsus tadbirlar. 
1. Fermer xo‗jaliklarida 
tashkil qilingan turlar; 
2. Qishloq 
mehmonxonalari; 
3. Muqobil tibbiy 
davolanish xizmatlari; 
4. Agrobiznes faoliyatini 
turoperatorlar bilan birga 
tashkil qilinishi; 
Jadvalga ko‗ra agroturistik mahsulotning asosiy tarkibiy 
qismlari qishloq joylaridagi diqqatga sazovor joylar, turli xil 
tadbirlar hamda xizmatlardan iborat. 
Rivojlangan 
Yevropa 
davlatlari 
qishloq 
turizmida 
ko‗rsatiladigan 
xizmatlarni, 
joylashtirish 
vositalarini 
standartlashtirish va tasniflashga mo‗ljallangan maxsus tavsiyalar, 
xalqaro darajada tan olingan me‘yorlar nafaqat davlat yoki milliy 
institutlar kesimida, balki Yevropa Ittifoqining xalqaro dasturlar 
doirasida, ya‘ni agroturistik faoliyat sub‘ektlari assotsiatsiyasini faol 
ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Go‗zal geografik va o‗ziga xos 
tabiiy sharoitga ega mamlakatimiz hududlarida qishloq turizmini 


175 
rivojlantirish uchun barcha shart-sharotilar hamda imkoniyatlar 
mavjud. ―O‗zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish konsepsiyasi‖da 
agroturizmga ekologik turizmning asosiy tarmoqlaridan biri sifatida 
qaralib, ―agroturizm – qishloq halqini turmushi, urf-odati bilan 
yaqindan tanishish‖ deb ta‘rif berilgan. 2013 yil 17 aprelda 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2013-2016 yillarda 
qishloq joylarda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini jadal 
rivojlantirish yuzasidan qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 
qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga ko‗ra, mamlakatimizda 
ekologik, tibbiy-sog‗lomlashtirish, sport turizmi, shuningdek, yakka 
tartibdagi qishloq mehmonxona uylari negizida agroturizmni o‗z 
ichiga olgan zamonaviy turistik xizmatlar turlarini ustuvor 
rivojlantirish zonalari alohida belgilab olingan. So‗nggi yillarda 
mamlakatimizning ko‗pchilik mintaqalarida turizm sohasini 
rivojlantirish uchun maqsadli dasturlar qabul qilinmoqda. Ushbu 
dasturlarda har bir mintaqaning o‗ziga xos bo‗lgan tabiiy sharoiti, 
iqlimiy xususiyatlari, boy milliy-madaniy merosi hamda qishloq 
ahlining urf-odatlari va an‘analarini hisobga olgan holda, qishloq 
turizmini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Xususan 
Qashqadaryodagi Varganza qishlog`i 2019 yilda respublikamizda 
birinchi 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish