M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Fransiya
maydoni 547,0 ming km2. Aholisining soni 
65,244,967 kishini tashkil etadi (2018). Poytaxti Parij shahri. 
Urbanizatsiya darajasi 73%. Savodxonlik darajasi 99%. Ichki
milliy mahsulotning umumiy hajmi 1 trillion 173 milliard AQSH 
dollari (jon boshiga 20336 AQSH dollari). 
Fransiyaning turizm tizimi G‗arbiy Yevropa davlatlaridagi 
tizimdan birmuncha farqlanadi. Birinchidan, fransuzlarning atigi 
18% o‗z ta‘tillarini xorijda o‗tkazadi, ikkinchidan fransuzlar, 
ko‗proq avtomobillarda sayohat qilishni yoqtiradilar, uchinchidan, 
sayohatchilarning 
ko‗pchiligi 
shaharliklardir. 
Agar 
yozda 
fransuzlarning 50% qirg‗oq bo‗ylarida dam olsa, qishda atigi 17% 
bu yerlarni tanlaydi. Yozda, qo‗shni Ispaniya va Italiyaga 
turistlarning tashrifi ko‗payadi. 1991- yili Ispaniya 8 million, Italiya 
esa 7,3 million turistni Fransiyadan qabul qildilar. 1980-1991 yillar 
mobaynida xorij turistlarining soni Fransiyada 29 milliondan 55 
millionga etdi. 2018 yilga kelib bu ko`rsatkich 80 mln.kishidan ortib 
ketdi. Bu jihatdan u dunyoda eng ko`p turist qabul qiluvchi davlat 
hisoblanadi. Fransiyaga turistlar asosan Germaniya, Buyuk 
Britaniya, 
Belgiya, 
Italiya, 
Shveytsariya, 
Niderlandiya 
va 
Ispaniyadan tashrif buyuradi. Sayyohlar, birinchi navbatda Fransuz 
Riverasi, Parij, Alp hududi, Akvitaniya hamda Langedok-Russilon 
mintaqalarini xush ko‗radilar. La- Grand-Mot kurortida mashhur 
yaxta klubi mavjud. «Tu» deb nomlangan kurortlarning majmuasi 
30 km uzunlikdagi qumloq qirg‗oqlarida joylashgan. Bu yerda 
sportning suv turlari rivojlangan. Bu majmuaga Set, Meze, Marsel, 
Kap-d-Adg kurortlari kiradi. Shuningdek, Valras-Grussan, Lyuka-
Barkares, Kane-Arjeles majmualari ham bor. 1960-1970- yillarda 
katta mablag‗ avomobil yo‗llarning sifatini yaxshilashga qaratildi. 
Natijada, tashrif buyurayotgan turistlarning soni ancha ortdi. Asrlar 
davomida Fransiya Yevropa mamlakatlarining, hozirda esa hatto 
dunyoning moda markazi hisoblanadi. Turli moda uylari «Kristian 
Dior», «Shanel», «Karden», «Iu Sen Loran» va boshqalar butun 
dunyoga mashhur. Milliy liboslar ham o‗z ta‘sirini, ayniqsa qishloq 
mintaqalarida, hozirga qadar yo‗qotmagan. Mahalliy qadimgi 
poyabzal «sabo» (yog‗ochdan yasalgan oyoq kiyimi) hozirda 


77 
ko‗pgina mamlakatlarga tarqaldi. Shu bilan birga fransuz taomlari 
ham jahonda shuhrat qozongan. Umuman olganda, Fransiyada 
sabzavotlarni ko‗p iste‘mol qiladilar. Boshqa Yevropa davlatlariga 
nisbatan, Fransiyada sutli mahsulotlarni (pishloqdan tashqari) 
unchalik xush ko‗rmaydilar. Shunga qaramasdan, pishloq ishlab 
chiqarish Fransiyada yuksak darajada rivojlangan. Mahalliy 
pishloqlarning turlari 400 dan ortadi. Fransuz taomnomasining 
o‗ziga xos tomoni mahalliy vinolar bo‗lib, bu ichimlikni iste‘mol 
qilish bo‗yicha Fransiya dunyoda birinchi o‗rinni egallaydi. Fransuz 
taomlaridan «blanket» (raguning bir turi), buyyabez (baliqli 
sho‗rvaning bir turi) va boshqa taomlar ko‗p restoranlarda 
tayyorlanadi. Eng mashhur taomlar qatoriga qurbaqaning qovurilgan 
oyoqchalari hamda toshbaqali sho‗rva kiradi. Fransuzlar bo‗sh 
vaqtlarini kichik kafe «bistro»larda o‗tkazishni yaxshi ko‗radilar. 
Ayniqsa, yakshanba hamda bayram kunlari bunday kafelar gavjum 
bo‗ladi. Umuman olganda, fransuzlar o‗z ona tilini juda hurmat 
qiladilar. Fransiyada bo‗lganingizda ingliz tilida gapirmaganingiz 
ma‘qul fransuzlar buni xush ko‗rmaydilar.

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish