M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Shveytsariya
. Mamlakat aholisining soni 7 million 724 
ming kishidan iborat (2019). Umumiy maydoni 41293 km
2

Poytaxti Bern shahri. Urbanizatsiya darajasi 84%. Savodxonlik 
darajasi 99%. Ichki milliy mahsulotning umumiy hajmi 158,5 
milliard AQSH dollari (jon boshiga 22640 AQSH dollari). 
Mamlakatning qadimgi nomi «Gelretsiya». Shveytsariya 1815-
yildan betaraf mamlakat hisoblanadi. 1291-yili tog‗lik kanton 
(Shveytsariya viloyatlari shunday nomlanadi) Shvis boshchiligida 
chet el bosqinchilariga qarshi kurash boshlandi. Keyinchalik Shvis 
nomidan mamlakatning yangi nomi, ya‘ni Shveytsariya kelib 
chiqqan. 
1863-yili Tomas Kuk kompaniyasi Jeneva ko‗li bo‗yiga birinchi 
turistik guruhning safarini tashkil etdi. 1870-yili Alp tog‗lariga 
birinchi temir yo‗l o‗tkazilishi bilan turizmning rivojlanishi 
yanada jadallashdi. Mashhur sog‗lomlashtirish kurortlari Sankt 
Moris hamda Bad-Ishl bunyod etildi. 1920-yillargacha yozgi turizm 
ustun edi. Bundan keyingi davrda tog‗ chang‗i sporti rivojlanishi 
munosabati bilan qishki turizm rivojlana boshladi. Shunga 
qaramasdan 1990-yillarning boshida barcha sayyohlarning 57% 
yozgi mavsumga to‗g‗ri keldi. Turistlarning asosiy qismi 
Germaniyadan tashrif buyuradi. Keyingi o‗rinlarda Niderlandiya, 
Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya, AQSH, Yaponiya, 
Ispaniya va Avstriya turadi. 1980-yillarning o‗rtalarida shveytsar 
frankining kuchayishi uzoq muddatli turistik tashriflarni qisqartirdi. 
Qisqa muddatga kelgan sayyohlarning soni oshdi. Xalqaro turizm 
Shveytsariya xazinasiga har yili 13 milliard shveytsar franki olib 
keladi. Bu ko‗rsatkich mamlakat milliy daromadining 8% ini 
tashkil etib, 14% aholini ish bilan ta‘minlaydi. 


89 
Shveytsariyaliklarning o‗zlari ham sayohat qilishni yoqtiradilar. 
Ularning 60% asosan O‗rta yer dengizi havzasida dam olib, 10 
milliard shveytsar frankiga yaqin mablag‗ni chet elda sarflaydi. 
Shunday qilib xalqaro turizmga tushayotgan daromad 3 milliard 
shveytsar frankini tashkil etadi. Mintaqaning rel`efi mahalliy 
uysozlikka o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan. Mamlakatning tog‗ qismida 
terrasasimon binokorlik asosiy xususiyatlardan biri bo‗lib, 
o‗rmonlar orasidagi uylar, peyzajga o‗ziga xos jozibani kasb etadi. 
Odatda, uylarda deraza ko‗p bo‗lib, maxsus idishlarda rang-barang 
gullar etishtiriladi. Shveytsariyaliklar tozalik va ozodalikka juda katta 
e‘tibor berishadi. Shaharliklarning asosiy taomi makkajo‗xoridan 
tayyorlangan ovqatlar hisoblanadi. Makkajo‗xorili quyuq bo‗tqa 
«polenta» juda mashhur. Shveytsariyaliklar pishloqdan turli 
xildagi taomlar ham tayyorlaydilar. Pishloqning oliy navlari 
«emmental» hamda «gryuer» (bu bizda «shveytsar pishlog‗i» deb 
nomlanadi) eksport qilinadi. Ichimliklardan sutli kofe ko‗p iste‘mol 
qilinadi. Sport o‗yinlaridan kegli, qishki turlardan tog‗ chang‗isi, 
bobsley va alpinizm mashhur. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish