37
ilmiy maqolalar xalqaro miqyosda tan olingan nashriyotlarda chop
qilindi.
Insoniyat oldidagi global ekologik muammolar yechimining eng
maqbul yo‗llaridan biri-ekanligini his qilgan holda BMT 2002 yilni
«xalqaro ekologik turizm» yili deb e‘lon qildi. Hozirga kelib
ekologik turizm xalqaro hamjamiyatda sayyoramiz tabiatini saklash
va muhofaza qilishda kutilgan va kutilayotgan natijalarni bermoqda,
deb e‘tirof etmoqda.
Shuni qayd etish lozimki, ekologik turizmning mazmuni va va
mohiyati bo‗yicha birinchi bo‗lib meksikalik
ekolog-iqtisodchi
Gektor Seballos Laskureyn
1980 yilda o‗z tadqiqotlari natijalarini
bildirgan va «ekologik turizm» terminini fanga kiritgan. U -
«Ekologik turizm - bu flora va faunani o‗rganish va tabiat bilan
tanishish, dam olish quvonchini va tabiatga yordam berish
imkoniyatlarini bildirishga asoslangan sayohatdir»- deb ta‘riflaydi.
1997 yilda G.S.Gujin, M.YU.Belikov, E.V.Klimenkolar Rossiyada
birinchilardan bo‗lib - «Ekologik turizmning
asosi - atrof-muhit
g‗amxo‗rligi va muhofazasidir» degan taklifni beradi. Ko‗pchilik
tadqiqotchilar bu eng qulay va ekoturizmning xaqiqiy mazmuni,
mohiyatini anglatadi, degan fikrni ilgari surmoqda. Bundan tashqari,
hozirgi kunda ham ko‗pchilik olimlar ekoturizm tushunchasi va
mohiyatini ochib berishda o‗z fikr va mulohazalarini ilgari
surmoqdalar. Bular quyidagilar:
M.B.Birjakov
- «Ekologik turizmda tabiatga minimum ta‘sir
qilib tabiat bilan birga bo‗lish natijasida
uning boyliklarini
muhofaza qilish, asrab qolish tuyg‗ulari hosil bo‗ladi», degan fikrni
beradi.
Mashhur geograf
A.V.Drozdov
- «Eski va Yangi dunyoda bir
vaqtning o‗zida mahalliy aholining an‘anaviy madaniyatini xurmat
qilishga, sayohatchilarning ijtimoiy
va ekologik talablarini
qondirishga va sayyoraviy ekologik inqirozning oldini olishga
asoslangan ekoturizm shakllandi», degan fikrni ilgari suradi.
T.S.Sergeeva
- «Ekoturizm - bu mahalliy aholining an‘anaviy
hayoti tarzi saqlanib qolgan, xo‗jalik faoliyat ta‘siri sezilmagan
noyob tabiiy hududlarga sayohat», deb hisobladi.
Uning fikricha,
ekologik tur va dasturda tabiatni muhofaza qilish me‘yor va
38
texnologiyalariga rioya qilgan holda turistik jarayondagi barcha
qatnashchilarning ekologik madaniyatini va mahalliy aholining
hayotiy darajalarini oshiradi».
XX asr oxirlariga kelib AQSH, Kanada,
Yevropa davlatlari va
Avstraliyada ekologik turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini
ishlab chiqildi. Bu dasturlarda ekologik turizmni rivojlantirish
shiorlari va talablari ishlab chiqildi. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: