M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


 Zarafshon turistik rayoni



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

 
12.3.4. Zarafshon turistik rayoni 
 
Zarafshon turistik rayoni Buxoro, Samarqand va Navoiy 
viloyatlarini birlashtiradi. Bugungi kunda bu rayon tarixiy, 
arxitektura va madaniy turizmning markazi sifatida nafaqat 
mamlakatimizda qolaversa dunyoga mashxurdir. Xususan, ochiq 
osmon ostidagi shaharlar turistik resurslari jahon turistlarini o`ziga 
jalb qiladi. Turistik rayon huduhining kattaligi bevosita turli xil 
tabiiy va madaniy resurslarning turlicha taqsimlanishiga zamin 
yaratadi. 
Buxoro viloyati
1938 yil 15-yanvarda tashkil topgan. Uning 
maydoni 40,3 ming km
2
bo`lib, aholisi 2018 yil 1 yanvar holatiga 
ko`ra
1881,3 ming kishi tashkil etadi. Viloyatda jami 11 ta tuman, 
11 ta shahar va 69 ta shaharcha hamda 1469 ta qishloqlar bor. 
Buxoro viloyati qadimiy davr, ilk va o‗rta asrlarda qurilgan 
me‘moriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat 
me‘moriy-badiiy muzey qo‗riqxonasi hisobida 997 ta tarixiy 
yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qadimiy yodgorliklardan biri, 
Buxoro hukmdorlarining qarorgohi Buxoro arki (mil. av I asr) 
bugungi kungacha saqlangan. Shahar yonidagi Fathobodda 
Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIII asr), Bayonqulixon 
maqbarasi (XIV asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlog‗ida 
Chorbakr ansambli (XVI asr), Hazratbobo masjidi (XVIII asr), 
Amirning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosa saroyi (XIX-XX 
asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (XII asr), Chashmai 
Ayyub maqbarasi (l208-yil), Hoja Mahmud Anjir Fag‗naviy 


204 
maqbarasi (XIII asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (XIV asr), 
Vobkent hammomi (XVI-XVII asrlar), Toshmasjid (XVI-
XVIII asrlar), So‗fi Dehqon xonaqohi (XVII-XVIII asrlar), 
Jondor tumanida Varaxsha shahrining xarobalari (VII asr), 
Mahmud Torobiy dahmasi (XIII asr), Qizbibi majmuasi (XV asr), 
Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, 
Abdulazizxon honaqohi va Dahmai Shohon (XIV-XVI asrlar), 
Hazrat Mir Kulol (XIV asr), Kogon shahrida Temiryo‗lchilar 
(sobiq Amir) saroyi (XIX-XX asrlar), Peshku tumanida Xo‗jam 
Bandi Kushod va Xo‗jam Said Po‗lat maqbaralari (XVIII-XIX 
asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometoniy Xojai Azizon va 
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (XIV asr), 
Mulla Mir Hakim xonaqohiShofirkon tumanida Vardonze 
shahrining yodgorligi (VI-VII asrlar), Hazor Nur dahmasi (VIII 
asr), Xoja Orif Revgariy Mohitobon maqbarasi (XIII asr), 
Qorovulbozor tumanida Bo‗zachi va Qorovulbozor sardobalari 
(XVII asr), Qorako‗l tumanida Poykend shahrining xarobalari 
(VIII asr), Shoburxon ota maqbarasi va masjidi, G‗ijduvon 
tumanida Hazrat Abduxoliq G‗ijduvoniy Xojai Jahon (XII asr) 
masjidi va maqbarasi, Ulug‗bek madrasasi (XV asr), Toshmasjid 
va Dehqonbobo xonaqohi (XV-XVI asrlar), Chorsu masjidi 
(XVIII-XIX asrlar) kabi noyob me‘moriy obidalar saqlangan. 
Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va 
Malik sardobasi (XI asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom 
maqbarasi (X-XI asrlar), Qosim shayx xonaqohi (XVI asr) 
mavjud. Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq me‘moriy an‘analari 
o‗zaro uyg‗unlashib ketgan. O‗zbek xalqi tomonidan ikki ming yil 
mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy 
iste‘dodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik qudratidan dalolat 
beradi. Buxoro Sharqning qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik 
ma‘lumotlarga ko‗ra, Buxoroga miloddan avval l000 yillik 
o‗rtalarida asos solingan. Uning nomi ilk o‗rta asr Xitoy 
manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, 
Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala va boshqalar) atalgan. Bu 
atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning Xitoycha nomlari bo‗lib, 
qolgani Buxoro so‗zining Xitoy tilidagi talaffuzidir. O‗rta asr arab 


205 
manbalarida esa Buxoro Numijkat, Navmichkat, Bumichkat 
(Yangi qo‗rg‗on), Al-Madina As- sufiyya (mis shahar), Madinat at-
tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar) kabi nomlar bilan 
tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha «uixora» so‗zining turk- 
mo‗g‗ulcha shakli -«buxor» («ibodatxona») dan kelib chiqqan deb 
taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama sug‗diycha «bug‗» 
yoki «bag‗» («tangri») hamda «oro» («jamol») so‗zlaridan iborat 
bo‗lib, «tangri jamoli» deganma‘noni anglatadi, degan fikr ilgari 
surilmoqda. Darhaqiqat, Zarafshon daryosining quyi oqimida 
joylashgan Buxoro va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda 
xushmanzara hayvonot va o‗simlik dunyosi betakror, ko‗l va oqar 
suvlarga boy bo‗lib, tarixchi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» 
asaridagi ma‘lumotlar ham buni tasdiqlaydi. 
Buxoro zaminida mashhur, donishmand allomalar voyaga 
yetganlar, o‗qib, ijod etganlar. Abu Xavs Kabir Buxoriy (767-
832), Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Daqiqiy, 
Rudakiy, 
Balamiy, 
Abduxoliq 
G‗ijduvoniy, Bahouddin 
Naqshband, Sayfiddin Boharziy, Nosir Buxoriy, Shamsiddin 
Buxoriy, Ubaydulloh Buxoriy, Hofiz Tanish Buxoriy, Mushfiqiy, 
Turdi Farog‗iy, Ahmad Donish, Fitrat, Sadriddin Ayniy, 
Fayzulla Xo‗jayev, Ibrohim Mo‗minov, Jalol Ikromiy shular 
jumlasidandir. l997-yilning oktabrida Buxoroning 2500 
yilligi O‗zbekistonda keng nishonlandi. 50 dan ortiq tarixiy- 
me‘moriy obidalar ta‘mirlandi, yangi istirohat bog‗lari, 
xiyobonlar barpo qilindi. 
Buxoroning islomga qadar bo‗lgan siyosiy tarixi xususidagi 
ma‘lumotlar mil. avvalgi VII-VIII asrlar bilan chegaralanadi. 
Buxoro VI-VIII asrlar boshida Buxorxudotlar hokimligi poytaxti 
edi. 709-yili uni arab xalifaligi fath etgan, 9-l0-asrlarda esa u 
somoniylar poytaxti bo‗lgan. 999-yil Buxoroni qoraxoniylar, l220-
yil mo‗g‗ullar bosib olgan. l370- yildan Buxoro Amir Temur va 
Temuriylar davlati, XVI asr boshida Shaybo- niylar (l533-yil bu 
davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga ko‗chirilishi tufayli 
Buxoro xonligi deb atala boshlagan) va l533-yildan l920-yilgacha 
Buxoro xonligi (amirligi) markazi bo‗lgan, so‗ng shahar Buxoro 
bosqini natijasida sho‗rolar tomonidan bosib olingan va l920-yil 8- 


206 
sentabrdan boshlab Buxoro xalq Sovet Respublikasi (BXSR) ning 
poytaxti bo‗lgan.
Navoiy viloyati 1992-yilda tashkil etildi. Viloyatning umumiy 
hududi 111,0 ming km2 bo`lib, viloyatda 964,7 mingdan ortiq 
doimiy aholi yashaydi (2018). Navoiy viloyati tarkibida 8 ta qishloq 
tumani mavjud. Ulardan tashqari viloyatda 6 ta shahar, 47 ta 
shaharcha, 577 ta qishloqlar.
Viloyat 
shimoldan 
va shimoli-sharqdan Qozog‗iston 
Respublikasi 
hududi 
bilan, janubi-sharqdan mamlakatimizning 
Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo, janubi-g‗arbdan esa 
Buxoro viloyatlari bilan chegaradoshdir.
Viloyatning tabiati o‗ziga xos rang-barang bo‗lib, shimoli-
g‗arbiy qismida Qizilqum sahrosi cho‗llari, janubi-sharqiy qismida 
osmono‗par Nurota tog‗ tizmalari hamda Zarafshon daryosining 
o‗rta qismida boy va turfa-xil dehqonchilik dalalari yastanib 
yotibdi. Zarafshon daryosi bilan birgalikda Aydarko‗l, Sho‗rko‗l, 
To‗dako‗l kabi ko‗plab yirik suv manbalari viloyat tabiatini yanada 
rang-barang bo‗lishligiga hissa qo‗shmoqda. Navoiy yosh va 
navqiron viloyat bo‗lsada, uning insoniyat tamadduniga katta hissa 
qo‗shgan qadimiy va betakror tarixi bor. Bular Sarmishsoy 
darasidagi iptidoiy qoyatosh suratlari, Uchtut chaqmoqtosh 
shaxtalari, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardobasi, Qosim Shayx 
Azizon xonaqohi va Nurotaning noyob me‘moriy obidalari kabi 
bebaho madaniy me‘ros obektlaridir. Viloyat tarkibida 8ta tuman
mavjud bo‗lib, ular – Karmana, Nurota, Xatirchi, Qiziltepa, 
Konimex, Uchquduq, Tomdi, Navbahor tumanlaridir. SHuningdek 
yirik sanoat korxonalari negizida 2 ta yirik shahar- Navoiy va 
Zarafshon shaharlari har tomonlama rivojlanib, obod hududga 
aylanib bormoqda. Ayni paytda Navoiy viloyati Respublikamiz 
ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida o‗zining munosib 
o‗rniga ega bo‗lishi bilan bir qatorda ulkan bunyodkorlik ishlari va 
tarixiy jarayonlar amalga oshirilmoqda. Viloyat tabiiy resurslarga, 
shu jumladan, rangli metall va qurilish xom-ashyo materiallariga 
boy hisoblanadi. Navoiy Kon Metallurgiya kombinati Davlat 
korxonasi dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilaridan biridir. 
Shuningdek, ―Navoiyazot‖ OAJ, ―Elektrkimyo zavodi‖ qo‗shma 


207 
korxonasi, 
―Navoiy 
issiqlik 
elektr 
stansiyasi‖ 
OAJ, 
―Qiziqumsement‖ OAJ singari yirik korxonalar faoliyat 
ko‗rsatmoqda. Qulay geografik joylashuvi hisobga olinib, 2008-
yilda viloyatda Navoiy Erkin industrial iqtisodiy zona tashkil etilib, 
Janubiy Korea, Hindiston, Xitoy va Singapur kabi xorijiy 
hamkorlar bilan keng ko‗lamli faoliyat olib bormoqda. Navoiy 
aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil 
etilgan bo‗lib, u orqali ―O‗zbekiston havo yo‗llari‖ va ―Korean Air‖ 
hamkorligida jahonning turli mamlakatlariga yuk tashish ishlari 
yo‗lga qo‗yilgan. Bugungi kunda viloyatning barcha shahar va 
qishloqlarida bir-biridan shinam zamonaviy tipdagi namunaviy 
qo‗rg‗onlar bunyod etilgan bo‗lib, yurtimiz husniga chiroy 
qo‗shmoqda. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan eng 
katta viloyat bo‗lib, Qoraqalpog‗istondan keyingi ikkinchi o‗rinni 
egallaydi. Uning umumiy hududi 110,99 ming kv. kmni tashkil 
etadi. Viloyat o‗ziga xos tabiiy sharoitiga ko‗ra yirik uch qismga 
bo‗linadi: 
viloyatning shimoli-g‗arbiy 
qismini 
Qizilqum 
cho‗li egallagan. Janubi-sharqiy qismida Nurota tog‗ tizmalariga 
tegishli Qoratog‗, Oqtog‗ singari tog‗lar bo‗lsa, Zarafshon daryosi 
vohasining o‗rta qismida viloyatning dehqonchilik zonasi 
o‗rnashgan. Navoiy viloyati zaminida shifobaxsh, sho‗r va er osti 
chuchuk suv zaxiralari aniqlangan bo‗lib, Tomdibuloq, Qaraqota, 
Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xalq salomatligini 
mustahkamlash 
hamda 
xo‗jalik 
yumushlarida 
unumli 
foydalanilmoqda. Viloyatning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi 
hisoblanadi. 
Hududda 
dehqonchilik 
maydonlari Amu-
Buxoro mashina kanalining Navoiy, O‗rtacho‗l, Amu, Sumbul, 
Mayna tarmoqlari hamda Zarafshondan suv oladigan Konimex, Tos, 
Shovot, Chovli, o‗ng va chap qirg‗oq, Navkar kanallari orqali suv 
bilan ta‘minlanadi. Shuningdek, Quyimozor, To‗dako‗l suv 
omborlarida kuz-qish mavsumida kerakli suv zaxiralari hosil 
qilinadi. Viloyatda 32 ta yirik suv chiqarish elektr nasos stansiyalari 
ishlab turibdi.
Viloyatning shimoli va g‗arbida ko‗chma qum barxanlari, gilli 
cho‗l zonalari yastanib yotadi. Mazkur kengliklar, ayniqsa, bahor 
oylarida turfa tabiiy giyohlar, o‗t-o‗lanlar, rang-barang o‗simliklar 


208 
bilan bezanadi. Cho`l hududi cho`l ekoturizmini tashkil etish 
imkoniyatlarini yaratsa, tog` hududlari esa tog` ekoturizmini tashkil 
etish uchun katta imloniyatlarga egadir. Nurota ziyoratgohi 
viloyatda, qolaversa respublikadagi eng diqqatga sazavvor 
maskanlardan biri hisoblanadi.

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish