M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 383,96 Kb.
bet33/43
Sana24.06.2022
Hajmi383,96 Kb.
#698092
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
8057ef32de526df47292716c72635b17 bolalar orginal

NIZOM
 
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga (patronat) berilishi) qabul qilayotgan nomzod (shaxs)larni (keyingi o’rinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tanlash va kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi. 
2. Tutingan ota-onalar psixologik-pedagogik, tibbiy va huquqiy tayyorgarlik hamda “Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari”dan
(keyingi o’rinlarda Tayyorlov kurslari deb ataladi) o’tishlari lozim.

3. Tutingan ota-onalarni tanlash va kuzatib borish hamda nazorat qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tayyorlov kurslari yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi negizida tashkil etiladi.
Tayyorlov kurslari oila va bolalarga boshqa xizmatlar ko’rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham tashkil etilishi mumkin.
 
2-bob. Tutingan ota-onalarni tanlash
4. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga (patronat) berilishi) qabul qilishga nomzod (shaxs)lar Tayyorlov kurslarida tahsil olganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan fuqarolardan (shaxslar) tanlanadi.
5. Vasiylik va homiylik organi aholi o’rtasida yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning oilaga joylashtirilishi ustuvorligi, ular uchun nomzod vasiy va homiylarni izlash bo’yicha ommaviy targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi. Ommaviy axborot vositalari hamda vasiylik va homiylik organining maxsus rasmiy saytida bolani oilaga qabul qilishning shakllari, tartibi haqida fuqarolarni xabardor qiladi, shuningdek bolani oilasiga tarbiyalash uchun qabul qilish istagidagi shaxslarning qabulini amalga oshiradi.
6. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan fuqarolar o’zining yashash joyi bo’yicha vasiylik va homiylik organiga bolani oilaga tarbiyaga oluvchi (patronat), vasiy yoki homiy, farzandlikka oluvchi, oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onalari hamda qonun bilan belgilangan joylashtirishning boshqa shakllariga nomzod sifatida hisobga olishini so’rab ariza bilan murojaat qiladi. 
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
farzandlikka olishni hohlovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo’lsa ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolani yoshi va jinsi ko’rsatilgan hamda farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo’yish so’ralgan ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusxasi;
nikoh to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo’lsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo’lsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo’lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum bo’lsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);
oila a’zolari ko’rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi ko’rsatilgan yoki boshqa daromad manbalari to’g’risidagi ma’lumotnoma;
ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma;
farzandlikka olishni hohlovchi shaxsning sog’lig’i holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari, shuningdek OITSga qarshi kurash markazlarining ma’lumotnomalari);
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining axborot markazidan olingan ma’lumotnoma;
turar joyga bo’lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
yetim bola yoki ota-ona qaramog’idan qolgan bolani oilasiga tarbiyalash uchun qabul qilish istagini bildirgan shaxs haqida qisqacha tarjimai hol;
bolani oilasiga tarbiyalash uchun qabul qilish istagini bildirgan fuqaro oilasining voyaga yetgan a’zolarining, shuningdek birga yashayotgan o’n yoshdan oshgan voyaga yetmagan farzandining ham fikri inobatga olingan holdagi yozma roziligi;
qonun bilan o’rnatilgan tartibda yetim bola va ota-ona qaramog’idan qolgan bolalarni oilasiga tarbiyalash uchun qabul qilish istagini bildirgan shaxslarni tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida tahsil olganligi bo’yicha guvohnoma nusxasi.
6. Bolaga nisbatan bir nechta shaxs vasiy yoki homiy etib belgilanganda nomzodlar, jumladan er-xotinlar arizani birgalikda beradi.
7. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan shaxslardan ariza qabul qilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini tekshiruvdan o’tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Nomzodlarning turmush va ta’minot sharoitlari o’rganilayotganda vasiylik va homiylik organi turar-joyning maishiy-xo’jalik sharoitlarini, ariza beruvchining sog’lig’i, shaxsiy fazilatlari va bolani oilaga olishga undagan sabablarni, ularning bolani tarbiyalash bo’yicha qobiliyatlari, oilada yashovchilarning bolani oilaga qabul qilinishiga nisbatan munosabatini o’rganadi.
Sog’lig’ida imkoniyatlari cheklangan bola oilaga tarbiyalash uchun qabul qilinayotganda vasiylik va homiylik organining nomzodni tayinlashga oid dalolatnomasida bola kelgusida yashaydigan turar joyda uning uchun qulayliklar mavjud ekanligini aks ettirishi lozim.
8. Vasiylik va homiylik organi taqdim qilingan hujjatlar qonun bilan belgilangan talablarga muvofiq kelgan taqdirda hamda o’rganish yakunlari asosida bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan shaxsning nomzod bo’la olishi mumkinligi to’g’risida xulosa tayyorlaydi.
9. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilaga berish bo’yicha ishlarni ko’rib chiqishda ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarni, manfaatdor va ishga aloqador shaxslar (qarindoshlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiya a’zolari, tutingan ota-onalarni tayyorlash muassasalari ekspertlari, yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun davlat ta’lim-tarbiya yoki davolash-sog’lomlashtirish muassasalari vakolatli shaxslari, guvohlar hamda ayrim hollarda – oilaga olinayotgan bola)ni taklif qilishi mumkin.
 

Download 383,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish