Oldingi tahrirga qarang. 441. Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam to’lash bo’yicha Xalq banki bo’linmalari (filiallari) xizmatlariga haq to’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Xalq banki o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam to’lash bo’yicha xizmatlarga haq to’lash miqdori kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to’lash uchun ajratilgan mablag’lar doirasida Xalq banki tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(441-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O’R QHT, 2013 y., 52-son, 690-modda) 45. Ko’zda tutilgan byudjet mablag’larini viloyatning tumanlari (shaharlari) o’rtasida taqsimlash Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan har bir tuman (shahar) hududida yashovchi oilalar muhtojligini, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlarda ajratilgan mablag’larning o’zlashtirilishi (foydalanilishi) darajasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
46. Ko’zda tutilgan byudjet mablag’larini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga taqsimlash tuman (shahar) moliya bo’limi tomonidan Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan birgalikda ehtiyojmand oilalar sonini hisobga olgan holda, moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
47. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi bilan birgalikda har oyda ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash to’g’risida hisobot tuziladi hamda u hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha bo’lgan muddatda tuman (shahar) moliya bo’limiga va tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etiladi.
48. Tuman (shahar) moliya bo’limlari hamda bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasigacha hisobotlarni fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari kesimida tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga taqdim etadilar, ular oyning 20-sanasigacha hisobotlarni tegishlicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar.
49. Bir yil mobaynida oluvchilar tomonidan (vafot etganligi, yashash joyi o’zgarganligi va moddiy yordam oluvchining aybi bilan boshqa sabablarga ko’ra) talab qilib olinmagan mablag’lar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining hisob raqamlariga tiklanishi kerak.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlaridagi foydalanilmagan pul mablag’lari qoldig’i olib qo’yilmaydi va navbatdagi davrda nafaqalar to’lash uchun yo’naltirilishi kerak.
X. Yakunlovchi qoidalar 50. Ajratiladigan byudjet mablag’larining fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, shuningdek uning joylardagi organlari tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini har chorakda tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
51. Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlashning asoslanganligini nazorat qilish har bir fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimiga nazorat funksiyalaridan tashqari:
ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash bo’yicha ishlarni tashkil etishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga ko’maklashish;
hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko’rsatish;
zaruriyatga ko’ra, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining murojaati bo’yicha, ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan oilaning tarkibi va oila a’zolarining daromadi to’g’risidagi ma’lumotlarni joylashgan joyi bo’yicha davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilish yo’li bilan tekshirish;
fuqarolar yig’ini yoki Komissiya qarori ushbu Nizom bilan belgilangan nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibiga muvofiq bo’lmagan taqdirda uning yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish yuklanadi.
52. Shaxsiy javobgarlik:
byudjet mablag’larini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga to’liq va o’z vaqtida ajratilishi uchun — tuman (shahar) moliya bo’limi rahbari zimmasiga yuklanadi;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lashning amaldagi tartibi ijro etilishini ta’minlash va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi uchun — fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisi zimmasiga yuklanadi;
nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lashning belgilangan tartibiga rioya etilishi nazoratini ta’minlash uchun — ushbu fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining xodimi zimmasiga yuklanadi;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi maxsus hisob raqamlaridan mablag’larining o’z vaqtida va to’liq to’lanishini ta’minlash uchun — Xalq bankining tuman (shahar) bo’linmasi (filiali) rahbari zimmasiga yuklanadi.
Nizomga
1-ILOVA
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqava moddiy yordam tayinlash va to’lash SXEMASI
Nizomga
2-ILOVA
____________________viloyati
___________________ tumani
__________________________
__________________________
(fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organining nomi)
fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organi raisiga
___________________________
manzilida yashaydigan
_________________________ dan
(ariza beruvchining F.I.O.)
Nizomga
4-ILOVA
Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritishdan oladigan normativ daromadini hisoblash METODIKASI 1. Maxsus komissiya tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi ma’lumotlari asosida oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritish uchun foydalanadigan yer uchastkasining maydoni sotixlarda aniqlanadi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organida shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritish uchun foydalanadigan yer uchastkasi maydoni to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lmaganda, Maxsus komissiya ushbu yer uchastkasini o’lchovini amalga oshiradi.
Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritishdan oladigan normativ daromadini hisoblashda uy-joy binolari va yordamchi xo’jalik imoratlari joylashgan yer maydonlaridan tashqari, barcha yerlar, shu jumladan foydalanilmayotgan yerlar ham hisobga olinadi.
2. Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritishdan oladigan o’rtacha oylik normativ daromadi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
ND = Ma (sot) * 0,2 * EOH, bunda: ND – shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritishdan olingan o’rtacha oylik normativ daromad;
Ma (sot) – yer uchastkasining sotixlardagi maydoni;
0,2 – bir sotixdan olinadigan normativ daromadni aks ettiruvchi koeffisiyent;
EOH – normativ daromadni aniqlash oyidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori.
3. Shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritishdan olingan normativ daromadni aniqlash hisob-kitobiga misol: Oilada dehqon xo’jaligi yuritish uchun 10 sotix yer uchastkasi mavjud. Normativ daromadni aniqlash oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori 79 590 so’mni tashkil etadi. Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligi yuritishdan oladigan o’rtacha oylik normativ daromadi: 10 sotix x 0,2 x 79590 so’m = 159180 so’mni tashkil etadi. Nizomga
5-ILOVA
Oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganish
DALOLATNOMASI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq faoliyat yurituvchi
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qaroriga
2-ILOVA
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining o’z kuchini yo’qotgan ba’zi qarorlari ro’yxati 1. Vazirlar Mahkamasining «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to’g’risida» 1994 yil 24 avgustdagi 434-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 8-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo’ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2002 yil 25 yanvardagi 33-son qaroriga ilovaningI, II va III bo’limlari (O’zbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 1-son, 5-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to’g’risida» 2007 yil 19 martdagi PF-3864-son Farmoni)» 2007 yil 30 apreldagi 87-son qaroriga ilovaning 1-bandi(O’zbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 4-son, 23-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2007 yil 8 maydagi 95-son qaroriga 2-ilova 5-bandining «b» kichik bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 25-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida» 2009 yil 29 dekabrdagi PF-4158-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida» 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori)» 2010 yil 17 fevraldagi 22-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 2-son, 8-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-son hamda «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)» 2010 yil 24 martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 9 va 11-bandlari (O’zbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 3-son, 12-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy nafaqalar tayinlash tartibini yanada takomillashtirish hamda oilalarning jami daromadlari yanada to’liq hisobga olinishini ta’minlash to’g’risida» 2012 yil 7 iyundagi 165-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 6-son, 40-modda).
Kones formы