M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 383,96 Kb.
bet30/43
Sana24.06.2022
Hajmi383,96 Kb.
#698092
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
8057ef32de526df47292716c72635b17 bolalar orginal

4-bob. Yakuniy qoidalar
28. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.


8-mavzu. Bolalarning murakkab hayotiy sharoitn ianiqlashda ijtimoiy himoyava ta’minotning o’ziga xosligi
REJA:

I. Umumiy qoidalar


1. Ushbu Nizom fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa (keyingi o’rinlarda bolali oilalarga nafaqa deb ataladi), bola ikki yoshga to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha nafaqa (keyingi o’rinlarda bola parvarishi bo’yicha nafaqa deb ataladi) va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o’rinlarda moddiy yordam deb ataladi) tayinlash va to’lash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan bola parvarishi bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash qismida amal qilishi, korxona va tashkilotlarda ishlayotgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur korxona yoki tashkilotlar mablag’lari hisobidan nafaqaning ushbu turi to’lanayotgan onalarga tatbiq etilmaydi.
3. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordamning to’lanadigan miqdorlari qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda belgilanadi.
Agar nafaqa va moddiy yordam to’lash keyingi kalendar yilga o’tgan taqdirda, nafaqa va moddiy yordam miqdori eng kam oylik ish haqining yil boshiga belgilangan miqdoriga muvofiq belgilanadi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to’lgan oydan keyingi oyga o’tmasligi kerak.
Agar tug’ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo’yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to’lgunga qadar bir baravar miqdorda to’lanadi.
4. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash to’g’risidagi qaror fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi – posyolka, qishloq va ovul, shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ilishi) yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar yig’ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya (keyingi o’rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya fuqarolar yig’ini tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi hududida istiqomat qiluvchi obro’-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar yig’inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig’ini raisi esa – uning butun vakolati davriga saylanadi. Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat bo’lishi kerak.
Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi davrida a’zolikdan chiqqan taqdirda, fuqarolar yig’ini Komissiya a’zolarini qaytadan saylaydi.
Komissiya qarori, uning yig’ilishida tasdiqlangan tarkibning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi.
5. Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishlari kerak:
ijtimoiy adolatga so’zsiz rioya qilish;
keng oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash;
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashsiz daromadlarini oshirishning aniq imkoniyati bo’lmagan haqiqatda ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy yordam berish;
nafaqalar va moddiy yordamni manzilli tarzda tayinlashni ta’minlash yo’li bilan ularni to’lashga ajratilgan mablag’lardan maqsadli va samarali foydalanish;
aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlariga ayrim oilalar va fuqarolar tomonidan boqimandalik munosabatida bo’lish, o’zining iqtisodiy faolligi hisobiga emas, balki davlat yordami hisobiga yashashga intilishga yo’l qo’ymaslik;
oila a’zolarining moddiy farovonligi, bolalarni tarbiyalash, ularni har tomonlama jismoniy, aqliy va ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ma’lumoti va kasb darajasini oshirish borasida oilaning mas’uliyatini kuchaytirish.
6. Fuqarolar yig’ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega.
7. Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqalar va moddiy yordam to’lovlarini mablag’ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
mahalliy byudjetlar mablag’lari;
byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg’armalari, korxonalarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).
II. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash shartlari
8. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o’rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo’lmagan oilalarga tayinlanadi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
9. Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
ota-onasining ikkisini ham yo’qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug’ullanayotgan oilalar;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo’lgan oilalar;
14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
nogiron bolasi (bolalari) bo’lgan oilalar;
bolani (bolalarni) to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to’liq bo’lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi belgilaydi;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda turgan oilalar;
yolg’iz pensionerlar.
10. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to’lanadi.
11. Bola parvarishi bo’yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo’lgan taqdirda uni olgan shaxs to’lovlarning avvalgi o’n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to’lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to’lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig’iniga takroran murojaat etish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to’lashning belgilangan muddati tugagandan so’ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to’lashni yangi muddatga davom ettirilishini so’rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to’lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko’rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi
12. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi.
Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi mumkin.
13. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi ariza ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisi nomiga beriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo’yicha oilaning tarkibi va daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo’yicha nafaqa olish uchun – bolalarning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalari nusxalari;
agar bolalar vasiylikka olingan bo’lsa – vasiylik va homiylik organining qaroridan ko’chirma.
Bundan tashqari, moddiy yordamga ehtiyojmandlik to’g’risidagi arizaga, ariza beruvchining xohishiga ko’ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
14. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni olish istagi bo’lgan oydan oldingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay beriladi.
15. Nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi arizalarni ro’yxatdan o’tkazish fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi kotibi tomonidan maxsus ro’yxatga olish kitobiga qayd etish orqali amalga oshiriladi. Bunda arizani kelib tushish sanasi, ariza bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili, iltimosning qisqacha mazmuni va fuqarolar yig’ini tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bayonnoma sanasi va raqami ko’rsatilgan holda qabul qilingan qaror to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq ariza hamda oilaning daromadlari miqdori va tarkibini tasdiqlaydigan zarur ma’lumotnomalar berilgan kun ariza ro’yxatdan o’tkazilgan kun deb hisoblanadi.
IV. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun arizalarni ko’rib chiqish tartibi
16. Ariza beruvchining ehtiyojmandligi darajasini aniqlash va bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash (rad etish) to’g’risida xulosa chiqarish uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organida maxsus komissiya tashkil etiladi, uning tarkibi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisi tomonidan 12 oy muddatga, kamida 5 kishidan iborat etib tasdiqlanadi.
Maxsus komissiya tarkibiga o’zini o’zi boshqarish organi maslahatchilari, kotibi, ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi, shuningdek zaruriyat bo’lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va moliya organlari vakillari kiritiladi.
Hududida 300 tadan ko’p oila yashaydigan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida bir necha maxsus komissiyalar tashkil etilishi mumkin. Bunda Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi har bir komissiyada ishtirok etishi shart.
17. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi ariza uch bosqichda ko’rib chiqiladi.
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab uch kun muddatda ariza beruvchi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi.
Agar oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdori ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan miqdordan kam bo’lsa, maxsus komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab o’n kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganib chiqadi, shundan keyin tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi xulosani fuqarolar yig’iniga yoki Komissiyaga kiritadi.
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda, ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va to’lash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig’ini yoki Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
V. Oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlash
18. Oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo’lingan holda aniqlanadi.
19. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga:
bolalarning otasi, onasi yoki nikohdagi har ikki ota-onasi (farzandlikka oluvchilar);
ota-onalar bilan birga yashaydigan va ularning qaramog’ida bo’lgan bolalar, shuningdek ota-onalar bilan birgalikda yashaydigan va o’z oilalariga ega bo’lmagan 16 yoshdan katta yoshdagi bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan bolalar);
bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari;
bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi boshqa shaxslar kiritiladi.
Oilaning birgalikda yashovchi a’zolari tarkibi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
20. Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun o’rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadigan oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan ota-onalarning aka-uka va opa-singillari, agar ularning o’z oilalari bo’lsa;
ota-onalari ularga nisbatan ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;
to’liq davlat ta’minotidagi bolalar, shuningdek vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar;
chaqiriq bo’yicha harbiy xizmatni o’tayotgan yoxud harbiy ta’lim muassasasida o’qiyotganligi sababli oilada bo’lmagan ota-ona (farzandlikka oluvchi);
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo’yicha jazoni ijro etish joylarida ekanligi munosabati bilan oilada bo’lmagan ota yoki ona (farzandlikka oluvchi).
21. Agar bir uy xo’jaligida (bir pochta manzili bo’yicha) bolali ikki va undan ortiq oilalar yashagan taqdirda, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun bir oila tarkibiga bolalarning ota-onalari, shuningdek ularning bobolari va buvilari hamda bolalarning ota-onalari bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi boshqa shaxslar, ular nafaqa tayinlashda boshqa bolali oilada hisobga olinmagan bo’lsa, qabul qilinadi.
22. O’rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
mehnatga haq to’lash shaklidagi daromadlar;
mulkiy daromadlar;
yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolaridan pul tushumlari summasi;
pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordamdan tashqari);
shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritishdan olingan daromad;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Mehnatga haq to’lash shaklidagi daromadlar hisoblangan summa bo’yicha hisobga olinadi (soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar chegirib tashlangunga qadar).
23. Oilaning o’rtacha oylik jami daromadi fuqarolar tomonidan ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq taqdim etiladigan oilaning tarkibi va oila a’zolarining daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
24. Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadlari to’g’risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad summasi ko’rsatilmagan bo’lsa yoki eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam summa ko’rsatilgan bo’lsa, u holda oilaning o’rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni normativdan past ko’rsatgan yoki daromadi mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo’lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ushbu qoida:
bola ikki yoshga to’lgunga qadar uning parvarishi bilan band bo’lgan onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga);
ta’lim muassasalarida o’qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish hollari bundan mustasno);
ishlamaydigan pensionerlarga;
amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila a’zosiga;
tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ishsiz sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
25. Agar taqdim etilgan ma’lumotlarda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritishdan olingan o’rtacha oylik daromad miqdori ko’rsatilmagan yoxud shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritishdan olinadigan belgilangan normativ daromaddan past ko’rsatilgan bo’lsa, u holda oilaning jami daromadini aniqlash uchun shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritishdan olinadigan oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.
Shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish uchun foydalaniladigan sotixlar sonini nafaqa yoki moddiy yordam so’rab murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam oylik ish haqining 0,2 miqdoriga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Yer uchastkasi unumdorligi obyektiv shart-sharoitlarga ko’ra (suv bilan ta’minlanmaganlik, tuproqning sho’rlanishi va boshqalar) yuqorida ko’rsatilgan miqdordagi normativ daromad olish imkonini bermaydigan yoki umuman daromad olish imkonini bermaydigan alohida hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ daromadga pasayish tomoniga tuzatish kiritishlari mumkin.
26. Oila daromadi va uning tarkibi o’zgargan taqdirda ariza beruvchi shaxs bir oydan kech bo’lmagan muddatda bu haqda nafaqa va moddiy yordam to’layotgan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga ma’lum qilishi shart.
VI. Oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganish
27. Maxsus komissiya ariza beruvchining yashash joyiga chiqqan holda oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganib chiqadi.
28. Oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganish natijalariga ko’ra maxsus komissiya ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo’yicha oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganish dalolatnomasini tuzadi.
Dalolatnomada:
o’rganilayotgan oilaning tarkibi;
oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligi to’g’risidagi ma’lumotlar;
shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni;
o’rganilayotgan oilaning moddiy jihatdan ta’minlanganligi darajasini baholash;
tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash bo’yicha xulosa ko’rsatiladi.
29. Oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish natijalari bo’yicha maxsus komissiya bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olishga ehtiyojmand oilalar ro’yxatini shakllantiradi hamda ularni ushbu kalendar oyi tugashidan kamida besh kun oldin ko’rib chiqishi uchun fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaga kiritadi.
VII. Fuqarolar yig’ini tomonidan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risida qaror qabul qilish
30. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish to’g’risidagi qaror fuqarolar yig’ini (Komissiya) tomonidan ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi.
Agar fuqarolar yig’ini ishtirokchilarining (Komissiya a’zolarining) oddiy ko’pchiligi qarorni yoqlab ovoz bersa u qabul qilingan hisoblanadi.
31. Fuqarolar yig’ini (Komissiya) qarori, qoidaga ko’ra, har bir ariza beruvchi bo’yicha alohida, uning ishtirokida qabul qilinadi. Ariza beruvchi uzrli sababga ko’ra fuqarolar yig’inida (Komissiya yig’ilishida) ishtirok etmagan taqdirda oilaning boshqa muomalaga layoqatli a’zosi ishtirok etishi shart. Ariza beruvchi yoki ariza beruvchi oilasining boshqa vakili ishtirok etmagan taqdirda ushbu oilaga tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi masala ko’rib chiqilmaydi va ko’rib chiqish uchun keyingi oyga ko’chiriladi.
Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to’g’risida qaror keyingi oyga ko’chirilgan oilalarga yangidan ro’yxatdan o’tish va ehtiyojmandligini o’rganish (nafaqa yoki moddiy yordam yuzasidan ariza berish, oila daromadlari va tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, daromadlar va mulkiy holatni qo’shimcha ravishda o’rganish) tartibi talab etilmaydi.
32. Qaror quyidagilarni aks ettirgan holda fuqarolar yig’ini (Komissiya yig’ilishi) bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi:
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
ochiq ovoz berish natijalari;
tayinlangan nafaqa yoki moddiy yordamning turi va miqdori;
to’lovlar boshlanadigan oy va ular tugaydigan oy;
qaror qabul qilingan sana.
Tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga fuqarolar yig’inida (Komissiya yig’ilishida) rad etish sabablari ko’rsatilgan holda ma’lum qilinadi, bu to’g’rida bayonnomada qayd etiladi.
33. Bayonnoma fuqarolar yig’ini raisi tomonidan imzolanadi va besh kun muddatda ariza beruvchiga ma’lum qilinadi.
34. Bolali oilalarga nafaqa tayinlangan oilada voyaga yetmagan bolalar soni o’zgargan taqdirda (bolalardan biri 14 yoshga to’lgan, navbatdagi bola tug’ilgan va hokazo), nafaqa miqdori bolalarning tegishli soniga ega bo’lgan oila uchun belgilangan miqdorlarga muvofiqlashtiriladi. Bunda yangi miqdor bo’yicha nafaqa to’lash oilada voyaga yetmagan bolalar soni o’zgargan oydan keyingi oydan boshlanadi. Bu holda nafaqa miqdorini qayta ko’rib chiqish bo’yicha fuqarolar yig’ini yoki Komissiya qarori talab etilmaydi.
VIII. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam to’lash
35. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to’lanadi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi kotibi har oyda oyning oxirgi kunidan kechikmay, fuqarolar yig’inining (Komissiyaning) qarori bayonnomasi asosida oluvchining familiyasi, pasport raqami, shuningdek to’lanishi kerak bo’lgan summani ko’rsatgan holda tegishli nafaqa va moddiy yordam to’lashga vedomost tuzadi. Vedomostlar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining imzosi va muhr hamda ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida uch nusxada vedomostlar tuziladi.
36. Belgilangan tartibda to’ldirilgan va tasdiqlangan vedomostlar tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlangan oyning 5-sanasigacha bo’lgan muddatda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining moliya bo’limlariga (keyingi o’rinlarda tuman (shahar) moliya bo’limlari deb ataladi) yuboriladi.
Taqdim etilgan vedomostlar barcha uch nusxaning har bir varag’iga tasdiqlovchi imzolar va tegishli shtamp qo’yilgan holda tuman (shahar) moliya bo’limining mas’ul xodimi tomonidan tekshiriladi.
37. Tayinlangan, ammo o’z vaqtida talab qilib olinmagan (to’lanmagan) bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam o’tgan davr uchun bir vaqtning o’zida to’liq miqdorda to’lanadi.
38. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam to’lash:
to’lovning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan;
bolalar bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishi bo’yicha nafaqa olish huquqini istisno etuvchi yoshga to’lgan;
bola parvarishi bo’yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqan;
doimiy yashash joyi o’zgargan;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oilaning ushbu to’lovlarga ehtiyojmandligi yo’qligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan;
fuqarolar yig’inining (Komissiyaning) tegishli to’lovlarni tayinlash to’g’risidagi qaroriga ta’sir ko’rsatgan buzilgan va ishonchsiz ma’lumotlar aniqlangan hollarda to’xtatiladi. Ushbu holatda asossiz to’langan mablag’ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining tegishli hisob raqamiga qaytarilishi kerak.
To’lovlarni to’xtatish, to’lovning belgilangan muddati tugagan yoki bolalar tegishli yoshga to’lgan hollardan tashqari (bola parvarishi bo’yicha nafaqa uchun – ikki yosh, bolali oilalarga nafaqa uchun – 14 yosh), fuqarolar yig’inining (Komissiyaning) tegishli bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan qarori asosida amalga oshiriladi.
39. 16 yoshgacha (o’quvchilar – 18 yoshgacha) bolalari bo’lgan oilalarga 2012 yil 1 dekabrgacha tayinlangan bolali oilalarga nafaqalarni to’lash 16 yoshgacha (o’quvchilar – 18 yoshgacha) bolalar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to’lovning belgilangan muddati tugagunga qadar butun davrda davom etadi.
To’lovi 2013 yilning yanvar oyidan boshlanadigan bolali oilalarga nafaqa miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi, bunda faqat 14 yoshgacha bo’lgan bolalar inobatga olinadi.
2012 yilning 1 dekabrigacha va 1 dekabridan keyin tayinlangan bolali oilalarga nafaqa miqdori ushbu Nizomning 6-ilovasigamuvofiq tartibda hisoblab chiqiladi.
IX. Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtirish tartibi
40. Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to’lash Xalq bankining bo’linmalarida (filiallarida) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettirilgan holda mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida maxsus bank hisob raqamlari ochiladi.
Xalq banki muassasalari har oyda joriy oyning oxirigacha bo’lgan muddatda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organini maxsus bank hisob raqamlaridagi qoldiqlar, shu jumladan joriy oy uchun, shuningdek hisobot yili boshidan boshlab tushumlar summalari va amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida yozma ravishda xabardor qiladi.
41. Tuman (shahar) moliya bo’limi mablag’larni vedomostlar bo’yicha tayinlangan summalar doirasida, biroq byudjetda nazarda tutilganidan ortiq bo’lmagan, nafaqalar va moddiy yordam to’lashga tegishli byudjetning g’aznachilik shaxsiy hisob raqamini ko’rsatgan holda, to’lov amalga oshiriladigan oyning 5-sanasidan boshlab, biroq oyning 25-sanasidan kechikmay har bir fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining maxsus hisob raqamlariga alohida to’lov topshiriqnomalari orqali Yagona g’aznachilik hisob raqamidan o’tkazadi. Bunda vedomostlar bo’yicha qisman moliyalashtirish taqiqlanadi.
Mablag’larni tuman (shahar) moliya bo’limlarining Yagona g’aznachilik hisob raqamidan o’tkazish g’aznachilik bo’linmalari tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. Har bir nafaqa va moddiy yordam bo’yicha vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) moliya bo’limida qoladi. Mablag’lar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga o’tkazilgandan keyin tasdiqlangan vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalari moliya organlari tomonidan tegishli fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga taqdim etiladi.
43. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mablag’lar ularning hisob raqamlariga tushgandan keyin vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalarini to’lov topshiriqnomalari bilan birga nafaqani to’lash uchun Xalq bankining xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalariga (filiallariga) taqdim etiladi.
44. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, ammo o’z vaqtida talab qilib olinmagan nafaqa, nafaqa oluvchining nomiga maxsus depozit hisob raqamiga o’tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko’ra to’lanadi. Yopilgan vedomostning uchinchi nusxasi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga taqdim etiladi. To’lov nafaqa va moddiy yordam oluvchining yashash joyi bo’yicha Xalq bankining bo’linmalari (filiallari) tomonidan amalga oshiriladi.

Download 383,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish