Traktor jarohatlari. Xalq ho‘jaligida g‘ildirakli va tasma-zanjir harakatli traktorlar keng qoMlaniladi. Ulaming qo‘llanishi ba’zi hollarda kishilarning qurbon bo‘lishi bilan kechadigan baxtsiz hodisalar kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.
Traktor jarohatlari tasma-zanjir harakatli traktor jarohatlari va g‘ildirakli traktor jarohatlariga boMinadi. Fildirakli traktor jarohatlari ko‘pgina hollarda avtomobil jarohatlarini eslatadi, ammo bu turdagi jarohatlar shikastlanish og‘irligi, murakkabligi va tana sohalarining bo‘laklanish ehtimoli tufayli o‘lim darajasining yuqoriligi bilan farq qiladi.
Tasma-zanjir harakatli traktor travmalari, aksincha, o‘ziga xos bo‘lib, ko‘p hollarda jarohat xususiyatiga qarab traktor travmasi ekanligini, traktor turini, hatto uning tipi va markasini aniqlash imkonini beradi. Bunday traktor turi bilan yetkazilgan jarohatlar kam hollarda tananing bo‘laklanishi bilan tavsiflanadi, faqat kam hollardagina, ya’ni traktor tanani ko‘ndalang bosib o‘tganda, oyoq-qo‘llar, hatto boshning uzilishi kuzatilishi mumkin.
Temir у о‘I jarohatlari. Temir yo‘l jarohatlari qurbonlar miqdori bo‘yicha avtomobil jarohatlaridan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Temir yo‘l jarohatlari ko‘pincha kechasi yoki ertalab sodir bo‘ladi. Bunga asosiy sabab mashinistlaming charchashi, ular ish faoliyatining bir xilligi, ba’zi aholi yashamaydigan yoMlardan katta tezlik bilan harakatlanishidir.
Temir yo‘l hodisalari jihatlari va sharoitlariga qarab, asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
harakatdagi temir yo‘l transporti urib ketishi tufayli;
temir yo‘l transportining g‘ildiraklari bilan bosib ketishi tufayli;
harakatdagi temir yo‘l transportidan yiqilib tushish tufayli;
temir yo‘l transporti vagonlari orasida ezilish tufayli;
temir yo‘l transporti vagonlari ichida olinadigan jarohatlar.
Harakatdagi temir yo‘l transportining urib ketishi tufayli olinadigan
jarohatlar eng ko‘p uchraydi. Hozirgi vaqtda yuqori tezlik va zamonaviy shaklga ega bo‘lgan yangi markali lokomativlarning amaliyotga keng kirib borishi temir yo‘l jarohatlarining bu turi miqdorining oshishiga olib keladi. Bunday jarohatlarda zarb teplovoz, elektrovoz va boshqalaming oldingi yuzasi bilan inson tanasining barcha sohalariga yetkaziladi.
Shuning uchun katta, tarqalgan va og‘ir jarohatlanishlar kuzatiladi. Umuman, temir yo‘l transporti tufayli kelib chiqadigan jarohatlanishlar o‘ziga xos bo‘lib, bunda tananing ko‘p qismi bir vaqtning o‘zida og‘ir shikastlanadi, ichki organlar, ba’zan miya faoliyatining o‘tkir buzilish hollari uchraydi. Shu sababli ham bu kabi jarohatlar pirovard-natijada shikastlanganning nogiron bo‘lib qolishiga yoki o‘limiga olib keladi. Lekin hamma vaqt ham bemor, ya’ni jarohatlanuvchi shunday ayanchli holda qolmasligi mumkin. Ko‘p hollarda atrofdagilar tomonidan ko‘rsati- ladigan tibbiy yordam o‘z vaqtida, to‘g‘ri va benuqson bajarilsa, shikastlangan bemor hayotini saqlab, turli asoratlaming oldini olish mumkin bo‘ladi.
Aviatsiya jarohatlari. Jarohat olish mexanizmiga qarab aviatsiya jarohatlarining uch turi tafovut qilinadi:
samolyot ichida, uchish vaqtida olinadigan jarohatlar;
samolyot ichida, uning qulashi va yerga urilishi tufayli olinadigan jarohatlar;
yerda samolyot bo‘laklari tufayli olinadigan jarohatlar.
Samolyot jarohatlarida asosiy jarohat chaqiruvchi omillarga dinamik
va zarbaviy zo‘rayishlar, qarama-qarshi havo oqimi, portlash dekompressiyasi, to‘mtoq predmetlar, portlash to‘lqini, yong‘in, zaharli yonish mahsulotlari, samolyot tashqi qismlari kiradi. Ana shu faktorlar ta’sirida samolyot falokatiga uchragan shaxslarda o‘ta murakkab bo‘lgan jarohatlanishlar kuzatiladi.
Aviatsiya va temir yo‘l halokatlari, odatda, ko‘p sonli jarohatlanishlarga va ko‘p insonlaming o‘limiga olib keladigan falokatlar qatoriga kiradi. Shu tufayli shikastlanganlarga yordam ko‘rsatishda ularni saralash, guruhlarga bo‘lish va ma’lum ketma-ketlikda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |