Miyaning ezilishi. Miya ezilishi bosh suyagi ichidagi tomirlardan qon ketishi yoki suyaklar sinishi natijasida ro‘y beradi.
Qon to‘planishi (gematoma) miya qattiq po‘stlog‘i ustida (epidural gematoma) hamda miya to‘qimasi ichida (miya ichi gematomasi) hosil bo‘ladi.
Miya ezilishining ilk belgilari: es-hushning yo‘qolmasdan tormozlanishi, bosh og‘rishi hisoblanadi. Ko‘z qorachig‘ining qon quyilgan tomonda kengayishi kuzatiladi. Keyinchalik esa bemoming tashqi muhitga reaksiyasi yo‘qoladi, hushidan ketadi, puls sekinlashadi, minutiga 40-50 gacha kamayadi. Nafas olish yomonlashadi, shovqinli va no tekis bo‘lib qoladi.
Bosh miyaga qon ketishi natijasida ezilish belgilari birdaniga ro‘y bermasdan bir necha vaqtdan so‘ng namoyon bo‘ladi, shuning uchun ham shikastlanganlar vrachlaming qat’iy nazoratida bo‘lmog‘i lozim.
Bosh suyagi va miya jarohatlarida vrachgacha bo‘lgan yordam shikastlanganlarga osoyishtalikni ta’minlash, bosh sohasini immobilizatsiya qilish, nafas olishni yaxshilash, ya’ni hayot uchun xavfli bo‘lgan holatlaming oldini olishdan iborat bo‘ladi. Bosh miyaning yopiq jarohatlarini davolash bemorga mutlaq osoyishtalik yaratishdan boshlanishi kerak. Ularni transportirovka qilish boshi bir oz ko‘tarilgan, yotgan holda bajarilishi lozim. Bemor hushsiz bo‘lganligi tufayli, qusuqning nafas yo‘liga tiqilishi, tilning tushib qolishiga qarshi choralar ko‘riladi. Boshni yon tomonga egib, og‘iz bo‘shlig‘iga havo o‘tkazuvchi naycha qo‘yish lozim. Ba’zan transportirovka qilishda kislorod bilan nafas oldirish va yurak-tomir vositalaridan berish lozim bo‘ladi.
Og‘ir bemorni transportirovka qilishda maxsus taxta, zambil yoki g‘ildirakli zambil ishlatiladi. Bemor solingan zambil ikki yoki to‘rt kishi yordamida chayqatmasdan ko‘tariladi. Shikastlanganlami yuqori qavatlarga ko‘tarishda boshini oldingi tomonga va oyoq tomonini gorizontal holatgacha ko‘targan holda chiqarish lozim. Bemorni zambildan to‘shakka o‘tkazishda zambilni karavot sathida ushlash va 3 kishi zambil bilan karavot orasida bemorga qaragan holda turishi lozim. Bunda bir kishi bemor boshi va ko‘kragini, ikkinchi kishi beli va sonini, uchinchisi esa boldirini ushlashi kerak.
Favqulodda holatlarda bosh suyagi va miya shikastlanishlari bilan bir qatorda, bel suyaklarining, jumladan, umurtqa pog‘onasi, yuz suyaklari (yuqori va pastki jag‘ suyaklari, burun suyaklarining) sinishilari ham kuzatilishi mumkin. Bu shikastlanishlar bosh va yuz sohasining hamda tana boshqa sohalari yumshoq to‘qimalarining ham jarohatlanishi va turli kattalikdagi yaralaming paydo bo‘lishi bilan ro‘y beradi.
Uzoq ezilish sindromi. Uzoq ezilish sindromi (Krash sindromi) ko‘plab yumshoq to‘qimalaming uzoq vaqt yuk ta’sirida ezilishi natijasida kelib chiqadi. Uning umumiy va mahalliy belgilari bor. Umumiy belgilar shok, о‘tkir buyrak yetishmovchiligi va mioglobinuriyadan (siydik orqali mioglobulin moddasining chiqishi) iborat bo‘lib, asosiy belgilar hisoblanadi va kasallik oqibatini aniqlaydi.
Uzoq ezilish sindromi jangovar holatlarda, zilzila va binolar qulashi paytida, shaxta va konlar bosib qolishi va boshqa holatlarda uchraydi. Masalan, Ashxoboddagi yer qimirlashi paytida shikastlanganlaming 3,5 % da bu sindrom kuzatilgan. Xirosimadagi atom bombasi portlashi oqibatida esa 20 % kishilarda bu holat aniqlangan.
Uzoq ezilish sindromi uch davrda kechadi: erta, o‘rta va kech davrlar.
Erta davrda (2-3 kun davom etadi) bosib turgan og‘irlikdan xalos etilganlarda umumiy va mahalliy belgilar erta (bir necha o‘n minut yoki bir necha soat o‘tgach) ko‘zga tashlanadi. Mahalliy belgilar ezilgan joyning tez shishishi, terining ko‘karishi va sovishi bilan namoyon bo‘ladi. Keyinchalik esa terida pufakchalar hosil bo‘lib, pufak ichida qontalashgan suyuqlik ko‘rinadi. Ana shu davrda rivojlana boshlaydigan gemodinamik o‘zgarishlar (qon bosimining pasayishi, yurak urishining tezlashuvi va b.) boshlang‘ich davr uchun xos bo‘lgan umumiy belgilardir. Uzoq vaqt davomida ezilib yotgan odam (1-2 sutka), ko‘pincha qutqarib olinganidan so‘ng bir necha soat ichida hayotdan ko‘z yumadi.
Ba’zan bitta oyoq yoki qo‘l bosilib qolishi mumkin. Qutqarib olingandan so‘ng qo‘l yoki oyoq oqargan, sog‘iga nisbatan sovuqroq, barmoq uchlari ko‘kargan bo‘ladi. Suyaklar ko‘pincha zararlanmaydi.
Sezish hissi yo‘qoladi. Tomir urishi aniqlanmaydi. Bir necha kun ichida ezilgan qo‘l va oyoqlar shishib, ikki-uch barobar kattalashib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |