Suvga absorbsiya. Suv yordamida SO2gazi absorbsiya qilinganda quyidagi reaksiya boradi:
so2+ H2O - H2SO3
SO2 gazi suvda yaxshi erimaydi. Jarayonni chuqur olib borish maqsadida absorber hajmi kattalashtiriladi, suv sarfi oshiriladi. Suvga yutilgan SO2 gazi 100°C da qizdirilganda qayta ajralib chiqadi. Ushbu usulda energiya sarfi yuqori.
Norvegiyada SO2 gazini absorbsiya jarayoni yordamida ushlab qolish uchun “Flakt-Hydro” jarayoni ishlab chiqilgan bo'lib, bunda absorbent sifatida dengiz suvi qo‘llaniladi. Dengiz suvi kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo'lib, bunda SO2 gazining yutilishi o'sib boradi. Bunday qurilmaning sxemasi 9.1-rasmda keltirilgan:
rasm. Oltingugurt angidridini dengiz suvi yordamida tozalash
texnologik sxemasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |