mahsulotning presslashdan awalgi va keyingi hajmlari; h,h — briketning boshlang'ich va oxirgi balandliklari.
Presslash bosimi mahsulotni zichlash bosimi vauni press-qolipga ishqalanish kuchini yengish bosimlari yig‘indisiga tengdir.
Sochiluvchan materiallarning fizik-mexanik xossaiari, tarkibi, shaldi va ma’lum o‘lchamli matenailami olishga yo‘naltirilgan fizik- mexanik va Tzik-kimyoviy jarayonlar yig‘indisiga granulalash jarayoni deb ataladi.
Granulalash jarayoni quyidagi texnologik bosqichlardan iborat:
xomashyoni qayta ishlashga tayyorlash, komponentlarni qadoqlash va aralashtirish;
granula hosil qilish (aglomeratsiya, kristallash, zichlash va boshqalar);
granula tarkibini mo‘tadiHlash (quritish, sovitish, polimerizatsiya jarayoni asosida zarrachalar orasidagi bog'larni mustahkamlash);
sinflash, yirik fraksiyalarni parchalash (yanchish).
Hoziigi kunda sanoatda qo'llaniladigan va ma’lum granulalash usullari quyidagilardir:
qattiq moddalarni yumalatib granulalash;
eritmani purkash va granulatsion minoralarda sovitish;
quruq kukunlarni presslash;
eritmani mavhum qaynash qatlamida purkash;
turboparrakli qurilmada tezkor granulalash;
tangasimon plastinalar hosil qilish (eritmani boshqa yuzalarda sovitish yo‘li bilan);
ekstruziya.
Yuqorida sanab o‘tilgan granulalash usullarining ba’zilanni sanoatda ajralib chiqayotgan qattiq chiqindilarga ham qo‘Hash mumkin.
N.R.Yusupbekov va boshqalaming «Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari» nomli darsligida granulalash apparatlari va ulaming ishlashi haqida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.
Nazorat uchun savollar:
Qattiq chiqindilami qayta ishlash qaysi jarayonlaiga asoslangan bo‘ladi?
Qattiq chiqmdilarni qayta ishlashga tayyorlash uchun qanday mexanik jarayonlardan foydalaniladi?
Maydaiash jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Maydalashning qanday turlari mavjud?
Maydalashning qanday usullari mavjud?
Maydaiash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida bajarilgan ish qaysi tenglama orqali aniqlanadi?
Sochiluvchan qattiq chiqmdilarni xomashyo ko'rimshiga keltirish uchun qaysi jarayonlardan foydalaniladi?
Granulalash jarayoni qaysi texnologik bosqichlardan iborat?
Presslash jarayornning mohiyati nimadan iborat?
Granulalash usullariga qaysilari kiradi?
Qattiq maishiy chiqindilar
Hozirgi kunda kundalik hayotimizda ham ko‘p miqdorda qattiq maishiy chiqindilarning (QMCh) ajralishi doimo kuzatilmoqda. Aholi sonining o'sishi va hayot darajasining umumiy oshishi tovarlar iste’molining ortishiga, binobarin bir marta foydalaniladigan o‘ram materiallarining ortishiga olib keldiki, bu QMCh miqdoriga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. So'nggi o‘n yilliklarda dunyoning barcha mamlakatlarida shahar axlati ko‘nnishidagi qattiq maishiy chiqindilar miqdori keskin ortib, aholi jon boshiga o'rtacha 150—300 kg/yil ni tashkil etdi. QMCh miqdonnmg har yillik o‘sishi kamida 3%ni, ayrim mamlakatlarda 10% ni tashkil etmoqda.
Hozir QMCh ni yig'ish va qayta ishlash sanoatning zamonaviy texnika bilan jihozlangan yirik tarmog‘iga aylandi. QMCh ni yig‘ish tizimi va ayniqsa uni tashish birinchi darajali masala bo‘lib qoldi. Bu
Odatda, katta bo‘laklami ushatishda shnekli va konusli ushatgichlar ishlatiladi; o‘rtachasi uchun — konusli va valikli ushatgichlar; maydasi uchun bolg'ali, markazdan qochma urishli tegirmonlar, ba’zi bir rusmdagi — konusli va valikli ushatgichlar; yupqa maydalash uchun — baraban sharli, sterjenli, halqali tegirmonlar; juda yupqa maydalash uchun — titraydigan, oqimli va kolloidli tegirmonlar ishlatiladi.
Lekin, sof holda hech qaysi usul alohida sanoatda ishlatilmaydi. Masalan, ezish, yorish, zarba bilan maydalash ketidan keladigan jarayon bu yeyilish yoki yedirilishdir. Yeyilish jarayonida ko‘pincha chang hosil bo'ladi va materialning o‘ta maydalanishi kabi zararli hollar ham uchraydi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |