Chiqindilar haqida. Hozirgi kunda qattiq chiqindilar ham ko‘plab ajralib, atrof-muhitga jiddiy zarar keltirmoqda. O‘tgan bobiarda ko‘rib chiqilgan boshqa tur chiqindilar — gazsimon va suyuq chiqindilar bir tomondan qaraganda atmosfera havosiga singib ketishi yoki suv havzalanga qo‘shilib ketishi bilan uni ko'pmcha ilg‘amay qolamiz. Qattiq chiqindilar esa ajralib chiqishi va to'plamshi natijasida katta maydonlami egallab, doimo ko‘z ostimizda atrofga jiddiy zarar keltirayotganligini ko‘rib guvohi bo'lamiz. Shuning uchun ushbu tur chiqindilarini zararsizlantirishda va qayta ishlashda ulaiga alohida yondoshish lozim. Ma’lumki, ilmiy-texnikaning rivojlanib borishi o‘z yo‘lida sanoat ishlab chiqarish korxonalarining salmog‘mi ham kundan-kunga kengaytirib boradi. Ishlab chiqarish korxonalannmg kengayishi va yangilarining ishga tushishi esa tabiiy resurslaming ko‘plab ishiatilishiga va buning natijasida atrof-muhitga chiqindilarni ham tashlanishiga olib keladi. Albatta qattiq chiqindilaming hosil bo‘lish miqdori korxona texnologiyasining darajasiga va ishlatiladigan xomashyo turlariga bog'liqdir. Bunda ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar qancha mukammal bo‘lsa, chiqindilar miqdori va ulaming atrofga salbiy ta’siri shuncha kam bo'ladi. Lekin ming afsuski, ko'pchilik korxonalar ilgari qurilgan bo‘lib, ularda xomashyolarning samarali kompleks ishlatilmasligi kuzatiladi. Natijada, xomashyoning boshlang‘ich ishlatish bosqichidan boshlab korxonada ko'plab chiqindilaming Hosil bo‘lishi va unmg hududida to'planishi ro‘y beradi. Kitobimiz boshida ta’kidlab o'tganimizdek, har bir chiqindi ma’lum bir kimyoviy tarkibga ega. Korxonada ajralayotgan chiqmdi bu unga berilgan nisbiy nom bo'lib, aslida chiqindiga keraksiz bir mahsulot emas, balki qayta ishlatishga yaroqli ikkilamchi xomashyo mahsuloti sifatida qarashimiz lozimdir. Shuning uchun chiqindilar alohida qoidalaiga rioya qilingan holda to‘planishi va undan kerakli mahsulot olish maqsadida qayta ishlatishga tayyorlanmog'i lozim. Chunki ushbu qattiq chiqindilardan xalq xo‘jaUgi uchun kerakli bo'lgan ko'plab mahsulotlami olishni yo'lga
qo'yish mumkin. Hozirgi kunda ko‘plab korxonalaming hududlanda yoki unga tegishll bo'lgan maxsus maydonlarda minglab tonna turli shlak, shlam, cho‘kindi, kuyindi kabi moddalar ko‘rinishida qattiq chiqindilar to‘plangan. Ushbu chiqmdilar tarkibida turli metallar, mineral moddalar ko'rimshidagi nooiganik birikmalar (ohaktoshlar, kvarsitlar, dolomitlar, kaolinlar, qumtoshlar va boshqalar), organik birikmalar ko'plab uchraydi. Hozirgi kunda ushbu uyumlar deyarli ishlatilmasdan o‘z yechimini kutib yotibdi. Holbuki, ushbu chiqindilami qurilish sanoatida, xalq xo‘jaligida keng ishlatish bilan kerakli mahsulotlami ishlab chiqarish va bu bilan o‘sha mahsulotlami ishlab chiqarilishiga sarf bo‘ladigan birlamchi xomashyoning tejalishiga hamda eng asosiysi chiqindilami to‘planishi natijasida yuzaga keladigan atrof-muhit ifloslanishlanning oldini olish mumkin. Umuman olganda hozirgi kunda qattiq chiqindilaming hosil bo‘lishini quyidagi rasmdan ko'rishimiz mumkin (21.1-rasm).
| Xom ashyoni boyitish
Do'stlaringiz bilan baham: |