M. Mirsaidov



Download 0,66 Mb.
bet70/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Nazorat savollari


Tashqi savdo vujudga kelishining ob’ektiv shart-sharoitlari qanday?

  1. Yangi bozorlarning egallab olinishi va siyosiy ta’sir soha-sini kengaytirish qanday natija beradi?

  2. Tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlararo notekis taqsimlanganligi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning notekis rivoj- langanligini tushuntirib bering.

  3. Tashqi savdo shartnomalari shartlariga ko’ra qanday turlar-ga bo’linadi?

  4. Namunaviy savdo shartnomalarining asosiy bo’limlari qan-day?

  5. Pudrat shartnomalarining xususiyatlari qanday?

  6. Ijara shartnomalarida qanday munosabatlar rasmiylashti-riladi va amalda qanday ijara turlari mavjud?

  7. Qanday savdo «Muqobil» deb ataladi?

  8. Xizmatlar savdosining xususiyatlari qanday?

  9. Litsenziya savdosi va muhandislik-maslahati xizmatlari savdosining ahamiyati nima bilan aniqlanadi?

  10. Xalqaro turizmning qanday ko’rinishlarini bilasiz? Ularning qaysilarini rivojlantirish uchun O’zbekiston katta im-koniyatlarga ega?

V bob. XALQARO VALYUTA TIZIMI





  1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va rivojlanish bos-qichlari

  2. Valyuta kursi tushunchasi va shakllanishi

  3. Xalqaro valyuta bozori

  4. Valyuta operatsiyalari mexanizmi

  5. To’lov balansi

  6. O’zbekistonda xorijiy valyuta bozorini liberallashtirish
    1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va rivojlanish


bosqichlari
Xalqaro valyuta tizimi – barcha mamlakatlarning jahon pul tizimi bo’lib, uning doirasida valyuta resurslari shakllanadi va xalqaro to’lovlar amalga oshiriladi.
Xalqaro valyuta tizimi (VT) tarkibiy qismlari quyidagilar:
-oltin;
-milliy valyutalar;
-xalqaro valyuta birligi - SDR, EUR;
-xalqaro valyuta moliya institutlari;
-valyuta kursini belgilovchi mexanizm;
-jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida o’zaro hisob-kitob qoidalari;
-xalqaro to’lovlarni balanslashtirish qoidasi.
Valyuta kursini belgilovchi mexanizm va xalqaro to’lov vosi-tasi VT ning asosiy tarkibiy qismlaridir. VT ning birligi bo’-lib bir yoki bir nechta rezerv valyutalar va xalqaro hisob ra-qamlarda ishlatiladigan pul birliklari hisoblanadi. Rezerv val-yuta yoki asosiy valyuta rivojlangan etakchi davlatning xalqaro to’-lov, rezerv vosita funktsiyasini bajaruvchi valyuta paritetini aniqlovchi va tashqi valyuta kursini ta’minlovchi vosita bo’la oladigan valyutasidir. Hozirgi kunda rezerv valyutaga funt ster-ling, AQSh dollari, EVRO, Shveytsariya franki, Yaponiya ieni ki- radi.
Rezerv valyuta mavqei–emitent davlatga milliy valyutasining to’lov balansi defitsitini xalqaro kredit miqyosida foizsiz va tashqi iqtisodiy monopoliya va raqobatchilarga tomon yo’lga qo’yi-lishini ta’minlashdir. Xalqaro hisob birligi – bu xalqaro talab va majburiyatlar miqyosini o’lchashning shartli valyuta paritetini va kursini o’rna-tishda
foydalanadigan valyuta birligidir.
Bunday hisob birligi SDR (qarz olishning maxsus huquqi) bo’lib, uning kursi rivojlangan mamlakatlar valyutalari savati asosida aniqlanadi. U davlatlararo hisoblarda 1970 yildan beri ishlatib kelinmoqda. SDR XVFga a’zo mamlakatlarning hukumat-lararo naqd pulsiz hisoblarda maxsus hisob raqamlariga yozilish yo’li bilan ishlatiladi. Bu bilan u norasmiy «oltin qog’oz» no-mini olgan. SDR XVF a’zo davlatlar markaziy banklariga no-rasmiy qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Rasmiy ra-vishda u rezerv mablag’ hisoblanib, milliy emissiya banklari uning summasini o’zlarining markaziy likvid zaxiralariga qo’-shish huquqiga ega. SDR jahon puli sifatidagi funktsiyasini ba-jara olmadi. Sababi, SDR birligi haqiqatda dollar
pariteti bo’lsa-da, lekin dollar bilan raqobatlasha olmadi, real valyuta sifatida dollar ma’qul ko’rildi. SDR asosan ma’lum XVF doira-sida ishlatildi. SDRni dollarga nisbatan kursini aniqlashda «valyuta savati»dan foydalaniladi.
Valyuta savati o’rtacha tortilgan kollektiv valyuta kursini hi-soblash usuli bo’lib, to’plamdagi valyutalarni, ularning tarkibi va miqdori ixtiyoriy o’rnatiladi.

      1. jadval

Valyuta savati tarkibi

Valyuta
komponentlari

1 AQSh dollari
uchun valyuta kursi*

AQSh dollarida
ekvivalent


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish