M. Mamadazimov



Download 7,58 Mb.
bet56/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

O‘tayangi yulduzlar ham eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar rusumiga kirib, gi- gant massiv yulduzlardan sanaladi. Yorqinliklari keskin o‘zgaruvchi (chaqnovchi) bunday yulduzlarning chaqnashlari portlash hisobiga bo‘ladi. Portlash tufayli bunday yulduzlarning ravshanligi bir necha kun davomida o‘nlab million marta ortadi. Yulduz o‘z ravshanligining maksimumiga erishganda, o‘zi joylashgan galaktika ravshanligiga, ba’zan undan ham bir necha marta ko‘p ravshanlikka ega bo‘ladi. Ravshanligining maksimumida uning absolut yulduz kattaligi –18 dan to

–19 yulduz kattaligigacha yetadi. O‘tayangi yulduzlar o‘z yorqinligining mak- simumiga portlash yuz bergandan keyin 2–3 hafta o‘tgach erishadi va so‘ngra bir necha oy davomida uning yorqinligi 25–30 marta kamayadi. Chaqnash davomida, o‘tayangi yulduzlarning umumiy nurlanish energiyasi 1041–1042 joulni tashkil etadi.

Ma’lum galaktikada o‘tayangi yulduzning chaqnashi taxminan 100 yil ichida 1–2 martagina bo‘lishi mumkin. Tarixda bizning galaktikamizda ham bir necha o‘tayangi yulduzlarning chaqnashi kuzatilgan. Bular ichida Savr yulduz turkumida 1054-yilda Xitoy astronomlari tomonidan kuzatilgani eng quvvatlilaridan hisoblanadi. Bu yulduzni uning portlashidan so‘ng bir necha kun davomida kunduzi ham ko‘rishning iloji bo‘lgan. Chaqnash paytida bunday yulduzlar 0,1 dan to 1,0 Quyosh massasiga teng o‘z moddasini 6000 km/s gacha tezlik bilan yulduzlararo bo‘shliqqa uloqtiradi. Salkam 1000 yilga yaqin vaqt o‘tganiga qaramay, bu yulduzdan

uloqtirilgan gaz massasi hozirgi kunda ham sekundiga salkam 1000 km tezlik bilan kengayishda davom etmoqda. Chaq- nagan yulduz atrofida tarqalayotgan bu gaz massasi juda ulkan gaz tumanlikni hosil qilgan. Savr yulduz turkumida 1054-yilda portlagan o‘tayangi yulduzdan qolgan bu tumanlik Qisqichbaqasimon tumanlik nomi bilan mashhur (99-rasm). 1572-yili portlagan boshqa bir o‘tayangi yulduz daniyalik astronom Tixo Brage tomonidan Kassiopeya yulduz turkumida, 1604-yili Ilon Eltuvchi yulduz turkumida portlagani esa Kepler tomonidan kuzatilgan.

O‘tayangi yulduzlarning portlashi tufayli ularning markaziy qoldiq qismi, portlashdan olgan qo‘shimcha impuls hisobiga diametri bir necha kilometr qolguncha halokatli siqiladi (u fanda kollaps deyiladi) va o‘ta katta zichlikdagi obyektga aylanadi. Bunda uning zichligi salkam atom yadrosining zichligigacha (1014g/cm3) boradi. Bunday zichlikda atomlar atom xususiyatini butunlay yo‘qotib, faqat neytron qobiqlardangina shakllanadi va shu bois o‘tayangi yulduzlarning qoldig‘i aksariyat neytron yulduzlar deb ataladi.







  1. Download 7,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish