MAVZU. 28-§. Osmonni elektromagnit to‘lqinli nurlarda o‘rganish – keng to‘lqinli astronomiyaning asosi
Osmon jismlarining fizik tabiatlariga tegishli erishgan bilimlarimiz, ulardan kelayotgan optik va boshqa diapazonlarga tegishli elektromagnit nurlar yorda- mida erishilgan. Ulardan kelayotgan nurlar, bir tomondan, uzluksiz chiqarilmay, alohida kvantlar, xususiy energiyaga ega zarrachalar ko‘rinishida chiqariladi. Ko‘zga ko‘rinadigan nurlarning kvantlari 2–3 eV energiyaga ega bo‘lib, astro- fizikada qo‘llaniladigan nurlarning kichik bir sohasini egallaydi. Ikkinchi tomondan, ular elektromagnit to‘lqin ko‘rinishida qayd qilinadi. Vakuumda nurlanishning barcha turlariga tegishli bu elektromagnit to‘lqinlar bir xil – 3 · 108 m/s tezlik bilan tarqaladi. Nurlanishning to‘lqin sifatida tarqalishida, uning interferensiya va difraksiya hodisalarida namoyon bo‘lgani bois, uni ham har qanday to‘lqin kabi xarakterlab, v chastotasi va λ to‘lqin uzunligi ko‘paytmasini to‘lqinning tarqalish tezligiga teng ko‘rinishda, ya’ni:
vλ = c
deb yozish mumkin, bu yerda c – yorug‘lik tezligini xarakterlaydi.
Maxsus asbob yordamida elektromagnit tebranishlarni turli to‘lqin uzun- likli spektrga ajratish mumkin. Yorug‘lik nuri shaffof uchburchakli prizma orqali o‘tkazilganda, u aynan shunday tashkil etuvchilarga ajralib, unda tartib bilan ketma-ket joylashgan nurlar jilolanadi. Bunday oq nurdan tashkil topgan nurning ranglari ularning to‘lqin uzunliklari bilan aniqlanadi. Kishining normal ko‘zi taxminan 0,4 mkm dan (binafsha nur) 0,7 mkm gacha (qizil nur) yaxshi ko‘radi. Optik nurlar deb ataluvchi bu nurlar elektromagnit nurlanishning birgina turi bo‘lib, ularning barchasining majmuyi birgalikda elektromagnit to‘lqinlar shkala- sini tashkil etadi. Bu shkaladagi eng qisqa to‘lqin uzunlikli nurlanishlar gamma- nurlar bo‘lib, eng uzuni esa radioto‘lqinlar deyiladi.
Ma’lumki, Yer atmosferasi ko‘zga ko‘rinadigan elektromagnit (optik) nurlar, shuningdek, ko‘zga qisman ko‘rinadigan ultrabinafsha va infraqizil hamda ra- diodiapazonning millimetrli sohasidan to 10–20 metrli qismigacha bo‘lgan
diapazondagi nurlar uchun shaffof hisoblanadi. Elektromagnit to‘lqinlarning qolgan barcha qismlari Yer atmosferasining turli qatlamlarida kuchli yutilib, Yer sirtigacha yetib kela olmaydi.
Fotografiya ixtiro qilinguniga qadar, faqat kuzatuvchining ko‘zi yoritgich- larning nurlanishini qayd qiluvchi yagona tabiiy qurilma bo‘lgan edi. Nurlanish- larni qayd qiluvchi fotografik metod ishga tushgach, maxsus fotografik va fotoelektrik qurilmalar yordamida Yer atmosferasida yutilib qolayotgan ultra- binafsha va infraqizil diapazonga tegishli bir qism nurlanishlarni ham qayd qilishning imkoni tug‘ildi.
O‘tgan asrning 30–40-yillarida radiotexnikaning rivojlanishi sababli kosmik radionurlanish manbalari ochildi. Natijada bizning Koinot haqidagi bilimlarimizni kengaytiradigan astronomiyaning radioastronomiya bo‘limi ishga tushdi.
XX asrning ikkinchi yarmida esa, kosmonavtikaning «tug‘ilishi» sun’iy yo‘l- doshlarning Yer atrofi orbitasiga chiqarilishiga va ularga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida qisqa to‘lqinda (rentgen va gamma) nurlanuvchi obyektlarning topilishiga olib keldi. Shu sababli oxirgi o‘n yilliklarda kosmik stansiyalarga o‘rnatilgan maxsus rentgen va gamma teleskoplar yordamida topilgan ko‘plab quvvatli manbalarni o‘rganish imkoni vujudga keldi.
Astrofizikada uzoq ultrabinafsha va infraqizil diapazonlardagi kabi, rentgen va gamma diapazonlarda ham osmon obyektlarini sistemali o‘rganish boshlandi. Oqibatda, bugungi astronomiya keng to‘lqinli astronomiyaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |