M. Mamadazimov


MAVZU. 39-§. Yer rusumidagi planetalar. Merkuriy va Venera



Download 7,58 Mb.
bet34/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

MAVZU. 39-§. Yer rusumidagi planetalar. Merkuriy va Venera


Merkuriy. Quyosh sistemasidagi sakkizta planeta ichida Quyoshga eng yaqini Merkuriy bo‘lib, qadimda arablar uni Utorud deb atashgan. Utorudning orbitasi boshqa planetalarnikidan farq qilib, cho‘zinchoq ellips shaklidadir. Shuning uchun ham bu planetaning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha o‘zgarib turadi. Planetaning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 57,91 million kilometrni tashkil qiladi. Merkuriyning diametri 4879 kilometr bo‘lib, uning sirtida tortishish kuchi Yernikidan 2,6 marta kam. Boshqacha aytganda, og‘irligi Yerda 80 kg bo‘lgan odam Merkuriyda atigi 30 kg chiqadi. Bu planeta o‘z orbitasi bo‘ylab sekundiga o‘rtacha 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 87,97 kunda to‘la aylanib chiqadi.

Merkuriy sirtining kunduzgi o‘rtacha temperaturasi + 345 gradusgacha (Quyosh tik kelgan joylarida +480 gradusgacha – Selsiy shkalasida) ko‘tarilgani holda, kechasi –180 gradusgacha pasayadi.

Planetalararo avtomatik stansiya 1974-yilda Merkuriydan 47 ming 981 kilo- metrlik masofadan o‘tayotib, planeta sirtining 500 ga yaqin sifatli rasmlarini oldi. Bu rasmlar planeta «yuz tuzilishi» jihatidan Oyga juda o‘xshashligini ko‘rsatdi. Oy sirtidagi kabi Merkuriy yuzasi ham meteoritlar zarbidan «momataloq» bo‘lib, turli kattaliklardagi kraterlar bilan qoplangani «Mariner-10» olgan planeta rasmlaridan shundoqqina ko‘rinib turibdi (56- va 57-rasmlar).

Merkuriy sirt jinslarining zichligi Oynikidek, ya’ni 3,0–3,3 g/cm3 bo‘lib, o‘rtacha zichligi 5,44 g/cm3 ekanligi uning markaziy qismida temir yadrosi yoki





eng kamida silikat jinslar katta bosim ostida metallik holatga o‘tayotganidan da- rak beradi. Planeta juda siyrak atmosferaga ega.

Merkuriyning yo‘ldoshi yo‘q.


Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish