M. Mamadazimov


§. Quyosh aktivligi va uning Yerga ta’siri *



Download 7,58 Mb.
bet33/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


§. Quyosh aktivligi va uning Yerga ta’siri *


Yerda kuzatiladigan ko‘plab fizik va biologik hodisalarning kechishi, xususan, iqlimning o‘zgarishi, xilma-xil kasalliklarning davriy ravishda takrorlanishi, ionosferadagi hodisalar, Yerning magnit maydoni «bo‘ronlari» va kosmonavtlar uchun radiatsiya xavfining tug‘ilishi – bularning hammasiga Quyoshda ro‘y beradigan turli aktiv jarayonlar sababchi ekanligi fanga anchadan buyon ma’lum. Garchi, bu muammo to‘la hal qilinmagan bo‘lsa-da, Quyosh aktivligining Yerda kuzatiladigan, eslatilgan hodisalar bilan aloqadorligini o‘rganish borasida ko‘p yutuqlar qo‘lga kiritilgan.

Bir-biridan deyarli 150 million kilometr uzoqlikda joylashgan bu ikki osmon jismi (aniqrog‘i, Quyosh va uning yo‘ldoshi Yer) orasidagi kechadigan bunday uzviy bog‘lanish qanday tushuntiriladi? Bu katta masofada vositachi rolini nima o‘ynaydi?

Yerda hayotning manbayi Quyosh ekanligi va bunda Quyosh nurlari yori- tuvchi va issiqlik baxsh etuvchi asosiy vositaligi qadimdan ma’lum. Biroq, shu bilan birga, Quyoshning elektromagnit to‘lqinlarining ko‘zga ko‘rinmaydigan qisqa to‘lqinli diapazonlarida ham yetarlicha intensiv nurlanish aniqlangan. Bu nurlar ultrabinafsha, rentgen va gamma-nurlari bo‘lib, Quyoshdagi aktiv hodisalar


bu nurlar intensivligining ortishida asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Quyosh chaqnashlari va eruptiv protuberaneslardagi portlashlar tufayli bu nurlar oqimiga katta energiyali elementar zarrachalar oqimi ham qo‘shiladi. «Quyosh shamoli» deyiluvchi bu oqimning intensivligi Quyosh aktivligining fazasiga mos ravishda o‘zgarib boradi.

Quyoshdan kelayotgan korpuskular zarrachalar, radiatsion nurlar intensiv- ligining bu xilda o‘zgarib turishi Quyoshdagi dog‘lar sonining o‘zgarib turishi bilan bir xilda kechadi. 54-rasmda Quyosh aktivligining oxirgi bir necha o‘n yildagi o‘zgarishi aks ettirilgan. Shubhasiz, Quyosh shamoli Yerga yetib kelgach, turli geofizik hodisalarning, jumladan, magnit bo‘ronlarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Quyosh aktivligi, birinchi navbatda, Yer atmosferasining




W 150

100


50


1700

1710


1720

1730


1740

1750


1760

1770
0




Diagrammaning nisbiy soni
200

150


100

50


1770

1780


1790

1800
0


200

150


100

50


1840

1850


1860

1870


1880

1890


1900

1910
0


200

150


100

50


1910

1920


1930

1940


1950

1960


1970

1980
0



yillar


a


1810

1820


1830

1840


Augsburg (Germaniya) shahrida vabodan o‘lganlar soni

Kasallanganlar soni

1510

1530


1550

1570


1590

1610


1630

1650
b) 1860 1870 1880 1890 1900 1910



yillar




yuqori qatlamlarida «aks sado» berib, chiroyli qutb yog‘dularini vujudga kel- tiradi. Quyosh radiatsiyasi, shuningdek, ionosferaning ionlanish darajasini keskin orttiradi. Bu esa, o‘z navbatida, atmosferaning bu qatlamlarining elektr o‘tkazuvchanligi elektromagnit nurlarni qaytara olish xususiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ba’zan Quyoshdan kelayotgan kuchli korpuskular oqim yuqori kon- sentratsiyali ionosferada qisqa to‘lqinli radionurlarning yutilish darajasini shu qadar orttiradiki, natijada uzoq masofaga qisqa to‘lqinli radiosignallarning uzatilishida bir necha minutali uzilish ro‘y beradi.

Quyosh aktivligi va Yerda ro‘y beradigan epidemik kasalliklar orasidagi bog‘lanishni o‘rganishda rus olimi professor A.L. Chijevskiyning hissasi katta. U keng tarqaladigan o‘lat, vabo, difteriya, qaytalama terlama, bo‘g‘ma kabi epidemik kasalliklarni o‘rganib, ularning boshlanishi, rivojlanishi va tugashi Quyosh aktivligining turli fazalariga mos kelishini aniqladi (55-rasm).

R.P. Bogacheva va V.M. Boyko kabi olimlar esa oxirgi bir necha o‘n yillik davrda poliomiyelit (virusli miya shamollashi) kasalliklari dinamikasini Riga va O‘zbekistonda o‘rganib, bu kasalliklarning avji Quyosh aktivligi davriy kechishiga mos kelishini aniqladilar. Olimlar Quyosh chaqnashining asab va yurak-tomir kasalliklariga ta’sirini o‘rganib, uning asab va yurak xastaligi kasalliklari bilan Quyosh chaqnashi orasida kuchli bog‘lanish mavjudligini topishdi. Biz Quyosh aktivligining Yer iqlimi sharoiti, o‘simliklar biologiyasi va boshqa jarayonlarga ta’siri muammolariga to‘xtalmadik. Biroq tekshirishlar aksariyat Quyosh aktivligi bu jarayonlarda ham o‘z aksini topishini ko‘rsatadi.







  1. Download 7,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish