M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


Tushunchalar va tayanch iboralar



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

Tushunchalar va tayanch iboralar: Geotizim, regionalistika,
integratsiya, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy hamkorlik, madaniy
hamkorlik, jahon siyosati, xalqaro siyosat, xalqaro tashkilotlar, glo­
ballashuv, tendensiya, global muammolar, mintaqalashtirish, xalqaro
hamjamiyat, konsepsiya, demokratik dunyo g'oyasi, geosiyosiy jara­
yonlar, mintaqaviy integratsiya, erkin savdo hududi

bojxona ittifoqi.
2.1. Mintaqaviy siyosatga doir ilmiy yondashuvlar
limning tarixiy rivojlanishi, mintaqaviy jarayonlar tadqiqodla- 
rining kengayishi va chuqurlashishi davomida mavjud bo‘lgan ilmiy 
yondashuvlaming takomillashib, yangi ilmiy yondashuvlar, xususan, 
turli ilmlar doirasida yaratilgan yondashuvlar ishlab chiqiladi. Ulami 
sintez qilish natijasida fundamental tadqiqotlami chuqurlashtirish va 
amaliy tadqiqotlami kengaytirish, mintaqaviy rivojlanishning yanada 
murakkab nazariy va amaliy vazifalarini hal qilish imkonini bemvchi 
yondashuv va usullaming butun bir tizimi shakllanadi.
16


Mintaqalar rivojlanishi borasidagi tadqiqotlaming ilk va shuning- 
dek, eng muhimlaridan biri - makon va zamon yondashuvi hisoblana­
di. Ushbu yondashuv ildizlari XX asrlardayoq vujudga kelgan nemis 
geografik maktabiga borib taqaladi. Uning asoschilari bo‘lib K.Ritter 
va A.Gettner hisoblanib, ular asosiy rol geografiyaga tegishli bo‘lgan 
“makon ilmi”ning asosiy tushunchalarini asoslab berishgan.
XX asming o‘rtalarida makon qonun-qoidalari borasidagi qidiruv- 
lami ko‘plab xorijiy olimlar: V.Kristaller, A.Lesh, R.Xarshton va 
boshqalar olib borishgan. Makon haqidagi fikrlami rivojlantirish bi­
lan, R.Xarshton “vaqt”, zamon va makon paradigmasining asoslari” 
tushunchasini kiritdi.
Iqtisodchi olim B.B.Rodoman obyektlaming geomakonda harakat 
qilishining pozitsion tamoyilini shakllantirdi, unga asosan, mintaqa- 
laming iqtisodiy rivojlanish darajasi ko‘p hollarda ulaming ishlab 
chiqarish, ilm, madaniyat markazlariga nisbatan joylashgan o‘m i bi­
lan aniqlanadi.
Inson hayot faoliyatining uni o‘rab turgan tabiat va ijtimoiy-iq- 
tisodiy muhit bilan uzluksiz zamon va makon jihatdan tashkil etili- 
shi haqidagi fikr Shvetsiyadagi Lund maktabining nazariyasi asosiga 
qo'yilgan (rahbar prof. T.Xagerstrand). Ushbu nazariyaga asosan, in- 
dividiumlarning bir-biri bilan, shuningdek, mehnat predmet va qu- 
rollari bilan aloqasi hayot faoliyatining sutkalik sikli, chegaralangan 
atrof-muhit va mikromakon darajasida amalga oshadi.
Zamon va makon tashkiloti insonlar va tabiatning birligi yoki ij- 
timoiy-geografik makonning birligiga asoslanadi. Inson birliklari va 
alohida individium maqsad va manfaatlarining hamjihatligiga ichki 
qarama-qarshiliklaming: ideologik, siyosiy, diniy, ekologik, ijtimoiy- 
iqtisodiy va boshqalaming yengilishi natijasida erishiladi. Bulaming 
har birini yengish ko‘plab qiyinchiliklar bilan o‘tib, kutilmagan nati- 
jalarga olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy-geografik makonning ijtimoiy va geografik tarkiblari 
o ‘rtasida ham katta qarama-qarshiliklar mavjud. Bunga butunning 
har qanday qismi o‘z qonun-qoidalariga asosan rivojlanishi sababdir. 
Ijtimoiy qism tabiiy, geografik qismga nisbatan^adalnQfl o‘zgaradi. 
Mazkur qarama-qarshilikning keng.
17


Ijtimoiy-geografik makon differensiyaga, ya’ni «o‘z» makonining 
xususiyat va parametrini saqlab qoluvchi tuzilmalarga: etnik, iqti­
sodiy, siyosiy makon birliklari bo‘linishga uchragandir.
Mintaqaviylashuvga bo‘lgan yana bir muhim ilmiy yondashuv -
genetik yondashuv hisoblanadi. Bu yondashuv mintaqaviy tizimlar, 
ya’ni tarixiy rivojlanish jarayonidagi ijtimoiy-geografik maydonning 
genezis va evolyutsiyasini namoyon qilish imkonini beradi. Bunday 
yondashuv uning zamonaviy ahvolining o‘ziga xos jihatlarini tushun- 
tirish, rivojlanish istiqbollarini belgilab olishga yordam beradi. Umu­
miy genetik yondashuvning bir turi bo‘lib etnogenetik yondashuv hi­
soblanadi va bu yondashuv o ‘rganilayotgan jamiyatdagi etnos muno- 
sabatlarining xarakterini, shuningdek, aniq etnik birliklarga nisbatan 
«inson-tabiat» munosabatini aniqlab berish, milliy muammolaming 
yechimini topish imkonini beradi. Genetik yondashuv o‘rganilayotgan 
obyektlaming rivojlanish yo‘llarini namoyon qilish, mintaqaviy rivoj­
lanish istiqbollarini asoslash, muqobil variantlar orasidan eng maqbul 
yo‘llami tanlashda juda muhim o ‘rin egallaydi.
Zamonaviy mintaqaviy tadqiqodlarda geotizimli yondashuv keng 
ishlatiladi. Bu yondashuv oddiyroq, organik jihatdan o‘zaro b o g iiq
bo‘lgan obyektlardan tuzilgan murakkab obyektlaming tuzilishini 
nisbatan chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Bunday aloqador- 
liklar vertikal, ya’ni bir obyekt tarkibiy qismi orasidagi aloqa bilan 
(masalan, landshaftda-relyef, tuproq, o ‘simliklar orasida; shaharda 
ishlab chiqarish, aholi, infratuzilma orasida), gorizontal, ya’ni tabi­
iy va ijtimoiy obyektlami o‘zaro bog‘lovchi aloqalar bilan bo‘lishi 
mumkin. Sababli aloqadorliklami namoyon bo‘lishi va tahlili asosida 
obyektning kelib chiqishi va ahvoli borasidagi xulosalar chiqariladi.
Geotizimga yaxlit tuzulmalar, faoliyati ulaming hududdagi (may- 
dondagi) o ‘miga va o ‘rab turgan tabiiy muhitga bog‘liq bo‘lgan 
ko‘plab o ‘zaro aloqador elementlar tegishlidir. «Geotizim» tushun­
chasi maydon obyektlarining (hududiy, ekvotorial, oyeroterial), 
tabiiy-hududiy va hududiy-ishlab chiqarish komplekslaming eng 
keng doirasini anglatish uchun qo‘llaniladi. Ushbu tushuncha, shu­
ningdek, ekologik-ijtimoiy-iqtisodiy birliklami ko‘rib chiqishda ham 
qo‘llaniladi.
18


“C’hiqish” va “Kirish” aloqasi xarakteri bo‘yicha geotizim- 
lar yopiq, ochiq va izolatsiyalangan turlarga bo‘linadi. Ochiq geo- 
(i/.imlarda atrof-muhit bilan keng tarzdagi almashinuv o ‘rin egal- 
laydi; yopiq geotizimlarda faqatgina massa bilan almashinuv yuzaga 
chiqadi, ammo energiya bilan emas; izolatsiyalangan geotizimlarda 
esa massaning ham, energiyaning ham quyilish va oqib chiqishi 
ho'lmaydi. Geotizimning tashqi omillarga ta’sir qila olish qobiliyati, 
uni boshqara olish mumkin degan xulosaga kelishga imkon beradi. 
liosliqariladigan geotizimning o‘zgarish tezligi va doirasiga ko‘ra, 
geoti/.im optimal, keskin va halokatli bo‘lishi mumkin6.
Optimal holatda geotizim doimiy ravishda, qonun-qoidalar- 
iting hech qanday buzilishisiz rivojlanishi ta’minlanadi. Buzg‘unchi 
tit'sirlar natijasida kelib chiqqan optimal holatdan chekinish geo- 
ti/mming keskin holatga kelishiga olib keladi. Geotizim strukturasi- 
niug 
I n s l u p
impulslar natijasida shiddatli o‘zgarishiga halokat sifatida 
(jftmlitdi.
(ieoti/imli yoiulnshuv bilan birgalikda mintaqaviylashuvda, shu- 
ningtlck, qtiyln ishlab ehiqamvchi yondashuv ham qo‘llaniladi. Ush- 
bu yniultwhuv yaxlit mintaqaviy tizimlarni ichki element (tizimosti) 
laming o'zaro bog'liq birikuvlari sifatida o‘rganishni nazarda tuta- 
di. Shuning bilan birgalikda, mintaqaviy qayta ishlab chiqarish ja- 
ruyonlaridagi tadqiqodlami o‘rab turgan tabiiy muhit bilan yaqin 
hogMiqliMa, o ‘zaro bog‘liq mintaqaviy tizimlar rivoji bilan muvo- 
liqlashtirgan holda olib borish zarur. Qayta ishlab chiqarish yon- 
dashuvi mintaqaviy darajadagi iqtisodiy qonuniyatlarni o ‘rganishda 
mtihiin o ‘rin egallaydi.
/iimonaviy sharoitlarda mintaqaviy tadqiqodlar va mintaqaviy 
«iyosal muammoviy yondashuv dolzarbligini yanada oshirmoqda. 
Ushbu yondashuvning mohiyati muammo-zamon va makon rivojla- 
nishida qarama-qarshilikning mujassamlashgan ifodasi tushunchasidan 
iborat. Mantiq, metodologiya, psixologiya, kibernetika, pedagogika 
to'qnashganda hozirgi paytda ilmning yangi sohasi-muammoning

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish