M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


 Mintaqaviy integratsion birlashmalar



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

6.2. Mintaqaviy integratsion birlashmalar
Integratsiya milliy iqtisodiyotlaming sifat jihatidan yangi sharoit- 
larga ega bo‘lishi va mamlakat taraqqiyoti imkoniyatlarini kengayti- 
rish maqsadida, ixtiyoriy ravishda birlashish, bir-birlariga o‘zaro ta’sir 
etishi jarayonidir. Integratsiya hamkorlik, iqtisodiy siyosatda ustuvor 
yo‘nalish deb, ishlab chiqarish rivojlanishini belgilagan mamlakat­
lar o ‘rtasida, asosan, ishlab chiqarish sohasida yuz beradi va bu jara- 
yonni amalga oshirish maqsadida mamlakatlar qator chora-tadbirlami 
qo‘llaydilar. Mazkur borada Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi-Yevropa 
Ittifoqi namuna bo‘lib xizmat qiladi. Uning integratsiya sohasidagi 
tajribasini boshqa mintaqalarda ham qo‘llash mumkin.
Hozirgi paytda dunyodagi ko‘plab integratsiya assotsiatsiyalari 
Yel tajribasiga amal qilgan holda integratsiyaning besh pog‘onasiga 
asoslanib ish olib bormoqdalar. Endilikda faqat pog‘onali integratsiya 
modeliga asoslangan erkin savdo mintaqalari (Lotin Amerika erkin 
savdo assotsiatsiyasi) yoki (G‘arbiy Afrika bojxona ittifoqi va Marka­
ziy Afrika iqtisodiy-bojxona ittofoqi) bilan bir qatorda iqtisodiy ittifoq- 
lar ham tashkil etila boshladi (EKOVAS-1975 y.).
71


Umuman, integratsion jarayon-bu globalizatsiyaning davomi 
bo‘lib, shuni eslatib o‘tish kerakki, bu jarayon bir nechta qatnashchi 
davlatlarni biriashtiradi. Nodavlat aktorlar esa, odatda, integratsion 
jarayonlaming ishtirokchisiga aylana olmaydilar va pereferiyada qola- 
dilar. Bu jarayonda u yoki bu mamlakat davlatlararo bitimni imzola- 
gandan keyin integratsiya qatnashchisiga aylanadi.
Integratsiyaning ahamiyatli tomonlari shundan iboratki, bu jara­
yonda davlatlar o‘rtasida turli sohalarda, turli shakllarda hamkorliklar 
amalga oshiriladi. P.A. Sigankovning tadqiqotlariga ko‘ra, integratsi­
yaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
• siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy (ya’ni predmetiga ko‘ra);
• global, mintaqaviy, submintaqaviy integratsiya (geografik joyla- 
shuviga ko‘ra).
Shu bilan birga, boshqa bir muallif K.Voronov shuni ta’kidlaydiki, 
hamkorlik va integratsiya jarayon ishtirokchilari soni ortishi bilan 
“kengayishi”, shuningdek shu ishtirokchilaming turli sohalarda olib 
borayotgan o‘zaro hamkorliklari natijasida “chuqurlashishi” mumkin.
Davlatlararo hamkorlik amaliyoti anchadan buyon mavjud. Lekin 
XX asming ikkinchi yarmidan davlatlararo hamkorlik keng ko‘lamda 
doimiy shaklga ega b o ia boshladi. Bu hamkorlikning intensivligi, 
uning sohalarini kengayishi va integratsion jarayonlaming rivojlani­
shi bilan bogiiq. Bulaming barchasi davlatlararo institutlami vu­
judga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun integratsiyani xarakter- 
laydigan muhim jihatlardan biri-bu davlatlararo o‘zaro munosabatlar 
mexanizmi, boshqa so‘z bilan aytganda, hamkorlikni institutlashti- 
rish yaratildi. Bu borada integratsiya, birinchi navbatda, davlatlararo 
mexanizmlami shakllantirish maqsadida qarorlar qabul qilinadigan 
hukumatlararo uyushma bilan bog‘liq. Integratsion jarayonlar birga- 
likdagi institutsional harakatlar orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, 
integratsiyaga ikki hil yondashish mumkin: birinchi si “jarayon” sifa­
tida, ikkinchisi-“davlatlaming o‘zaro munosabatlari natijasi” sifatida 
qarash mumkin.
Mamlakatlami integratsiyaga nima jalb etadi? Birinchi navbatda 
umumiy muammolaming mavjudligi, ya’ni birgalikda harakat qilinsa 
yechilishi oson kechadigan muammolaming mavjudligi.
72


XX asming oxiri XXI asming boshida dunyoning tez sur’atlar bilan 
rivojlanishi xalqaro aloqalaming kuchayishiga, ayniqsa, iqtisodiy so- 
hada dunyoning uzviy bog‘liqligiga olib keldi va buning natijasida in­
tegratsion jarayonlar va turli hukumatlararo uyushmalar paydo bo‘ldi.
Mamlakatlaming integratsion jarayonlarga bo‘lgan qiziqishi- 
ning yana bir sababi, “katta” va “kichik” mamlakatlaming manfaat­
lari, ya’ni mamlakatlararo ta ’siri ortdi. Bu mamlakatlar uchun dav­
latlararo jarayonlarga yolg‘iz ta’sir etishdan ko‘ra birlashgan holda 
ta’sir ko‘rsatish osonroqdir. Masalan, tadqiqotchi Yu.A. Borkoning 
ko‘rsatishicha, Yevropa hamjamiyatining boshlang‘ich bosqichida 
3 ta “kichik” va 3 ta “katta” davlat bo‘lsa, 1973-yilda 5 ta “kichik” 
va 4 ta “katta”, 1980-yilga kelib 8 ta va 4 ta, 1990-yilda esa 11 ta 
“kichik” va 4 ta “katta” davlat bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki ulardan 
11 tasi “kichik” davlat hisoblanadi. Davlatlar xalqaro tashkilotlarga 
qo‘shilayotganda rasman bir qator funksiyalarini yo‘qotadi va shu bi­
lan birga, boshqa bir qator qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘ladi. Bu 
funksiyalar “kichik” davlatlar uchun juda muhim hisoblanadi.
Nazariy jihatdan integratsion jarayonlar XX asming o ‘rtalaridan 
ko‘zga tashlana boshladi va bir necha nazariy maktablar-funksional- 
izm/neofunksionalizm va federalizmni tanqidiga uchradi.
Funksionalizm maktabi otasi bo‘lmish Devid Mitrani 1943-yilda 
“Dunyo va xalqaro tashkilotlaming funksional rivoji” nomli asa- 
rini chop ettirdi. Bu asarda Millatlar Ligasi tashkiloti nima sabab- 
dan parchalangani tahlil qilingan va integratsion jarayonlami siyosiy 
sohadan boshlamaslik kerakligi haqida xulosalar keltirilgan. Chunki 
bunday holatda har qanday davlat ham o 'z suverenitetidan tashvish- 
ga tushadi. D.Mitrani integratsion jarayonlami iqtisodiy, ijtimoiy va 
ilmiy-texnikaviy sohalardan boshlashga e’tiborini qaratadi, siyosiy 
integratsiya esa rejaning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi.
Bugungi kunga qadar iqtisodiy integratsiya jarayoni ko‘pgina 
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganib chiqildi va bu jarayon quyidagi 
qat’iy bir necha pog‘onadan iboratligi ta’kidlandi:
1. 
Erkin savdo mintaqasini yaratish va bu mintaqada qatnashchi 
davlatlar bojxona to‘siqlarini va savdodagi miqdoriy cheklovlami 
olib tashlaydilar.
73


2. Bojxona ittifoqini rivojlantirish. Bu bosqichda tovarlar va xiz- 
matlar yagona bojxona tarifi bo‘yicha harakatlanadi.
3. Uchinchi bosqich umumiy bozomi shakllantirishdan iborat 
bo‘lib, bu bosqichda davlatlararo to‘siqlar tugatilishi, nafaqat o ‘zaro 
savdo, balki ishchi kuchi va kapital ham bemalol harakatlanishi 
nazarda tutiladi. Bu bosqichda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari 
va yo‘nalishlarini rivojlantirish siyosati integratsiyaning barcha 
ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, umumiy 
fondlar shakllana boshlaydi va bu fondlar integratsion birlashmaning 
qoloqroq qismlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
4. Iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyutani 
yaratish.
5. Oxirgi bosqich siyosiy integratsiya bo ‘lib, umumiy siyosiy 
institutlar shakllantiriladi. Bu bosqich birgalikda tashqi siyosat olib 
borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda 
mudofaa siyosatini ham olib borish y o ii bilan xalqaro sohada o ‘ziga 
xos birxillikni qaror toptirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiy integratsiyaning obyektiv xususiyatlari davlat va davlat­
lararo tashkilotlar tomonidan milliy iqtisodiyoti chetdan boshqariladi, 
degan m a’noni anglatmaydi. Hududiy integratsion komplekslami 
shakllantirish shartnomali-huquqiy bazaga ega. Bir qator mamlakat­
lar guruhi o‘zaro kelishgan holda mintaqaviy davlatlararo komp- 
leksga birlashadilar hamda o ‘zaro hamkorlikda ijtimoiy-siyosiy va 
xo‘jalik hayotida teng ravishda hududiy siyosat yuritadilar. Jum­
ladan, G ‘arbiy Yevropada-YeH va Shimoliy Amerikada-NAFTA, 
Osiyo-Tinch Okeani hududida Tinch okean hamjamiyati mavjuddir.
Tarixan ancha barqarorlashgan integratsion jarayonlar G ‘arbiy 
Yevropada yuzaga kelgan bo‘lib, XX asming ikkinchi yarmida bu­
tun bir hududda yagona xo‘jalik makoni tashkil etildiki, uning doira­
sida qayta tiklanishning umumiy shart-sharoitlari shakllandi va uni 
boshqarish mexanizmi yaratildi. G ‘arbiy Yevropa integratsiya mex- 
anizmining muhim qismiaridan biri-tizimii, tarmoqli va mintaqaviy 
siyosatni birlashib o‘tkazishdir. Shuni aytish kerakki, milliy boshqa­
rish uncha raqobatga bardoshli bo‘lmagan tarmoqlarda va qoloq 
hududlarda ishlatiladi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish