M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

elita doimo mamlakat
hayotida 
muhim ahamiyat kasb etuvchi siyosiy qarorlami ochiq va yopiq ra- 
vishda qabul qilishda yetakchi o‘rinni saqlab qolishga harakat qil- 
ishlarini ta ’kidlash o ‘rinli. Ular davlat va kishilar nomidan “hayotiy 
muhim milliy manfaatlar”ni shakllantiradilar, mamlakat milliy xavf­
sizligini ta’minlashda mas’ul hisoblanadilar. Shu bois, har bir davlat 
ichki va tashqi siyosatini o ‘rganishda, uni tahlil etishda qaysi ijtimoiy 
guruh hukmron mavqelami egallab turganliklarini inobatga olish 
kerak bo‘ladi. AQSH siyosiy elitasi ko‘pchiligini neokonservatorlar 
tashkil etib, bu davrda hukumatdagi muhim boshqaruv martabalariga 
ham ko‘tarilgan edi.
Neokonservatorlardan P.Vulfovis Iroqqa qarshi qurolli harakatlar- 
ni 11-sentabrdan to‘rt kun o ‘tiboq, hech qanday asoslami keltirma- 
gan holda yoqlab chiqqan edi. Vulfovis Iroq haqida faqatgina kitob- 
lar orqali tanishgan bo‘lsa-da, uni Iroq 1979-yildayoq tashvishlantira 
boshlaganini ta’kidlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, neokonservator- 
laming o‘n yillar davomidagi muhokamalarida Iroq, Eron, Suriya 
kabi davlatlar yetakchi o ‘rin egallagan bir vaqtda, 11-sentabr vo- 
qealari bu davlatlarga nisbatan keskin siyosatning kuchayishiga sabab 
bo‘lolmaydi.
180


Yaqin Sharq bo‘yicha amerikalik ekspert J.Kempning ta’kidlashi­
cha, Bush hukumati 2002-yil boshlaridayoq Afg‘onistondan keyingi 
harbiy harakatlar obyekti Iroq bo‘lishi haqida va 2005-yilgacha 
S.Husayn tuzumi ag‘darilishi to‘g‘risida qaror qabul qilib bo‘lingan, 
Garchi AQSH energetika resurslari importinmg 17,6 foizi Yaqin 
Sharq mintaqasiga va 41,3 foizi Kanada, Meksika va Venesuela his- 
sasiga to‘g‘ri kelsa-da, Federal rezerv sistemasining sobiq rahbari 
Alan Grinspen (Alan Greyenspan) va senator Jon Makkeyn (John 
McCain) tan olishicha, Iroq urushi neft tufayli boshlandi. Grinspen 
o ‘z memuarlarida yozishicha “Iroq urushi asosan neft tufayli olib 
borilgan”. Ushbu holatni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 
quyidagi so‘zlari bilan ifodalash mumkin: “ ...kimda-kim neft va gaz 
zaxiralariga hukmronlik qilsa, dunyoga hukmron bo‘lishi mumkin 
degan qarashlar kuchayib bormoqda. Va aksincha - kimdaki shunday 
resurslar bo‘lmasa, neft-gaz, umuman, uglevodorod xomashyosiga 
ega boshqa davlatlarga nisbatan turli harakatlar ham sodir bo‘layapti. 
Chunki qudratli davlatlar yaxshi biladiki, mana shunday boylik kim- 
ning qo‘lida bo‘lsa, u boshqalarni o ‘z ta’siriga olishning kaliti, vosi- 
tasi bo‘lib xizmat qiladi”.
Hukumatdagi neokonservatorlar o ‘zlarining konseptual prinsipla- 
rida avvalo o‘z siyosiy maqsadlarini oldindan tayyorlashlari, keyin 
esa ulami amalga oshirish uchun yetarli fakt va dalillar qidirishga ha- 
rakat qilayotganligini ta’kidlash kerak.
2003-yil martdagi Iroqqa boshlangan harbiy harakatlaming birin­
chi yutuqlari kutulgandek boshlangan bo‘lsa-da, operatsiyaning ikkin- 
chi qismi, y a’ni Iroq xavfsizligini ta’minlash, neft qazish va tashish 
xavfsizligi hamda uning ustidan nazorat, konfessiyaviy muvozanat 
kabi masalalarda ijobiy natijalarga erishilmayotganligini kuzatish 
mumkin.
Iroq muammosining kuch bilan hal etilishini ham neokonserva­
torlar, ham demokrat liberallar birdek yoqlaganligini I.Shumilin 
quyidagicha izohlaydi: «Bunday umumxalq konsensusi uchun Iroq 
tuzumi quyidagi tahdidlarni keltirardi: a) AQSH xavfsizligiga; 
b) AQSHning Yaqin Sharqdagi manfaatlariga (Falastin - Isroil majo- 
rasining istiqbolli hal etilishi, Fors ko‘rfazi monarxiyaviy tuzumlar
181


barqarorligi). Bundan tashqari, AQSHning Iroq ustidan nazorati Suriya 
va Eron uchun tashqi qurshovga olinish quroli bo‘lishi mumkin. Iroq- 
da Amerika harbiy kuchlarining mavjudligi bu davlatlar tuzumlari 
uchun muhim bosim o ‘tkazish richagi bo‘lishi mumkin». Rossiyalik 
tadqiqotchi A.Arbatovning fikricha, Vashingtonning asosiy maqsadi 
mintaqada AQSH uchun ustun bo‘lgan amerikaparast tuzumni va 
Eronga qarshi mintaqaviy harbiy-siyosiy kuchni tashkil etish edi. 
Bundan tashqari, AQSH Saudiya Arabistoniga qaramliligini kamay- 
tirish va OPEKni kuchsizlantirishni maqsad qilgan edi. S.Husayn 
tuzumida OQQ yo‘q ekanligi tushuntirilayotgan bir davrda Bush 
hukumati Iroq urushini oqlashga harakat qila boshladi va erkinlik, 
demokratiya uchun kurash terrorizmga qarshi kurash urushida asosiy 
qurol sifatida qo‘yila boshlandi. Lekin demokratiya to‘g ‘risidagi id- 
daolar AQSH gegemonligini keng yoyishning niqobi sifatida namo- 
yon bo‘lmoqda. 0 ‘tgan o ‘n yillikdagi hech bir voqea, 11-sentabr vo- 
qealaridan tashqari, AQSHning dunyodagi mavqeyiga salbiy natijalar 
olib kelmadi. Ko‘pchilikning Iroqdagi holati-chi degan fikriga kelsak, 
AQSHning Yaqin Sharqdagi va boshqa joylardagi harbiy harakatlari 
natijalari strategik konfiguratsiyaning fundamental o‘zgarishlariga 
sabab bo‘lmadi, deya ta’kidlaydi R.Kagan.
AQSHning Yaqin Sharqdagi geostrategiyasining yana bir muhim 
yo‘nalishi-mintaqadagi manfaatlari xavfsizligiga bo‘ladigan tahdid- 
lami bartaraf etish muammosidir. Bu bevosita terrorizm, yadroviy 
tahdidlar bilan bog‘liq .
2000-yiidagi saylov kampaniyalari davomida J.Bush AQSHning 
boshqa davlatlaming milliy davlatchilik qurish jarayonida ishtirok 
etishini va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi. 0 ‘sha vaqtda AQSH 
tashqi siyosati masalalari bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimida 
bo‘lgan K.Rays (2000-yilda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi 
lavozimiga o ‘tgan) yangi respublikachilar ma’muriyatimng xavfsiz­
lik doirasidagi muhim vazifalarini belgilab o ‘tgan edi: “Vazminlik 
siyosati (deterrence), Amerika manfaatlarining muhofazasi uchun 
kuchlami shakllantirish, erkin savdo va iqtisodiy o‘sishni qoilab- 
quvvatlash, ittifoqchilar bilan munosabatlami mustahkamlash, dun- 
yoning yirik davlatlari bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish
182


(Rossiya va Xitoy misolida) va ommaviy qirg‘in qurollarini yara- 
tishga qodir davlatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish”.
Neokonservatorlar nuqtayi nazariga ko‘ra, yadroviy qurolga ega 
bo‘lishdan ko‘ra unga ega bo‘lgan tuzumning demokratik ekanligi va 
AQSHga nisbatan do‘stona xarakterga ega ekanligi muhimdir. Shu- 
ning uchun tuzumni o‘zgartirish zaruratini taqozo etadi. Demokrati- 
yani o‘matish maqsadida tuzumni o ‘zgartirish, neokonservatorlar 
fikricha, terrorizm tahdidini bartaraf etishning universal vositasidir.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish