tashkil etadi.
Ular bilan birgalikda, qisman ilmiy, maxsus metodlar
yaratilgan. Agar umumilmiy metodlardan barcha ilmlarda foydalanil-
sa, ikkinchilaridan-faqatgina aniq ilmiy sohalarda foydalanilgan.
Mintaqaviy siyosatni ilmiy asoslash uchun umumilmiy metodlar bi
lan birgalikda xususiy metodlar ham ishlatiladi. Foydalanilayotgan
metodlar majmuasi naqadar keng bo‘lsa,
tadqiqot obyekti va pred-
metini bilish shunchalik chuqur, qabul qilinadigan qarorlar shuncha-
lik asoslangan bo‘ladi.
Q i y o s i y - g e o g r a f i k
metodlar majmui mintaqaviy tadqiqodlar-
da keng tarzda qo‘llaniladi. Qiyoslash-bu bilish obyektlarining
o ‘xshashlik va farqlarini o ‘matilishidir. Yetarlicha ko‘p sonli obyekt-
lar qiyoslanuvchi belgilar mavjudligida tasniflash amalga oshiriladi.
• obyektlar mavjudligida-obyektlaming
bir guruh, tur, turosti,
sinfga birlashishi amalga oshiriladi.
• obyektlaming turlarga bo‘lish natijasida boshqa obyektlami qi-
yoslash mumkin bo‘lgan etalonlaming ajralib chiqish imkoni vujudga
keladi. Etalonlaming metodi-qiyosiy-geografikmetodning bir turi hi
soblanadi.
Inson hayot faoliyati barcha vositalarining yaqin o‘zaro aloqador-
ligi va o‘zaro katta ta’siri obyektlami u yoki bu belgilariga asosan tas-
niflashni qiyinlashtiradi. Bu holatlarda analogiya metodi qo‘llaniladi.
Uning mohiyati bir mintaqaviy qismni boshqa bir, shunga o ‘xshash
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi qismlar bilan qiyoslashdan
iborat. Ko‘pincha ushbu metod o‘zlashtirib bo‘lingan hududlar tajri-
basi bilan qiyoslash asosida yangi o‘zlashtiriluvchi mintaqalar rivoj
lanish strategiyasi, tanlash uchun qo‘llaniladi.
Statistik metod statistik ma’lumotlami,
sohaviy va mintaqaviy
m a' I u mot 1 ar bankini qo ‘ llashga asoslanadi. U yig ‘ ilgan ma’ lumotlami,
ma’lumotlaming tizimlashtirilishini, obyekt holatiga ta’sir qiluvchi
omillarga miqdoriy xarakteristika berish,
obyektlami aniq miqdoriy
va silat xarateristikalari bo‘yicha o‘zaro qiyoslash imkonini beradi.
Stnlistik metod doirasida quyidagi metodlar qo‘llaniladi: o‘rtacha
katlalikni aniqlash metodi, dispers tahlil metodi, qiyosiy metod,
koirolyatsion-rcgression tahlil, balans metodi.
21
Mintaqaviylashuv mintaqaviy tadqiqot metodlari orasida nisbatan
kech yuzaga kelgan metod, bu siklik metod hisoblanadi. Uning yor
damida mintaqa ishlab
chiqariluvchi jarayonlaming, xomashyodan
va energiyadan boshlab tayyor mahsulotgacha, texnologik ketma-
ketligini aniqlash mumkin8.
Mintaqaning ishlab chiqarish jarayonini tahlil va bashorat qi
lish, uning iqtisodiyotini keyinehalik
eng muhim umumiqtisodiy
ko‘rsatkichlar dinamikasiga chiqishni diagnostika qilishda “chiqim
chiqarish” metodi yoki mintaqaviy sohalararo balansni ishlab chiqa
rish metodi qo‘llaniladi.
Mintaqalar rivojining qisqa muddatli va uzoq muddatli bashoratini
yoki istiqbolini ishlab chiqishda, turli xil gipotezalar rivojining ehti-
molli yo‘llarini ilgari surish va tahlil qilishda modellashtirish metodi,
shu jumladan, matematik va mantiqiy modellashtirish qo‘llaniladi9.
Matematik modeller shakllantiruvchi metodlar sirasiga,
mantiqiy
modellar esa-shakllanmaydigan metodlar sirasiga kiradi, chunki ular
verbal modellar-timsol, definisiya va boshqalar, grafik modellar-blok
va kartografik modellar-azero va kosmik suratlarga asoslanadi.
Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojining uzoq muddatli prognoz-
laming ishlab chi qilishi bilan dasturiy-maqsadiy metod ham bog‘liq
hisoblanadi. Bu metod ushbu rivojlanishning maqsadlarini shakllan
tirish, ulaming maqsadostilarga bo‘linish, kelishilgan holda amalga
oshirilishi uchun kerakli bo‘lgan resurslami
aniqlanishiga asoslan-
gan. Mintaqa rivojlanishining maqsadli majmuaviy dasturi ishlab
chiqilmoqda.
K o‘rib chiqilgan mintaqaviy tadqiqot metodlarining har biri min
taqaviy siyosatning aniq vazifalarini hal etish uchun qo‘llaniladi.
Shunday qilib, mintaqalami o ‘rganishdagi ilmiy yondashuv va
metodlaming xilma-xilligi mintaqalar haqidagi fanda plyuralizmning
ortishidan darak beradi. Ilmiy tadqiqot natijalari mintaqaviy qurilish
amaliyotiga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatib bormoqda, xalqaro tajriba
о ‘mining ahamiyati oshmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: