4- §. Kuchlanishlar to‘g‘risida tushuncha
Kesish usuli yordamida qurilgan ichki kuchlar epyurasidan
foydalanib sterjenning har bir kesimida hosil bo‘ladigan ichki
kuchlarning absolyut miqdorini aniqlash mumkin. Ammo, har bir
absolyut kattalik kabi ichki kuch kattaligi ham hodisani to‘liq
baholashga me’yor bo‘laolmaydi. Masalan, temir yo‘l ko‘prigi fermasi
sterjenida hosil bo‘luvchi bo‘ylama
kuch N=5tk, material
mustahkamligi nuqtai nazaridan juda ham kichik bo‘lishi, ammo shu
kuch ingichkaroq po‘lat trosni muqarrar buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun materiallar mustahkamligini baholaganda nisbiy
kattaliklar ishlatiladi va ular materiallar qarshiligida kuchlanish deb
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |