M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov



Download 8,62 Mb.
bet10/47
Sana20.06.2022
Hajmi8,62 Mb.
#684045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to\'plami

5-§. Taqvimlar


Hayotda katta vaqt oraliqlarini o‘lchashda taqvimlardan foydalaniladi. Demak, uzoq muddatni vaqtning o‘lchamlari (sutka, hafta, oy va yillar) bo‘yicha tizimga solish taqvim deyiladi. Taqvim tuzishda Oy fazalarining almashinish davri yoki yil fasllarining almashinish davri (tropik yil) asos qilib olinadi. Oy fazalarining almashinish davri (sinodik davr) asos qilib olingan taqvimlar Oy taqvimi deb, yil fasllarining almashinish davri asos qilib olinganlari esa Quyosh taqvimlari deb yuritiladi.
Oy fazalarining almashinish davri, ya’ni sinodik oy (bu Oyning Yer atrofini bir marta to‘la aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt) 29,53 sutkaga, yil fasllarining almashinish davri, ya’ni tropik yil (bu Yerning Quyosh atrofini bir marta to‘la aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt) esa 365,2422 sutkaga teng bo‘lib, bular butun sutkalarda ifodalana olmasligi taqvimlar tuzishni ancha mukammallashtiradi. Chunki taqvim oyi ham yili ham amalda butun sutkalarda ifodalashni talab etadi.
Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi davomida har xil va turdagi taqvimlar yaratilgan. Bu taqvimlar qanday ko‘rinishda ega bo‘lishidan qat’iy nazar ular Oy, Quyosh yoki Oy-Quyosh taqvimlari bo‘lgan, demak, taqvimlar 3 xil bo‘ladi.
Oy taqvimi. Birinchi oy taqvimi miloddan avvalgi 2500-yillarda qadim Vavilonda paydo bo‘lgan. Yetti kunlik hafta ham o‘sha paytlarda yulduzlar fonida harakatlanadigan yettita osmon jismi (Quyosh, Oy va 5 ta sayyora) soniga teng qilib joriy qilindi. Bu osmon jismlari ilohiylashtirilib, haftaning bittadan kuni ularga bag‘ishlandi.
Keyinchalik musulmonlar taqvimi deb ataladigan oy taqvimi shakllandi. Ko‘pgina Osiyo mamlakatlarida qo‘llaniladigan bu taqvim yilining uzunligi 354 sutka bo‘lib, u 12 oyga (bir taqvim yilninig 12 oyga bo‘linishiga sabab, Yer Quyosh atrofini bir marta to‘la aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt ichida Oy Yer atrofini 12 marta to‘la aylanib chiqadi) taqsimlangan.
Unda oylar 29 va 30 kundan alamshinib o‘rtacha oy fazalarining alamshinish davri 29,5 kunga teng bo‘ladi. Uning oylari osmonda yangi oy ko‘rinishi bilan boshlanadi. Taqvim oylari oy fazalariga mos kelishi uchun musulmonlar taqvimida ba’zi yillar 355 sutka qilib olinadi.
Bu taqvim yilining uzunligi biz ishlatadigan grigorian taqvimi (bu taqvim milodiy taqvim deb ham yuritiladi va Rim papasi Grigoriy XIII sharafiga qo‘yilgan) yilidan o‘rtacha 11 sutkaga kaltaligidan har yili uning yangi yili taxminan, 11 sutka oldin keladi (shu sabab Ramazon oyi bizga har yili 11 sutka oldin keladi) va natijada 33 yilda bir yilga ilgarilab ketadi.
Boshqacha aytganda oy kalendari bo‘yicha 34 yil o‘tadi (demak, grigorian taqvimi joriy etilgan mamlakatlarda 33 yoshga to‘lgan kishi Oy taqvimi hisobida 34 yoshga to‘lgan bo‘ladi).
Ushbu taqvim erasi Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga ko‘chgan yilining boshidan boshlanib, u milodiy taqvim bo‘yicha 622-yilning 16-iyuliga to‘g‘ri keladi.
Musulmonlarning bu taqvimlari hijriy, to‘la qilib aytganda oy-hijriy yoki qamariy-hijriy taqvim deb ataladi (hijriy taqvim deyilishiga sabab, “hijratun” – arabchadan ko‘chib o‘tish degan ma’noni beradi).
Bu taqvimning 12 oyi quyidagi nomlar bilan yuritiladi.

  1. Muharram

  2. Safar

  3. Rubi-ul-avval

  4. Rubi-as-soni

  5. Jumadal-ulya

  6. Jumadal-oxira

  1. Rajab

  2. Sha’bon

  3. Ramadon

  4. Shavval

  5. Zul-qa’da

  6. Zuj-hijja.

Mazkur taqvim bo‘yicha yangi 1429-yilning 1-muharrami 2008-yilning 3-mart dushanba kuni kiradi (demak, oy hijriy taqvimida yangi yil 3-martda nishonlanadi).

Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish