22
tarkibiy qismi deb qaralishi lozimligini alohida e`tirof etadi.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, o`qituvchi - tarbiyachi pedagogik mahoratining
shakllanishiga muayyan tarzda ta`sir etuvchi omillar mavjud. Bu omillarni e`tiborga
olmaslik kasbiy pedagogik mohirlikning tarkib topishini qiyinlashtiradi. Ularni
inobatga olish esa, o`qituvchi mahoratining pedagogik va psixologik funktsiyalarini
rivojlanishini, uning madaniy - tarixiy xususiyatini oshirishini ta`minlaydi.
Pedagogik nazariya va amaliy faoliyat natijalariga ko`ra o`qituvchi pedagogik
mahoratining shakllanishiga ta`sir qiluvchi omillari mavjud bo`lib, ulardan eng
muhimlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi; "Ta`lim to`g`risida" gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni,
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", nazariy-usuliy bilimlar; ixtisos fanlari va
pedagogik faoliyat; pedagogik turkum fanlari; psixologik muhit;
madaniy-tarixiy
an`analar; urf - odatlar; diniy qadriyatlar; siyosiy voqealar; pedagogning intelektual
salohiyati, axborot - kommunikativ vositalar.
Shuningdek, bu kasbiy-shaxsiy xususiyatlar o`qituvchi - tarbiyachiga, o`quvchi
yoshlarning ruhiy-jismoniy rivojlanishlari, o`quv-biluv faoliyatlarining aktivlashuvini
ta`minlash kabi bir necha pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishning tamal
toshi bo`la oladi.
Qayd qilib o`tganimizdek, pedagogik mahorat har bir o`qituvchi tarbiyachi
uchun xos bo`lgan ta`lim - tarbiya ishlarini doimo yuksakka ko`tarishga, uni
takomillashtirishga asos bo`luvchi san`atdir. Bu san`at o`z
ishini bilish, faoliyatini
muntazam tartibga solib, nazorat qilib, yuksaklikka ko`tarish bilan tavsiflanadi. Unda
eng asosiysi pedagogik-psixologik nazariyalarni samarali qo`llash nazarda tutilgan.
"Pedagogik mahorat" fani kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlash va takomillashtirish
fani sifatida maydonga keladi. Zero, "Pedagogik mahorat" - bu pedagogik faoliyatni
ustalik bilan boshqarishni o`rgatuvchi fandir. SHunday ekan, kasbiy - pedagogik
mohirlik pedagogik - psixologik tayyorgarlikda, o`qituvchi - tarbiyachining ta`lim,
tarbiya, ma`lumot tushunchalarining
mohiyat - mazmunini, shaxs psixologiyasini,
uning biologik shartlangan xususiyatlari (nerv tizimi, sur’aterament, layoqat-
qobiliyatini, xarakterlarini bilish jarayonlari (sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur,
23
xayol)ni, emotsional irodaviy xususiyatlar (hissiyot, emotsiya, irodalari)ni, ijtimoiy
yo`nalgan xususiyatlari (ehtiyoj, qiziqish)ni, orttirilgan kasbiy xususiyatlar (bilim,
ko`nikma, malaka, odatlar)ni o`rganib, anglab olish asosida shakllanib boradi.
Pedagogik mahorat fani esa, qayd etilgan xususiyatlarning o`z
mohiyatidan kelib
chiqib, ularni amalda qo`llash yo`llarini o`rgatadi. SHu asosda ta`lim – tarbiya
jarayonini to`g`ri, aniq tashkil qilish, o`zlashtirish imkoniyatlaridan aniq foydalanish,
shart-sharoitlarini yaratish imkoni tug`iladi.
Ularni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalda o`qituvchi pedagogik
mahoratining shakllanishiga ta`sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillarni keltiramiz
(1.2.- jadvalga qarang),
Do'stlaringiz bilan baham: