M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

PANTOMIMIKA
- bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq harakatini tartibga 
soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida o‘quvchilar bilan 
muloqoti, muhim ahamiyat kasb etishi, barchaga ma’lum. Biroq o‘quvchilar bilan 


65 
muloqotda o'qituvchining pantomimikasi, ya’ni, gavda, qosh, oyoq harakati to‘g‘ri 
ifodalanmasa, ta`lim - tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. 
O'qituvchi o‘z gavdasi, qoshi, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday 
pedagogik malumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar, 
ular ichki his-tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini o‘quv 
materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib 
yura bilish, qo‘l va oyoq harakatlarining bir - biriga mosligi, fikrlarini aniq va to‘liq 
bayon qilib, qo‘lini, boshini turli harakatlarda ifodalashi, o‘qituvchining o‘z bilimiga, 
kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun, o'qituvchining o‘quvchilar oldida o‘zini 
tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyog`i sal 
oldinga surilgan holda turish). O'qituvchining yurishi, qo‘l va oyog`i orqali imo-
ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo`lishi kerak. Masalan auditoriyada orqaga va 
oldinga tez-tez yurish, qoidasi bilan turli imo-ishoralar qilish, boshini har tomonga 
tashlash va hokazo. Bunday holat dars davomida o‘quvchilarning e’tiborini bo`lib, 
g`ashini keltiradi va o‘rganilayotgan fanga, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik 
kayfiyatini uyg`otadi. 
O'qituvchi mashg'ulot o'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi. 
Uyondan, buyonga yurish talabalarfikrini bo'ladi. U tomonga yurayotganida o'qituvchi 
muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki, bunda talabalar o'qituvchini butun 
diqqatlari bilan eshitayotgan bo 'ladilar. 
O'qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o‘z hissiy holatini boshqara 
olishi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg‘in 
kuzatuv ostida bo`ladi. Uning kayfiyatida o'zgarishlar pantomimik harakatlarida 
namoyon boladi. Shu tufayli o'quvchilarga ta`lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish 
jarayonida (dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar 
jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo`lishi, umidbaxshlik, xayrixohli 
kayfiyatida bo‘la olish qobiliyatlariga ega bo`lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi 
o‘qituvchiga birdaniga paydo boladigan ko‘nikma emas. Buning uchun o'qituvchi o'z 
ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib, 
bartaraf eta olishi darkor. Chunki, yillar davomida o'qituvchi o‘zining har bir 


66 
harakatiga moslashib, odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga 
ega boigan o'qituvchi o'z-o‘zini nazorat qila oladi. Ko‘p yillik faoliyati davomida 
soglom asab tizimini o‘zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo'riqishlardan 
o‘zini saqlay oladi: 

sport bilan muntazam shug‘ullanib borishi; 

yoshlar psixologtyasiga oid bilimlarni doimiy o`rganib borishi; 

o‘quvchilarga nisbatan xayrixohlik va optimizmga» ega bolishi;

o‘z harakatini nazorat qilishi (muskul zo‘riqishini, qosh, oyoq, va bosh); 

harakatini, nutq sur’atini bir maromda saqlashda nafas olishini tartibga 
solish; 

madaniy hordiqni to‘g‘ri uyushtirishi (dam olishi, o‘z sogligiga doimiy 
e’tibor, lirika, musiqa, yumoristik hajviyalarni sevib o‘qiy olish); 

o`z-o`ziga tanqidiy munosabatda bo‘lib, ta’sir ko‘rsata olish.
O'qitish samaradorligini oshirish va ijobiy, tarbiyaviy ta’sir ko'rsatish uchun 
o'qituvchining harakatlarida aktyoriik va rejissyorlik malakalari ham mujassamlashgan 
bo`lishi lozim. Xususan, gumanitar fanlar o'qituvchilari aktyorlik qobiliyatiga ega 
bolishlari lozim. Ma’lurn mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlar haqida so’zlaganda 
aktyorlik, rejissyorlik malakalari zarur. Ular, o‘qituvchiga o'quvchilarning his-
tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishda, mavzu qahramonlariga nisbatan hissiy-qadriatli 
munosabatda bolish tajribasini o'zlashtirishiga yordamlashadi. 
Pedagogik texnika malakalari o'qituvchining maxsus fanlar bo'yicha bilimlarni 
egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish, o‘z kasbiga qiziqish, burch 
hamda mas`uliyatni his qilish asosida oshiriladi. Ular yoshlarni o'qitish, tarbiyalash, 
tashkil qilish, targ'ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi. 
O'qituvchining tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara olish. 
mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda ko‘zlangan 
maqsadga albatta erishiladi. Bunda, so'z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan 
pedagogik vaziyatlarda uddaburonlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni 
oldindan ko‘ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xu-
susiyatlar o'qituvchining shaxsiy, individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib 


67 
topadi. Pantomimik harakatlarni boshqarishda ham o'qituvchining individual 
pedagogik texnikasi, yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-
fiziologik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. 
O'qituvchi, avvalo, tarbiyachi sifatida o'zida yuqoridagi malakalarni 
shakllantirishi, ularning mazmunini chuqur o'zlashtirib, pedagogik texni- kani 
egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda, u o'qituv- chini pedagogik 
mahorat sari yetaklaydi. Shunday qilib, o'qituvchining tashqi ko'rinishi ham pedagogik 
texnikaning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib - tarbiyalanuvchilarga ko'rib, eshitib 
turgan narsalarini erkin fikrlash orqali, o'z mulohazalarini mustaqil, cho'chimasdan 
o‘qituvchiga yetkazish imkoniyatini beradi. "Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, 
hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo'lishni bilishi lozim, u o'zini shunday tutishi 
kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin” - deb 
yozgan edi taniqli pedagog A.S. Makarenko. 
O'qituvchining tashqi ko'rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim 
xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi ko'rinishi atrofdagilarga estetik 
ma'no va zavq kasb etib, doimiy e't borda boiishini unutmaslik kerak. O'qituvchining 
tashqi ko'rinishi asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi 
mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O'qituvchi sinfga kir shi bilan 
so'zsiz o'quvchilar e'tiborida bo'ladi, ular bilan muloqotga kirishadi. 
Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xatti - harakatlari 
o'quvchilarga ta'sir o'tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o'qituvchilar ilk bor darsga 
kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo'rquvii yengishlari, o'zlarini erkin tutishlari
birinchi dars paytida sodir bo'lisl mumkin bo'lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan 
o'zlarini yo'qotmasliklari lozim. 
O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidaj mimik, 
pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining xatti-harakatini bevosita 
namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o'qituvchining imo-ishorasida, 
ma'noli qarashlarida, rag'batlantiruvchi yoki istehzali tabassumida namoyon bo'ladi va 
ular o'qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta'sir ko'rsatishida, mashg'ulotlarni samarali 
va mazmunli o'tishida puxta zamin tayyorlab beradi. 


68 
O'qituvchining tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara 
olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda 
ko'zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so'z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, 
kutilmagan pedagogik vaziyatlarda uddaburonlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan 
chiqish, voqelikni oldindan ko'ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga 
muvofiqdir. Bu xususiyatlar o'qituvchining

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish