M. M. Abralov payvandlash materiallari



Download 1,49 Mb.
bet90/111
Sana22.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#690518
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111
Bog'liq
M. M. Abralov payvandlash materiallari

7.8-rasm. Nam usul bo‘yicha granulalash bo‘yicha bakli flyusni eritish uchun elektr pechi.

Granulalash basseyni (xavzasi) bitta eritishdagi eritmani quyib olgandan so‗ng flyus xajmidan kamida 5 marta ortiq hajmga ega bo‗lish kerak. Granulalash qurilmasi tarkibiga granulalash tizimida kamida 4,9∙105Pa suv bosimini vujudga keltirishni ta‘minlovchi bosim nasosi, suv oqimini shakllantiruvchi uchlik, granulalovchi flyus va vertikal va gorizantal tekisliklarda suv oqimining yo‗nalishini o‗zgartirishini ta‘minlovchi yo‗naltiruvchi moslama kiritilishi kerak.


Eritmani oqizib tushirishda suv oqimi eritma oqimi qabul qiluvchi savatdagi suv sirti bilan uchrashadigan joyga, lekin eritma oqimiga emas, uzatilishi kerak.
Pemzasimon flyuslar eritmasini oqizib tushishi boshida kichik kuchsiz portlashlardan iborat yakka-dukka portillash tovushlari kuzatilsa, eritmani oqizib tushirishni to‗xtatish va uni qizitishni davom
ettirish lozim. Pechning tigelidan eritmaning qizigan qoldiqlarini suvga quyib va sidirib tushirish taqiqlanadi. Qoldiqlarni faqat maxsus idishga solishga ruxsat etiladi.
Eritmani oqizib tushirish tugallangandan so‗ng flyusli savat basseyndan suv oqib chiqib ketishi uchun mo‗ljallangan maxsus maydongacha ko‗chirib quyiladi.

  1. Flyusni quritish.

Asosiy suv massasini tabiiy ravshida yo‗qotish uchun flyus tindiriladi va suvni 0,05 – 0,1% dan olmaydigan namlikka yo‗qotilishni ta‘minlaydigan ixtisoslashtirilgan qurilmada quritiladi. Flyusni tindirish amalining davomiyligi 8 soatdan ortiq bo‗lmasligi kerak.
Flyusni quritish kamerali elektr pechlarida amalga oshirilishi mumkin. Bunda flyus havo muhitida jadal hosil qilinishi boshlanish temperaturasi 1000 °C dan past bo‗lgan issiqqa bardoshligi 20X20Н14С2, 20X23Н18, 10X23Н18 yoki boshqa po‗latdan tayyorlangan protivni moslamaga yuklanish kerak.
Protivnya (moslama) lardan flyus qatlamining balandligi 100 – 150mm dan ortiq bo‗lmasligi kerak. Kamerali elektropechlar shishasimon flyuslarning 350 – 400 °С haroratgacha va pemzasimon flyuslarning 350 – 500 °С gacha qizdirilishni hamda suv bug‗larining ishchi fazasidan yo‗qotilishini ta‘minlashi kerak. Pechlar, shuningdek flyuslarning haroratini va quritish davomiyligini qayd etuvchi asboblar bilan jihozlangan bo‗lishi kerak.
Flyuslar qisman maydalovchi va donalarni flyusning aniq bir markasiga qo‗yiladigan MTX talablariga muvofiq saralashni amalga oshiruvchi vibratsion elaklarda elanadi. MTX talablariga mos kelmaydigan mayda va yirik donalar qayta eritishga yoki qayta maydalashga qaytariladi.
Eritilgan payvand flyuslarning donalari tuzilishi, rangi, o‗lchamlari va hajmiy massasi 7.22-jadvalda keltirilgan.
Yaroqli aralashmadan flyusga maydalash, quritish va ajratish vaqtida tushib qolgan metall kirishmalari yo‗qotish uchun magniyli separatsiyadan o‗tkaziladi. Magniyli separatorlarning konstruksiyalari va ularni o‗rnatish joyi ishlov berilayotgan flyusdan kam magniyli metall bo‗lakchalarining yo‗qotilishini ta‘minlashi kerak.

  1. Flyus partiyasini o‗rtachalash.

Quritilib, ajratilib va magniyli separatsiya bajarilgandan so‗ng sement turidagi maxsus idishlarda o‗rtachalash amalga oshiriladi,
bunday idishlarda flyus partiyani shakllantirish uchun zarur miqdorda to‗planadi.

  1. Flyus partiyasining sifatini aniqlash.



7.22-jadval

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish