Vahhobiylikning yuzaga kelishida ingliz josuslik
xizmatining roli
Yu.Abdullaevning maqolasida ta’kidlanishicha, vahhobiylikning
paydo bo ‘lishiga, hatto ingliz josuslik xizmati ham aloqador ekan.
Masalan, turk islomshunos olimi M.Siddiq Kumushning 1997-yili
Istanbuldagi ‘'Haqiqat kitobi” nashriyotida chop etilgan “Ingliz
josusining aytganlari yoki Angliyaning Islomga qarshi dushmanlik
faoliyati” kitobida yozilishicha, Muhammad Abdul Vahhob tahsil
olayotgan vaqtlari ingliz josusi Xemper bilan uchrashib, uning ta’siriga
tushib qoladi. Buyuk Britaniya qirolligi Mustamlakalar vazirligi o ‘sha
yillari musulmon Sharq mamlakatlariga - arab, fors, turk tillarini
30
mukammal biladigan. o ‘zini musulmon deb yuritadigan ko‘plab
josuslami yuborgandi. Keyinchalik, Xemper o'z xotiralarida Muhammad
Abdul Vahhobni qanday uchratganini va uni o 'z manfaatlari yoMida
foydalanish uchun q o ig a olganligini yozadi.
Muhammad Abdul Vahhob Basrada boMgan chogMda dastlab
“haqiqiy vakkaxudolikka" qaytishni targMb qila boshlaydi, lekin u
yerdan quvib yuboriladi. 1726-27-yillarda Huraymilda yashab, o ‘z
g ‘oyalarini targMb qilishga tushadi va hatto otasi bilan arazlashib qoladi.
Ko'p oMmay Bag‘dodga ketadi va u erda boyvuchcha xotinga uylanadi,
lekin u xotin to‘satdan vafot etib, butun boyliklar Muhammad Abdul
Vahhobga qoladi. Shundan keyin u Isfaxon va Qum shaharlariga borib
Islom falsafasini o ‘rganadi va Ibn Hanbalning g'oyalariga butunlay
beriladi.
Yuqorida kitobda yozilishicha, asta-sekin Xemper yigit ongida islom
aqidalari mustahkamligiga ham shubha uyg‘ota boshlaydi. Masalan,
ro ‘za tutish va besh vaqt namoz o‘qishni doim ham shart emasligi kabi
“fikri Qalat” xatti-harakatlarlami uqtiradi.
“Namoz o ‘qishdan kuzatilgan maqsad Ollohni yodga olishdir, -
deydi u Muhammad. Demak, namoz o'rniga faqat Ollohning nomini
cheksiz takrorlab, salovat aytsa ham boMaveradi'’.
Bir kuni Xemper Muhammad Abdul Vahhobga: “Yo Olloh! - deya
hayajon bilan murojaat qiladi, - Ollohning amri bilan shu kecha tushimda
janobi
Payg‘ambarimiz
Muhammad
Mustafo
sallollohu
alayhi
vassallamni ko‘ribman. U kishi taxti muborakda o ‘tirganmishlar.
Atroflarida chahoryorlar, sahobalar, ulamolar. Shu pallada sen kirib
kelding. Yuzingdan porloq nur taralardi. Payg‘ambarga yaqinlashding.
Shunda ul zot o'rinlandan turib peshonangdan o ‘pdi va:
- Ey mening adashim, birodarim, - dedilar, - Sen mening
davomchim, diniy va dunyoviy ishlarda xalifam boMgaysan!
- Yo Ollohning rasuli! Men taMimotimni odamlarga targMb qilgani
cho‘chiyapman! - deya javob qilding.
Payg'ambarimiz esa,:
- Sen barcha buyuklardan buyuksan! Cho‘chima! - deya lutf
qildilar”.
Bu yolg‘on tushni eshitgan Muhammad Najdiy go‘yo qanot bogMab
samoga parvoz qiladi va o ‘zini mujtahid-Islomda ijtihod huquqiga ega
31
bo‘lgan, ya’ni mustaqil ravishda diniy-aqidaviy masalalar bo‘yicha
xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs, deya e ’lon qiladi.
Bu esa, islomiy masalalarda muslimlar ongida o ‘zgartirish yaratish
uchun bag'oyat qulay omil edi.
Xemper asta-sekin bu yigitning qo'ltig'iga kirib, ongidagi islomiy
e ’tiqodni bid’at bilan almashtirishga harakat boshlaydi. Islomni chuqur
o ‘rgangan josus go‘r, ammo o ‘zini shariat ilmining eng buyuk
bilimdonlaridan hisoblovchi mullavachchani turli yo‘llar bilan aynitishga
kirishadi. Masalan, aroniylar orasida mavjud bo'lgan siyqa-nikoh
an’anasini dalil qilib, yigitni biror ayol bilan vaqtincha birga yashashga
undaydi.
Xemper Muhammadni yana bir ingliz josus ayoli Sofya bilan
tanishtiradi. Sofya ham musulmon ayoli qiyofasida Basrada razvedka
ishlari bilan shug‘ullanadi. Muhammad Abdul Vahhob Basra va
Damashq shaharlarida tahsil olib qaytgach, ona yurtida uch oy chillada
o ‘tiradi. Uch oy hamma tomoni o ‘rab tashlangan uy ichida yakka-yolg‘iz
xudoga toat-ibodat qilib vaqt o ‘tkazadi. Yurtdoshlari uni katta bilim
egasi - islomiy olim, ulamo, deya bilganlar. Ingliz razvedkasi
topshirig‘iga muvofiq Xemper uni shu yerdan ham izlab topadi.
Muhammad Xempemi o ‘zining quli deb aytadi va doim yonida olib
yuradi. Muhammad Abdul Vahhob madrasa ko‘rgan olim, mujtahid
sifatida eldoshlari orasida birmuncha obro‘ qozongach, taxminan,
milodiy 1730-1740-yillar o‘z aqidalarini ommaviy tashviq qilishga
kirishadi. Xempeming yozishicha, u Muhammad Abdul Vahhobni pul va
boshqa narsalar bilan ta’minlab turgan. Ba’zi va’zlardan keyin g‘azabga
kelgan
musulmonlar
yangi
dohiyni
o ‘ldirish
maqsadida
unga
tashlanishgan ham. Shunda Xemper Muhammad Abdul Vahhobni
muhofaza qilish uchun tanqo‘riqchilar yollagan.
Vahhobiylikning kelib chiqishini tushuntirar ekanmiz, Islom olamini
bo ‘lib tashlashda va “nifoq solu hukmronlik qil” degan aqidani doimo
olg‘a surib kelgan mustamlakachilaming siyosiy nayranglariga alohida
e’tibomi qaratish va uni yurtimiz tarixi bilan bog‘lashimiz lozim.
Talabalar ongiga singdiradigan g ‘oyalar doimo “bu harakatlar, bu
oqimlar kimga xizmat qiladi, ulaming orqasida kim turibdi, xalqimizga
qanchalik foydasi bor”, degan oddiy haqiqatni anglab olishga
yo‘naltirilgan bo'lishi kerak.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |