Gimnaziya
Gimnaziyalar umumta’lim o‘quv muassasalari hisoblanadi. Unda o‘qish 5-13-sinfgacha 9 yil davom etadi. ll-13gacha o'qiydiganlar gimnaziyaningsh yuqori bosqichi deb ataladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan gimnaziya bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati oladi.
Umumiy yetuklik attestati beruvchi, hohlagan yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beruvchi gimnaziyalar va “fan gimnaziya” lari mavjud. Bunday tipdagi maktablar ta’limning ikkinchi bosqichi Ilga tegishlidir. Bu gimnaziyalarda aniq kasblar sohasiga zarur bo‘lgan bilimlami berishga alohida e’tibor qaratiladi.
Fan gimnaziyalariga real maktabni bitirganlik haqidagi attestat bo‘lsagina qabul qilinadi. Bu gimnaziyalarda ta’lim davomiyligi 3yil. Bitiruvchilar fan yetuklik attestatini oladilar, bu esa ma’lum doiradagi fanlami o‘rganish uchim oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beradi.
Gimnaziyada o‘qitishdan maqsad: umumta’lim bilimlami kengaytirish va chuqurlashtirish va shular asosida o‘quvchilami zamonaviy ma’lumotlami olish va qayta ishlashning ilmiy metodlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtida muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlami yaratishdan iborat. 5-10sinflar 11-sinfda boshlagna individuallashtirilgan ta’lim dasturi uchun poydevor yaratish vazifasini bajarishga mo‘ljallangan. Aynan 11-sinfdan boshlab, o‘quvchilarga baho emas “punkt”lar qo‘yitadi. Nemis maktablarida eng a’lo baho “1”. 15 punkt - bu “l+”ga teng. “1” baho olish uchun nafaqat savollarga to‘g‘ri javob berish, balki darslarda tirishqoqlik ko'rsatish lozim.
Gimnaziyaning o‘ziga xos xususiyati fanlaming differensial tuzilgani bo‘lib, o'quvchiga tanlash imkoni beriladi. Masalan, chet tillar soni va ulami navbatma-navbat o'rganish. 9-sinfda o'quvchiga aniq yo‘nalishdagi fanlarni (tabiiy-matematik, ilmiy-iqtisodiy, musiqiy-badiiy) tanlash imkoni beriladi. Shunga ko‘ra gimnaziyalar maxsus xarakterga ega bo‘ladi va an’anaviy klassik, tabiiy-matematik va zamonaviy tillar turlariga bo‘lmadi. Undan tashqari iqtisodiy, pedagogik, qishloq xo‘jaligi, texnik- texnologik, ijtimoiy-ilmiy, musiqiy gimnaziyalar va kommunal xojalik gimnaziyalar bor.
Klassik gimnazziyalarda albatta lotin, yunon va birorta zamonaviy til o‘rganilishi shart. Tabiiy-matematik gimnaziyalarda matematika, fizika, ximiya chuqur o‘rganiladi. Gimnaziyaning yuqori sinflarida asosiy, ya’ni xamma uchun majburiy kurslar, hamda individual tanlangan o‘ta qiyin (yuqori) kurslar kiritilgan.
Umumiy ta’limni kamsitmagan holda bu tizim o'quvchilaming individual qobiliyatlarini yaxshi o'rganisliga imkon beradi. Tanlovga tavsiya qilingan yuqori qiyinchilikdagi kurslar qamrovi 3ta soxadagi majburiy kurslar asosida tuziladi: bular badiiy-til, ijtimoiy-ilmiy va tabiiy- mayetmatik-texnik kurslar. Asosiy kurslar va yuqori qiyinchilikdagi kurslar soxasiga: nemis tili, chet tillar, badiiy ijodiyot, musiqa, falsafa, tarix, geografiya, din, jamiyat haqida ta’limot (“Gemeinschaftskunde”), matemaktika, iqtisodiyot (“Wirtschaftslehre”), fizika, ximiya, biologiya kiradi. O‘quvchilarga tanlovga tavsiya qilingan kurslar doirasiga pedagogika, psixologiya, sotsiologiya (“Sozialkunde”), geologiya, astronomiya, statistika, texnologiya, EHM yordamida ma’lumotlami qayta ishlash (“Datenverarbeitung”) kiradi. Har bir o‘quvchi yuqori qiyinlikdag 2ta kursda shug'ullanishi lozim, shulardan bittasi yoki chet tili yoki matematika yoki tabiiy fanlardan bittasi bo‘lishi kerak.
Yetuklik attestati olish uchun 4ta fandan imtihon topshiriladi. Imtihon topshiruvchi yuqorida aytilgan sohalar bo‘yicha olgan bilimlarini yaxshi ko‘rsata olishi, tanlangan yuqori qiyinlikdagi kursi bo‘yicha esa keng bilimlami namoyish etishi lozim. Imtihon ham yozma ham og‘zaki bodishi mumkin.
Avvallari gimnaziyalar Germaniyada faqat oqsuyaklar zadagonlar o‘qiydigan maktab edi, unga ko‘pchilik bora olmasdi. Lekin zamon o‘zgardi: xozirgi kunda boshlang‘ich maktabning 4-sinfini bitirgan 40% o'quvchilar garchi yetuklik attestatini umumiy maktabda olish mumkin bo'Isa ham gimnaziyada o‘qishni davom ettirishni xoxlaydilar. Zamonaviy gimnaziyalarda ta’lim jarayonini rejalashtirishda motivatsiya muhim omil sanaladi. O‘qituvchilar o‘quvchilarni ma’lumotlar bilan doimo band qiladilar.
Gimnaziyaning ijobiy xususiyatlaridan tashqari minuslari ham bor. 0‘zlashtirish nazorati kam, uyga vazifaga baho qo‘yilmaydi. O'zlashtinsh pasayib sifat darajasi ham avvalgiday emasligi ma’lum. Bundan 30 yil oldin bir xil yoshdagi o‘quvchilaming 5,7% yetuklik attestati (abitur) olgan. Hozirgi kunga kelib, 33% o‘quvchilar abitur olishdi, bu 6 marta ko‘p degam. Gimnaziyada o‘quvchilar soni ortishi bilan talablar ham pasaydi. 20-30 yil awal o'quvchilar yozgan nazorat ishini hozirgi o'quvchilarga yozdirganda bugungi natijalar sezilarli darajada past chiqishi ham sifat pasayganini ko‘rsatib turibdi. Awal gimnaziyaga qabul qilish uchim imtihon topshirilardi, hozir esa boshlang‘ich maktabning 4- sinfidan keyin sinf rahbarining tavsiyanomasi va ota-onaning tanlovi yetarli bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |