Yaponiyada uzluksiz ta’lim tizimi va xususiyatlari. Yaponiyada maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim Yaponiyada juda qadimdan xalqning aqliy imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash siyosati eng muhim o‘rin tutadi. Hozirgi davrda Yaponiya ilmiy tadqiqotlarga ketgan sarmoya miqdori bo'yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. Yaponiyada 600 mingdan ortiq ilmiy xodimlar bo‘lib, taxminan 270 mingga yaqin patent olingan. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Yaponiya hozir dunyoda 1-o‘rinni egallaydi. Yaponiyadagi ilmiy tadqiqot faoliyatining o‘ziga xos tomoni shundaki, unga ketadigan harajat yalpi milliy maxsulotning 3% tashkil etadi, bu esa rivojlangan mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatgich demakdir. Quyida Yaponiya ta’lim tizimid^gi o‘ziga xosliklar, xususan maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim tizimmi o'rganamiz.
Maktabgacha ta’lim.
Yaponiyada ta’lim olish - oila, jamiat va davlat tomonida qo‘llab- quwatlanadigan nufuzdir. Aholining ko‘pchilik qismining daromadi taxminan bir hildir. Yaponlar farzandlari bilan 5 yoshgacha shoh bilan gaplashgandek muomala qilishadi, 5 yoshdan 15 yoshgacha qul bilan gaplashgandek, 15 yoshdan keyin esa tengdoshi bilan gaplashgandek muomala qilishadi. 15 yoshli o‘smir - o‘zining majburiyatlarini yaxshi biladigan, va qoidalarga bo‘ysinadigan yoshdagi katta odam deb hisoblanadi. Yapon oilasida ajohralishlar juda kam. An’anaviy yapon oilasi bu ota-ona va 2ta farzanddan iborat bo'ladi. Erkak oilada yuqori mavqega ega. Otaning fazifasi - boquvchi, onaning fazifasi bola tarbiyasidir. Oila va uy bolalikdan psixologik qulay joy sifatida qabul qilinadi, ona esa uning ramzi hisoblanadi. Yuqorida aytganimizdek, bola tarbiyasi bilan asosan ona shug‘ullanadi. Ota ham tarbiyada ishtirok etishi mumkin, lekin bu kam uchraydigan holat. Bola tug‘ilganidan lyiligacha ona tanasining 1 qismi sifatida yelkasida bog‘lab olib yuradi, kechasi yonida olib yotadi. Bola hech narsa taqiqlanmaydi, u kattalardan faqat “xavfli”, “iflos”, “yomon” degan so‘zlami eshitadi. Boladagi “hamma narsa mumkin” degan davr 5 yoshgacha davom etadi. Agar bola bilan biror kor-hol bo‘lsa, ona o‘zini aybdor sanaydi va undan ehtiyot qilolmagani uchun uzr so‘raydi.
Yaponlar hech qachon bolalariga ovoz ko‘tannaydilar, va’z o‘qimaydilar, umuman jazolamaydilar. Yapoon ayoli bolaning istak va hohishlari bilan bahsiashmaydi, o'zimng noroziligini hatti harakatlar bilan bolaning xulqi uni hafa qilayotganini bildiradi. Bolalar ham o‘z navbatida o‘z navbatida onalarini hurmat qiladilar, hafa qilib qo‘ysa aybdorlik hissini tuyadilar. O‘zaro ziddiyat paydo bo‘lsa yapon onalari bolasidan uzoqlashmaydi.
Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg ' u beradi. Masalan, 1 yoshda - o'ziga ishonch hissini uyg‘otish. 2 yoshda - amaliy san’at qul mehnatini ko‘rsatish. 3 yoshda - burch hissini tarbiyalash. 4 yoshda - yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o‘rgatish. 5 yoshda - liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ulami bajarishga o‘rgatish,
Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchihklami yengishga o'rgatadilar. Qizlami esa uy ishlariga tayyorlaydilar.
Odatda yapon onasi bola 3 yoshga to'lmaguncha uyda o‘tiradi, keyin bolalar bog‘chasiga beradi. Yaponiyada yaslilar ham bor, lekin bu yerga bolalami berishni unchaldik xushlamaydilar. Ulaming fikricha bolani ona tarbiyalashi kerak.
Bolalar bog‘chasida har yarim yilda bolalar guruhi va tarbiyachilar tarkibi o‘zgarib turadi. Agar bola 1 guruhga ko'nikolmasa boshqasida bu holatni tuzatish mumkin. Yaponiyada maktabgacha ta’limga katta e’tibor beriladi. Odatda maktabgacha ta’lim oiladan boshlanadi. Yaponlaming ta’kidlashicha, “ikigan” - hayot mazmunini anglash uchun bolani o‘qitish va tarbiyalash kerak.
Yaponiya bog‘chalarida bolalami 8 kishilik kichik guruhlar - “xan”larga bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada “o‘z ish o‘mi” ajratiladi, ular o‘z xanlariga nom tanlaydilar. Shu tariqa eng kichik yoshdan jamoada ishlashni o‘rgatadilar. Bu guruhdagi har bir o‘quvchi guruhda o‘z o'rniga ega boiiishi lozim. Bunday xanlar keyingi ta’lim bochqichida ham qo‘lleniiladi. O‘rta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezrok ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib turiladi. Shimi ta’kidlash joizki, qaysidir muammo muxokama qilinayotgan paytda lta o‘quvchi bilan emas, balki barcha xan bilan gaplashiladi. Bunday tizim o‘quvchining sog‘ligini saqlashga yordam beradi, zero har tomonlama uyg‘un guruhlarda bir-birini kamsitishga yo‘l qo'yilmaydi. Bolalar sinfiii boshqarishni ham o‘rganadilar. 1-sinf o‘quvchilar ichidan ustozlami tanlaydilar, ular har kun almashadi, natijada har bir bola ustoz o‘mida bo‘la oladi. Bu tizim boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantiradi. Yaponiya bog‘chalariga 3-5 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog'chalarining maqsadi, bolalaming aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlami to‘g‘ri qo llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertakiar, kitoblar, musiqa, sport o‘yinlari, rassomlik kabi shixsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi. Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. Boshlang‘ich ta’limga erta qabul qilishga o‘tish maqsadida 4-5 yoshdagi bolalaming barchasini bolalar bog‘chasiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
Bolalar bog‘chasi Yaponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat ko'nikmalarmi shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi - bolani maktabga tayyorlashdir. Bu yerda rasra, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o'tiladi. Individuallik, u qanchalik yaxshi bo'lmasin, o'quvchilami o‘ziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |