M. J. Mut alipova



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400163
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
fayl 569 20210428

ABU ALI IBN SINO
 
(980-1037)
Buyuk olim va mutafakkir Abu Ali ibn 
Sino  980  yil  Buxoro  yaqinidagi  Afshona 
qishlog‘ida tavallud topgan.  U  Buxorodagi 
ilmiy  muhit  ta’sirida  ulg‘ayadi.  Uning 
yoshligi  va  o‘spirinligi  Somoniylar  hukm- 
ronligi  yillariga to‘g‘ri  keladi.  U  saroyning 
boy  kutubxonasidan  foydalanadi.  IX  asr 
boshlarida  Ibn  Sino  Xorazmga  ko‘chib
24


keladi va shoh Ma’mun saroyidagi olimlar bilan tanishadi.
Ibn  Sino  yunon,  arab,  fors  olimlarining  kitoblarini,  Muhammad 
Xorazmiy,  Abu Nasr  Forobiy,  Abu  Bakr Roziy,  Ahmad  Farg‘oniy  kabi 
vatandoshlarining  asarlarini,  shuningdek,  qadimgi  yunon  ilmi  vakillari 
Aristotel,  Platon,  Evklid,  Fales,  Geraklit,  Suqrot,  Pifagor,  Gippokrat 
asarlarini chuqur o‘rganadi.
Buyuk  olim  falsafa,  tabobat,  tabiat  ilmlariga  bag‘ishlangan  «Shifo 
kitobi»,  «Tib  qonunlari»,  «Najot  kitobi»,  «Bilimlar  kitobi»  kabi  yirik 
asarlarini  yozadi.  Uning  falsafiy  asarlarining  eng  yirigi  «Shifo  kitobi» 
to‘rt  qism,  22  jilddan  iborat  bo‘lib,  unda  mantiq,  metafizika,  fizika, 
matematikaga  oid  masalalar  talqin  etiladi.  Olimning  «Tib  qonunlari» 
asari  o‘z  mazmuniga  ko‘ra  tibbiy  bilimlarning  qomusi  hisoblanadi.  U 
besh mustaqil  tibbiy  asardan  iborat bo‘lib, har biri  ma’Ium sohani  izchil 
yoritib  beradi.  Birinchi  kitobda  tibbiyotning  nazariy  asoslari,  ikkinchi 
kitobda asosan o ‘simliklardan tayyorlanuvchi  760 ta dorining xususiyati, 
uchinchi  kitobda  insonning  ayrim  a’zolarining  kasalliklari,  to‘rtinchi 
kitobida  inson  organizmining  umumiy  kasalliklari  va  davolash  usullari, 
beshinchi kitobida esa murakkab dorilaming organizmga ta’siri, ularning 
tayyorlanishi haqida qilingan. «Tib qonunlari»  asari sakkiz asr davomida 
ham  Sharq,  ham  G‘arb  mamlakatlarida  tibbiyot  sohasida  qo‘llanma 
bo‘lib kelmoqda.
Ibn  Sino  matematika,  astronom iya,  fizika,  xim iya,  m ineralogiya, 
geologiya,  botanika,  filologiya,  she’riyat  va  boshqa  qator  sohalarga  oid 
asarlar yaratgan.
Ibn  Sino  yaratgan  450  dan  ziyod  asarlaridan  242  tasigina  bizgacha 
yetib  kelgan.  Shundan  80tasi  falsafa,  ilohiyot  va  tasavvufga  tegishli, 
43  tasi  tabobatga  oid,  19  tasi  mantiqqa,  26  tasi  psixologiyaga,  23  tasi 
tibbiyot  ilmiga,  9  tasi  etikaga,  4  tasi  adabiyotga  oid,  8  tasi  boshqa 
olimlar bilan bo‘lgan yozishmalardan iborat.
Yirik  qomusiy  olim  va  buyuk  iste’dod  sohibi  Abu  Ali  ibn  Sino 
Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Alloma  asarlarida  ta'lim-tarbiyaga oid  g‘oyalar ham  talqin  etilgan. 
U  komillikka  erishishning  eng  maqbul  yo‘li  ilm  egallash  ekanligini 
uqtiradi.  Bilimsiz  kishilar  johil  bo‘ladi  va  haqiqatni  bila  olmaydilar, 
bilimni  egallashda  mantiqiy  tafakkurga,  shaxsiy  kuzatish va tajribalarga 
tayanish kerak degan  g‘oyani  ilgari suradi.  Bolalarning maktabda jamoa 
bo iib o‘qitilishining foydali jihatlarini sanab o‘tadi.
Ibn  Sino  ta’limotida  o‘qitishning  qaysi  metodlaridan  foydalanish 
maqsadga 
muvofiqligi 
haqida 
ham 
ma'lumotlar 
bor. 
Uning
25


ta’kidlashicha,  qaysi  ta'lim  metodidan  foydalanishdan  qat’i  nazar  bilim 
oluvchida  haqiqiy  bilim  hosil  qilish,  mustaqil,  mantiqiy  fikrlash 
qobiliyatini  rivojlantirish,  olgan  bilimlami  amaliyotga  tadbiq  eta  olish 
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy  maqsaddir.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish