M. J. Mut alipova



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400163
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
fayl 569 20210428

ABU  NASR  FOROBIY
 
(873-950)
Faylasuf  va  qomusiy  olim  Abu  Nasr  Forobiy 
Sirdaryoning  Forob  ( 0 ‘tror)  shahrida  tug‘ilgan.  U 
Sharqda juda mashhur bo‘lib,  qadimgi  yunon  ilmini 
juda  yaxshi  bilgani  uchun  «Sharq  Aristoteli», 
«Ikkinchi  muallim»  (Aristoteldan  so‘ng)  nomlari 
bilan  ulug‘langan.  Forobiy  boshlang‘ich  ma’lumotni  o‘z  vatanida, 
Toshkent,  Samarqand,  Buxoro  shaharlarida  olganidan  so‘ng  Bag‘dod. 
Damashq,  Misr kabi yurtlarda ilm olishni davom ettirgan.
Forobiy  70ga  yaqin  til  bilgan,  undan  ilmning  turli  sohalariga 
bag1 ishlangan juda katta  ilmiy  meros  qolgan,  ya’ni  falsafa,  matematika, 
tibbiyot,  astronomiya,  mantiq,  grammatika,  fizika,  kimyo  kabi  fanlarga 
oid  asarlar  yaratgan.  «Masalalar  manbai»,  «Qonunlar  haqida  kitob», 
«Ruhning  mohiyati  haqida»,  «Falsafaga  izohlar»,  «Falsafa  tushuncha- 
sining  ma’nosi»  risolalarida 
mashhur  yunon  faylasuf!  Aristotel  va 
boshqa yunon olimlari asarlariga sharhlar yozgan.
«Fizika  usullari  haqida  kitob»,  «Alkimyo  ilmining  zarurligi», 
«Inson  a’zolari  haqida  risola»,  «Lug‘atlar  haqida  kitob»,  «Xattotlik 
haqida»  kabi  asarlari  Forobiyning  qomusiy  bilimga  ega  bo‘lganligini 
ko‘rsatadi.
21


Forobiyning  «Ilmlarning  kelib  chiqishi  va  tasnifi»  kitobida  30dan 
ortiq  ilm-fanning ta’rifi  beriladi,  tabiiy  va  aniq  fanlar  bilan  bir  qatorda 
she’riyat,  grammatika,  orfografiya,  lug‘atshunoslik,  mantiq,  fiqh, 
siyosatshunoslik kabi gumanitar ilmlar haqida ham ma’lumotlar beriladi. 
«Inson  a’zolari  haqida»  risolasida  tibbiyot  haqida  ma’lumotlar,  «Ilm  va 
san’atning  fazilatlari»,  «Aql  masalalari  haqida»  risolalarida  esa  o ‘ta 
muhim  falsafiy  masalalar  xususida  so‘z  yuritadi.  Forobiy  aqlli  insonlar 
haqida  shunday  deydi:  «Aqlli  deb  shunday  kishilarga  aytiladiki,  ular 
fazilatli,  o‘tkir  mulohazali,  foydali  ishlarga  berilgan,  zarur  narsalarni 
kashf  va  ixtiro  etishda  zo‘r  iste’dodga  ega:  yomon  ishlardan  o ‘zini 
chetga  olib  yuradilar.  Bunday  kishilarni  oqil  deydilar.  Yomon  ishlarni 
o‘ylab  topish  uchun  zehn-idrokka  ega  bo‘lganlami  aqlli  deb  bo‘lmaydi, 
ulami  ayyor,  aldoqchi degan nom bilan atamoq lozim».
«Baxt-saodatga erishuv  yoMlari  haqida risola»  asarida o‘rta asrlarda 
birinchi  bo'lib  jamiyatning  tuzilishi  haqida  ta’limot  yaratdi.  Bu 
ta’limotda  o ‘zi  orzu  qilgan  fozil  jamiyat,  davlatni  boshqarish,  ta’lim- 
tarbiya,  axloq,  ma’rifat,  diniy  e’tiqod,  tinchlik,  mehnat  kabi  mavzular 
yoritilgan.  Fozil  jamiyatda  komil  inson  xislatlari  vujudga  kelishini 
ta’kidlagan.
Forobiy  o‘z  hayoti  davomida  mashhur  olim  sifatida  nom  qozondi, 
uning  asarlari  turli  tillarga  tarjima  qilindi,  Sharq  va  G’arb  olimlari 
tomonidan chuqur o ‘rganildi.
Quyida  allomaning  «Baxt-saodatga  erishuv»  asaridagi  pedagogik 
qarashlaridan turfa misollar keltiramiz:
1.Ziyraklik  -   bu  insondagi  tez  fikrlilik,  o‘ylagan  narsasini  darrov 
topa 
olishi qobiliyatidir.
2.Ta’lim  faqat  so‘z  va  o'rganish  bilangina  bo‘ladi.  Tarbiya  esa 
amaliy  ish,  tajriba  bilan,  ya'ni  shu  xalq,  shu  millatning  amaliy 
malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan boMishi, 
o ‘rganishidir.  Agar ular shu  kasb-hunarga qiziqsalar,  shu  qiziqish  ulami 
butunlay  kasb-hunarga jalb  etsa,  demak,  ular  kasb-hunaming  chinakam 
oshig‘i  bo‘ladilar.
3.  Maqsadni  amalga oshirishda qasd va g‘ayrat  qilish mo‘ljallangan 
ishni bajarishda katta ta'sirga egadir.
4.  Inson  o‘z mulohazasi,  ziyrakligini  hamisha oshirib  borishi  kerak, 
agar  aql  yomonlikka  qaratilsa,  bu  xislatlar  razillik,  makkorlik, 
aldamchilikka olib boradi.
5.Xalq  aqlli  kishilarni  dono  deb  ataydi.  Chunki  ular  insonlarga 
kerakli va foydali narsalarni o‘ylab topadilar.
22



Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish