M. J. Mut alipova



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400163
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
fayl 569 20210428

MUHAMMAD  AL -  XORAZMIY
 
(783-850)
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 
783  yil  Xorazmda  tavallud  topgan.  Yevropada 
«Algorismus»  nomi  bilan  mashhur  bo‘lgan.  U  o‘z 
ilmiy  faoliyatining  asosiy  qismini  Bog‘dodda,  xalifa 
al-Ma’mun  boshchiligidagi  ilmiy  markaz  «Bayt  ul- 
hikma»da o'tkazgan. Xalifa al-Ma’mun al-Xorazmiyni 
olim  sifatida  juda  qadrlaganligi  bois  mazkur  ilm  dargohini  boshqarish 
ishlarini ma’Ium muddat unga topshirgan.
Al-Xorazmiy  hind  va  yunon  olimlarining  asarlarini  puxta 
o‘zlashtirib,  undagi  g‘oyalarni  yanada  rivojlantiradi.  U  hozirgi  zamon 
matematika  fanining  fundamental  qoidalari  asoschisi,  zamonaviy 
algebra  fanining  birinchi  ta’sis  etuvchisi  bo‘lib  hisoblanadi.  Olimning 
«Al-Jabr  val-Muqobala»  asaridagi  birinchi  «Al-Jabr»  so‘zidan  Yevro­
pada  «algebra»  so‘zi  kelib  chiqqan.  U  0(nol)  sonini  arifmetikaga  olib 
kirdi  va  shu  tariqa  sonlaming  o‘nlik  pozitsion  tizimi  butun  dunyoga 
tarqaldi.
10 Каримов И.А.  Юксак маънавият -  енгилмас куч. -  Т.: Маънавият, 2008.  44-бет.
19


Al-Xorazmiyning  sonlar tizimi  haqidagi  asarlaridan  biri  Yevropada 
«Algorizm»  nomi  bilan  tanildi  va  bu  nomdan  zamonaviy  «algoritm» 
so‘zi kelib chiqdi.
Al-Xorazmiy  matematikadan  tashqari  astronomiya  ilmiga  oid  turli 
mavzularda  bir  qancha  ilmiy  maqolalar  yozgan.  Ulardan  eng  mashhuri 
«Astronomiyaga  oid  jadvallar»  («Zij»)  asaridir.  Olim  geografiya 
fanining rivojiga ham salmoqli  hissa qo‘shgan.  Uning muhim  geografik 
asarlaridan biri «Yerning tasviri»  («Surat al-Arz») kitobidir.
Mashhur  tarixchi  Jorj  Sarton  al-Xorazmiyni  « ...0 ‘z  davrining  eng 
buyuk  matematigi  va agar barcha  shart-sharoitlar nazarga  olinsa,  barcha 
davrlarning ham eng buyuklaridan biri» deb ta’rif bergan.
Buyuk  allomaning  didaktik  qarashlariga  to‘xtaladigan  boMsak,  u 
bilim  olishda  talabaning  shaxsiy  kuzatishlariga  va  olgan  bilimlaridan 
o‘rinli  foydalanishlariga  katta  e’tibor  beradi.  Bunda  u  ilm  o‘rganuv- 
chilarning  ilmiy  manbalarni  topish,  o ‘rganish  va  tushuntira  olish 
malakalarini  hosil  qilish  zarurati  haqida to‘xtaladi.  U  o‘zining «Al-Jabr 
val-Muqobala»  asarida  olimlar  uch  guruhga  bo‘linishini  aytadi: 
«Ulardan  biri  o‘zidan  avvalgilar  qilgan  ishlarni  amalga  oshirishda 
boshqalardan  o ‘zib  ketadi  va  uni  o'zidan  keyin  qoluvchilarga  meros 
qilib  qoldiradi.  Boshqasi  o‘zidan  avvalgilarning  asarlarini  sharhlaydi  va 
bu  bilan  asami  tushunishdagi  qiyinchiliklarni  osonlashtiradi,  uni 
tushunarliroq  qiladi.  Keyingisi  esa  sochilib  yotganni  to‘playdi,  o‘zidan 
avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi».
Al-Xorazmiyning  bu  fikrlari  o‘sha  davrdagi  ilmiy-tadqiqot  ishlari 
va ta'lim metodlari haqida yorqin ma’lumot beradi.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish