M. J. Mut alipova



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/77
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400163
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
Bog'liq
fayl 569 20210428

UIug‘  hakim saboqlari
Yaxshi  va  yomon  xulqning  hammasi  sharoit,  tarbiya,  odatlanish 
natijasida vujudga keladi.  Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Men  yuksak  maqsadlaming  eng  cho‘qqisiga  chiqib,  yuksalishni 
istayman.  Past  maqsadlarga  hech  rozi  bo‘lmayman.  Yo  istagan 
maqsadimga erishaman, yo o‘lim meni bu yo‘lda halok qiladi.
Xulqning muvozanatda bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi.
So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.
Siringni  barchaga  aytishdan  ehtiyot  bo‘l,  chunki  mulohazakor 
degani-ehtiyotkor  bo‘lish  deganidir.  Agar  siringni  saqlasang,  u  sening 
asiringdir,  agar oshkor bo‘lsa,  sen siringni asiri bo‘lib qolasan.
B oylikni  topishibdi-yu,  aql-idrokni  y o ‘qotishibdi.  Ajabo,  topgan 
narsalari  bilan y o ‘qotgan narsalarining bahosi  bir xilm idi?
Ma’rifatchi  botir  odam  bo‘ladi,  shunday  bo‘lmay  ham  bo‘larmidi? 
U  oMimdan  ham  qo‘rqmaydigan  sahovat  egasi  bo‘ladi. 
Shunday 
bo‘lmay  ham  bo‘larmidi!  U  barcha  behuda  narsalarga  hirs  qo‘yishdan 
uzoq  va  barcha  adashganlarga  mehribondir,  shunday  bo‘lmay  ham 
bo‘larmidi?  U  o‘z  nafsoniyati  bilan  ulug‘vor  bo‘ladi,  shunday  bo‘lmay 
ham bo‘larmidi!
Menga  hasad  qilgan  kishilar  bilan  aloqamni  uzdim,  hatto  ularning 
nomlarini  ham  eslamadim,  ular  bo‘lsa  bir  umr  menga  hasad  qilib  kun 
kechirdilar.
Modomiki,  mening  do‘stim  dushmanim  bilan  ko‘p  o ‘tirgan  ekan, 
endi  men  uni  hech  do‘stim  deb  bilmayman.  Chindan  ham  zahar 
aralashgan  shakardan  parhez  qilish  kerak;  ilonga  qo‘ngan  pashshadan 
qochish kerak bo‘ladi.
BILASIZMI?
XVI  asrda  Oydagi  kraterlardan  biriga  ulug‘  ajdodimiz  Ahmad 
Farg‘oniy  nomi  berilgan.Yevropalik  olimlar Mirzo  Ulug‘bekni  «XV  asr 
astronomi»  unvoniga  loyiq  deb  hisoblashgan.  AQShda  joylashgan 
Xalqaro  Astronomiya Birlashmasi  (IAU) esa  Oyning ko‘rinib turadigan 
sirtidagi  katta bir kraterni  «Ulug‘bek krateri»  deb atagan.
30


Atoqli  astronom  Yan  Geveliy 
1647  yili 
nashr  qilingan 
«Selenografiya»  kitobida Oydagi  kraterlaming ikkitasi vatandoshlarimiz 
Ahmad Farg'oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi  bilan atalishini ta’kidlagan.
Biz-chi? 
Buyuk  bobolarimizni  va  ularning  asarlarini  qanchalik 
bilamiz?
BU  QIZIQ!
Abu  Ali  ibn  Sinoning  yozishicha,  u  buyuk  yunon  faylasufi 
Aristotelning  «Metafizika»  kitobini  11  marotaba  o‘qib,  tushuna 
olmagan  ekan  va  bundan  ma’yus  tortib,  hafsalasi  pir  bo‘lib, 
kitobni  tokchaga  tashlab  qo‘ygan  ekan.  Kunlardan  bir  kuni  u 
kambag‘al,  bechora  bir  kishi  qo‘lidagi  kitobni  odamlardan  sotib 
olishlarini  yolvorib  turganini,  yeyishga  bir  burda  noni  ham 
yo‘qligini aytib, zorlanib turganini ko'rib qolibdi.
Ibn  Sino  rahmi  kelib,  kitobni  ko‘rib  ham  o‘tirmay,  sotib 
olibdi-da, 
uyga 
kelib 
varaqlay 
boshlabdi. 
Ko‘ribdi-yu, 
xursandchiligi  ichiga  sig‘may  ketibdi.  Kitob,  o‘zi  izlab  yurgan, 
Farobiyning  Aristotelning  «Metafizika»  kitobiga  yozgan  sharhi 
ekan.  Kitobni  bir  marta  o‘qib  chiqishdayoq, 
Aristotelni 
tushunib, uni to‘la o‘zlashtirib olgan ekan.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish