(ixtisoslashgan) jism harakatda yoki osoyishtalikda deb ifodalaydigan
fikr atributlari (harakat yoki osoyishtalik) to ‘g ‘risidagi tasavvurlar bilan
birlashib,
sifati
yoki
holati
bilan tavsiflanadigan
predm etlar guruhini
hosil qiladi. Demak, stoiklarning kategoriyalar to ‘g ‘risidagi ta ’limoti
jism lam i ular fikr qilinadigan tasavvurlar b o ‘yicha tasniflashdan iborat.
Bunda jism lar o ‘z xossalari va m unosabatlari bilan yoki ularsiz fikr
qilinishi mumkin. N im a b o ‘lganda ham, jism barcha kategoriyalarning
substrati
(gavdalantiruvchisi),
kategoriyalar
esa
m avjudotning
(borliqning) jinslari deb fikr qilinishi kerak.
Lekin barcha narsalam ing oliy jinsi
“mavjudot”
emas, balki
“qandaydir bir narsa”dir. M avjud narsa “qandaydir bir narsa”ning turi.
“M avjudot” har doim m oddiy mavjudotdir. Biroq “qandaydir bir narsa”
jism siz ham bo ‘lishi mumkin. “M avjudot” — bu faqat ta’sir
etuvchi va
ta’sirlanuvchi narsa. Biroq jism gina ta’sir etishi, harakatda b o ‘lishi
mumkin. Aynan m ateriya har qanday m avjudlikning yoki m ohiyatning
asosidir. Lekin m ateriya yakka predmetni boshqa predm etlardan farq
qilib turadigan holda yaratishi
uchun
yana kuch
ham
zarur.
M oddiylikdan ham da ta ’sir etish va ta ’sirlanish qobiliyatidan tashqari,
jism g a uch o ‘lchamdagi
ко 'lam
ham xosdir.
M avjudlikning substansialligidan farqli o ‘laroq va m ateriyaning
substansiallik ibtidosiga tegishli bo ‘lmagan
jism sizlik
ham mavjuddir.
Stoiklar jism siz narsalam ing to ‘rt turini:
fazo, vaqt, bo'shliq va “s o f ’ fik r
predmetlarini
farq qiladilar.
Fazo —
bu jism iy,
moddiy narsa bilan
to'ldirilish qobiliyatiga ega “qandaydir bir narsa”dir, u chegaralangan.
Bundan farqli o ‘laroq,
bo'shliq
chegaralanm agan, y a’ni cheksizdir.
Stoiklarda yaxlit olamni ifodalaydigan so ‘z b o ‘lmagan. Fazo va bo ‘shliq
jism ning m avjudligi bilan birga zohir b o ‘ladigan, ifodalanadigan
narsalardir. Stoiklar
vaqtni
harakat ko ‘lami yoki dunyoviy harakat
ko'lam i sifatida tavsiflashadi. Fazo singari, vaqt ham o ‘lchamga,
k o ‘lam ga ega. Fazo va vaqt jism bilan birgalikda mavjud.
B unda fazo
borliqning m oddiy jihati bilan, vaqt - faoliyatli jihati bilan bog'liq.
Jism larga fazo va vaqtdan tashqari, yana so f fikr predmetlari - “lektalar”
xosdir. Fazo va vaqt yaqqol ta sa w u r qilinadigan narsalar bo ‘lsa, “lekta”
— tushunchadir.
Lekta
- jin s tushuncha b o ‘lib, barcha m avjud narsalarga,
ularning aksidensiyalariga tegishlidir.
Stoiklar fikricha, m avjudotlar
jinslari bu - sifat ham, holat ham,
m unosabat ham emas; ular muayyan sifatga, holatga va boshqa
predmetlarga m unosabatda bo'lgan predmetlardir. Sifat,
holat va
m unosabat oddiy jin s tushunchalar, so f fikr predmetlaridir.
2 Л I