. Bu olimlaming “Alp Er T o'ng'a” dostoniga-
oid tadqiqotlarini
yangi avlodga raansub adabiyotshunoslarimiz M.Ibrohimov va Sh.
Xolmatovlar davom ettirdilar. Bu ishlaming yakuni sifatida Abdu-
rashid Abdurahimovning so'zboshisi va tahriri bilan 1995 yilda “Alp
Er T o'n g 'a yoki Afrosiyob jangnomasi” degan kitob nashr etildi.
Bu kitobning kirish qismida Alp Er To'ng'aga quyidagicha baho
berildi: “Alp Er T o'ng'a miloddan aw algi VII asrda Turon davlati
shakllanishiga asos solgan buyuk xoqondir... Eronliklar Alp xaqonni
Afrosiyob deb ataganlar. Og'zaki va yozma adabiyotda Alp Er To'n-
g'aning bahodirligini madh etuvchi katta doston yaratilgan. Doston
qahramonlik mavzuida bo'lib, uning tiklanishi turkiy xalqlar dos-
tonchiligi tarixini miloddan aw algi asrlardan boshlashga imkon
beradi. Alp Er T o'n g 'a haqidagi she'riy dostondan kelib chiqqan
holda adabiyotshunos olimlar bu qahramonga baho berishda tarix-
chilarirnizga nisbatan ancha dadil fikr bildirmoqdalar.
Tarixichilarimiz Alp Er To'ng'aga oid to'liq ma'lumotlami
tarixiy manbalardan topolmaganlari uchun ularda “Alp er T o'ng'a
tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy qahramonmi?” degan ikkilanishlar
bor. Buning yana bir sababi, Firdavsiyning “Shohnoma” asarida
Afrosiyob salbiy qahramon qilib ko'rsatilganligidir.
Buxoro tarixiga oid juda qimmatli ma'Iumotlar bergan Narshaxiy
yozadi :”Afrosiyob Romtan (Romitan) shahrini bunyod qilgan. Rom-
tan Buxorodan qadimiyroqdir. Afrosiyob har vaqt bu viloyatga kel-
ganda Romtanda turgan, boshqa joyda turmagan. Forsiylaming
kitoblarida aytilishicha, Afrosiyob ikki ming yil yashagan va jodugar
bo'lgan, asli Nuhpayg'ambaming o'g'illaridan ekan. U o'zining
Siyovush nomli kuyovini o'ldirgan. Siyovushning Kayxusrav nomli
o 'g 'li bo'lib, otasining xunini talab qilib Afrosiyobni o'ldirdi. Afro-
siyobning qabri Buxoroning M a'bad darvozasi yaqinidagi katta
tepalik ustidadir.
38
Narshaxiv o'z nomidan keltirgan tarixiy faktlarda Afrosiyobning
bunyodkor podshoh bo'lganini, Buxorodan ham qadimiyroq Romi-
tanrii qurganligini, bu viloyatga kelganda doim shu Romitanda tur-
ganligini, “Afrosiyob” nomi bilan bizgacha ctib kclgan tarixiy Romi-
tan qal'asi o'z davrining podsholari turadigau poytaxt shahar bo'lga
nini yozadi. Biz Buxoroning 2500 yillik to'yini o'tkazdik. Agar
Romitan undan ham oldin qurilgan bo'lsa, demak, bu joyni qurdirgan
Alp Er T o'ng'a - Afrosiyob miloddan oldingi ettinchi asrda yashab
o'tganiga ishonish mumkin.
Narshaxiyning bu ma'lumotlari tarixiy asosga ega bo'lganini
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilik,-da yozgan quyidagi satrlari
tasdiqlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: