muhim ahamiyatga ega.
Barcha bemorlar izolatsiya qilinishi va davolash uchun shifo-
xonaga yotqizilishi shart. Amyoba tashuvchilarni davolash ham
ðrofilaktik tadbirlarga kiradi. Sista tashuvchilar suv bilan ta’minlash
sistemasiga, oziq-ovqat muassasalariga, jamoa ovqatlanish tarmog‘i
hamda bolalarga xizmat ko‘rsatish joylariga qo‘yilmaydi. Bemorlar
najasi 5% li lizol bilan dezinfeksiya qilinadi. Choyshablar lizolning
3% li eritmasida namlanadi. Umumiy ðrofilaktik tadbirlar dizen-
teriyadagi kabi o‘tkaziladi. Kasallikning sðetsifik ðrofilaktikasi ishlab
chiqilmagan.
395
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Nazorat savollari
1. Dizenteriya amyobasining hayot sikli haqida gaðirib bering.
2. Odam amyobiaz bilan qachon kasallanishi mumkin?
3. Amyobiazning qanday shakllari mavjud?
4. Ichak amyobiazining qanday klinik shakllari farqlanadi?
5. Amyobiazni davolashni gapirib bering.
6. Amyobiazda shifoxonadan chiqarish shartlarini ayting.
7. Amyobiazda qanday ðrofilaktik tadbirlar o‘tkaziladi?
Òukli infuzoriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar
Infuzoriyalar uchun ko‘ðlab tuklar mavjudligi xos, ular butun
tanani qoðlab oladi va harakatlanish organellalari bo‘lib xizmat
qiladi. Ular jinssiz (ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan) va jinsiy, ya’ni
konyugatsiya (ikki jinsdagi turlar o‘zaro yadro almashadilar) yo‘li
bilan ko‘ðayadi. Balantidiylar yo‘g‘on ichak shiliq ðardalariga kirib
yallig‘lanish — yarali jarayonga sabab bo‘ladi. Natijada balantidiaz
rivojlanadi.
Balantidiaz (balantidiasis)
Balantidiylar (grekcha balantidium — xalta) — odamda ðarazitlik
qiluvchi sodda organizmlar ichida eng yirik vakildir. Vegetativ shakli
tuxumsimon cho‘zinchoq bo‘lib 30—150 mkm kattalikka ega.
Balantidiylar ko‘ð sonli kiðrikchalari hisobiga faol harakat qiladi.
Har xil oziq zarralari bilan oziqlanadi. Bularga bakteriyalar, zam-
burug‘lar va qon shaklli elementlari ham kiradi. Sitoðlazmasi hazm
va ikkita ajratish vakuolalariga ega. Najasda 3 soatgacha saqlanadi.
Sistalari shar shaklida bo‘lib, qalin qobiq bilan o‘ralgan. Kattaligi
50—60 mkm.
Balantidiylar cho‘chqalar ichagida yashaydi. Cho‘chqalar najasi
bilan ðarazit sistalari tashqi muhitga ajralib chiqadi, u yerda bir
necha hafta saqlanadi. Zararlangan suv yoki oziq moddalar bilan
sistalar og‘izga tushadi va odamning yo‘g‘on ichagida vegetativ
bosqichga o‘tib ko‘ðaya boshlaydi. Bemor yoki sista tashuvchi faqat
396
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
kam hollardagina balantidiylarning tarqalish manbai bo‘lishi mum-
kin, chunki odamda ba’zan va juda oz miqdorda ðaydo bo‘ladi,
vegetativ bosqichlari bilan esa zararlanish deyarli mumkin emas.
Bemorda ich ketishi, qorin og‘rishi, intoksikatsiya, qusish va
bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Najas esa shilimshiq va qon aralash bo‘ladi.
Kasallik subklinik, o‘tkir yoki surunkali shakllarda o‘tadi, ba’zan
o‘lim bilan tugashi mumkin.
Balantidiylarni aniqlash uchun yangi ajralgan najas tomchisi
natriy xloridning izotonik eritmasi bilan buyum oynachasida
aralashtiriladi va mikroskoðda tekshiriladi. Balantidiylar faol harakati
tufayli yaxshi ko‘rinadi. Ular tashqariga vaqti-vaqti bilan ajralib
chiqadi, shuning uchun ijobiy natija olinmagan holda ham bir necha
bor qayta tekshirish o‘tkazish zarur. Sista tashuvchilarda faqat ozroq
miqdorda sistalar toðilishi mumkin.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kasallik ðrofilaktikasining
asosiy shartlaridan hisoblanadi. Bu ayniqsa cho‘chqalarni ðar-
varishlashda o‘ta muhimdir. Suv va oziq-ovqat mahsulotlarini
ifloslanishdan saqlash zarur. Balantidiaz ko‘ðincha janubiy tuman-
larda uchrasa-da, sðoradik ravishda hamma joyda, ayniqsa cho‘ch-
qachilik xo‘jaliklarida ko‘ðroq uchraydi.
Nazorat savollari
1. Balantidiaz nima?
2. Balantidiylar odatda qayerlarda hayot kechiradi?
3. Bemorlarda balantidiylarni qanday usulda aniqlanadi?
4. Balantidiaz ðrofilaktikasi haqida gaðirib bering.
Xivchinlilar qo‘zg‘atadigan kasalliklar
Xivchinlilarning xarakterli belgilaridan biri ularda bir yoki bir
nechta xivchinlar mavjudligidir. Xivchinlilar tanasida xivchin asosida
maxsus organoid — kinetoðlast mavjud bo‘lib, u xivchin harakati
uchun energiya ishlab chiqaradi. Ayrim turlarida xivchinlarining
bittasi tana bo‘ylab va u bilan mayda ðarda orqali qo‘shiladi. Buning
natijasida to‘lqinsimon (undulatsiyalanuvchi) membrana hosil qiladi
va bu sodda organizmning oldinga harakatlanishini ta’minlaydi.
397
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Bu sinfning ko‘ð sonli turlaridan odam uchun ðatogen ahami-
yatga ega bo‘lganlari — leyshmaniyalar va triðanosomalardir. Ular
odamga qon so‘ruvchi hasharotlar orqali yuqadi. Xivchinlilarning
boshqa vakillari — lyambliyalar ichakda hayot kechiradi, tri-
xomonadalarning har xil turlari — ichakda, og‘iz bo‘shlig‘i va
siydik-tanosil yo‘llarida yashaydi. Bu sodda organizmlar juda keng
tarqalgan.
Leyshmaniozlar (leishmanioses)
Leyshmaniozlar — ðrotozoy transmissiv kasalliklar guruhi
bo‘lib, ko‘ðincha ichki a’zolar (visseral leyshmanioz) yoki teri va
shilliq ðardalar (teri leyshmaniozi) zararlanishi bilan xarak-
terlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — leyshmaniyalar. Leish-
mania troðica antroðonoz (shahar tiðidagi) teri leyshmaniozini
qo‘zg‘atadi. Leishmania major — zoonoz (cho‘l, qishloq tiðidagi)
teri leyshmaniozini qo‘zg‘atadi. Leishmania braziliensis — teri va
shilliq qavatlar (Amerika tiðidagi) leyshmaniozni qo‘zg‘atadi.
Leishmania donovani visseral yoki ichki leyshmanioz (Hindiston
kala-azari)ni qo‘zg‘atadi. Leishmania infantum — visseral (O‘rtayer
dengizi tiðidagi) leyshmaniozni qo‘zg‘atadi.
Leyshmaniyalar rivojlanish davrini ikki bosqichda o‘taydi:
xivchinsiz va xivchinli. Xivchinsiz shakli oval shaklida bo‘lib, uzunligi
2—6 mkm ga teng. Yadrosi sharsimon shaklda, hujayraning uchdan
bir qismini egallaydi. Yadroning yonida kinetoðlast bo‘lib, kalta
tayoqchani eslatadi. Romanovskiy usulida bo‘yaganda sitoðlazma
osmon rangida, yadro — qizg‘ish-binafsha rangda, kinetoðlast esa
yadroga nisbatan intensivroq rangda bo‘yaladi.
Ular umurtqali xo‘jayini (odam, itlar, kemiruvchilar) tanasida
uchraydi, makrofaglarda, ilik, taloq va jigar hujayralari ichida
ðarazitlik qiladi. Bitta zararlangan hujayrada bir necha o‘nlab
leyshmaniyalar aniqlanadi. Ular oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘ða-
yadi.
Xivchinli shakli harakatchan bo‘lib, uning xivchini 10—20 mkm
gacha uzunlikka ega. Uzunasiga bo‘linib ko‘ðayadi. Umurtqasiz
xo‘jayini hisoblangan iskabtopar (tarqatuvchi) organizmida rivoj-
lanadi.
398
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Leyshmaniyalar oziq muhitlarda, rivojlanayotgan tovuq em-
brioni hamda to‘qimalar kulturasida o‘stiriladi.
Eðidemiologiyasi. Visseral leyshmaniozning infeksiya manbai va
rezervuari itlar va itsimon yovvoyi hayvonlar (shoqollar, tulkilar)dir.
Odam ham bundan mustasno emas. Òeri leyshmaniozida infeksiya
manbai bemor odam hamda itlar bo‘lishi mumkin. Qishloq tiðidagi
leyshmaniozda har xil kemiruvchilar (katta qumsichqonlar, qizil
dumli qumsichqonlar, yumronqoziq, ðlastinkasimon tishli kemi-
ruvchilar va hokazolar) infeksiya manbai hisoblanadi.
Leyshmanioz tarqatuvchilar ðhlebotomus turidagi har xil mayda
chivinlar hisoblanadi. Mayda chivinlar bemor odam va kasal
hayvonlarni chaqishi natijasida zararlanadi. Yutilgan ðarazitning
xivchinsiz shakllari birinchi sutkadayoq harakatchan xivchinli
shakllarga aylanib, ko‘ðaya boshlaydi va 6—8 kundan keyin chivin
halqumida to‘ðlana boshlaydi. Sog‘lom odamni chivin chaqqan vaqtda
unga infeksiya yuqadi.
Leyshmanioz mavsumiyligi tarqatuvchining biologiyasiga bog‘liq.
Kasallik may oyidan boshlab noyabr oyigacha bo‘lgan vaqtda ko‘ð
uchraydi (eng ko‘ði avgust-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi). Endemik
o‘choqqa yangi kelgan kishilar orasida kasallanish ayniqsa juda
yuqori bo‘ladi.
Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiyaning kirish
darvozasi teri hisoblanadi. Zararlangan chivin chaqqan joyda bir
necha kundan so‘ng (yoki haftadan) uncha katta bo‘lmagan ðaðula
yoki yara hosil bo‘ladi va bu yerda leyshmaniyalar rivojlanadi.
Visseral leyshmaniozda leyshmaniyalar gematogen yo‘l bilan
butun organizmga tarqaladi va retikulo-endotelial sistema a’zolari
ilik, limfatik tugunlar, jigar va taloqda ushlanib qoladi. Bu a’zolarda
nekrotik va degenerativ jarayonlar rivojlanadi. Leyshmaniyalar
yig‘ilishi, qo‘shuvchi to‘qima o‘sishi va boshqa ðatologik jarayonlar
ta’sirida qon yaratuvchi to‘qimalar zararlanadi, bu esa anemiya va
leykoðeniyaga sabab bo‘ladi. Visseral leyshmaniozda ðatologo-
anatomik jihatdan taloq, ba’zan esa jigar kattalashadi va qat-
tiqlashadi.
Òeri leyshmaniozida asosiy o‘zgarishlar infeksiya kirgan joyda
kuzatiladi. U yerda sðetsifik granulema — leyshmanioma ðaydo
bo‘ladi. 3—6 oydan keyin granulemada nekrotik jarayonlar rivoj-
lanishi tufayli yara hosil bo‘ladi va keyinchalik u chandiqlanadi.
Ayrim ðaytlarda leyshmaniyalar qon oqimi bilan regionar limfatik
399
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
tugunlargacha yetib boradi va ularning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda hosil bo‘lgan infiltrat tuzilishi bo‘yicha
sil granulemasini eslatadi.
Klinikasi. Odamda leyshmaniozning quyidagi klinik shakllari
farqlanadi: 1) visseral leyshmanioz (kala-azar); 2) teri leysh-
maniozi (Borovskiy kasalligi) ðendin yarasi, sharq yarasi; 3)
Amerika teri va shilliq ðardalar leyshmaniozi (esðundiya).
Visseral leyshmanioz uzoq davom etadigan isitma, jigar va taloq
kattalashishi, kuchli leykoðeniya, kuchayib boruvchi anemiya bilan
xarakterlanadi. Òeri va teri-shilliq ðardalar leyshmaniozida terida uzoq
vaqtlargacha tuzalmaydigan yaralar hosil bo‘ladi.
Visseral leyshmanioz. Yashirin davri 3 haftadan 1 yilgacha
(ba’zan 2—3 yil) davom etadi. Kasallik asta-sekin boshlanib,
holsizlik, ishtaha ðasayishi va taloqning ozroq kattalashishi kuza-
tiladi. So‘ngra tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi. Isitma egri
chizig‘i odatda to‘lqinsimon xarakterda bo‘ladi. Bir sutka davomida
tana harorati 2—3 marta yuqori ko‘rsatkichlargacha ko‘tariladi. U
kuchli ter ajralishi bilan tushadi. Yuqori harorat vaqti-vaqti bilan
subfebril harorat bilan almashib turadi. Visseral leyshmaniozning
doimiy belgilari jigar va taloq kattalashishidir. Òaloq qorinning
uchdan ikki qismini egallashi mukin. Jigar taloqqa nisbatan kamroq
kattalashadi. Payðaslaganda ikkita a’zo ham qattiqlashgan va odatda
og‘riqsiz bo‘ladi. Limfatik tugunlar ham kattalashgan holda aniq-
lanadi, og‘riq sezilmaydi. Isitma to‘lqinlari va remissiya davrlari bir
necha kundan bir necha oygacha davom etadi.
Bemor ko‘zdan kechirilganda teri qoðlamlarining anemiya sababli
oqargani ko‘rinadi. Visseral leyshmaniozning ayrim ko‘rinishlarida
buyrak usti bezlari zararlanishi tufayli teri to‘q tus oladi. Gemorragik
sindromda ðetexial toshmalar toshadi. Bemor ahvoli og‘irlasha
boradi, u oriqlab ketib, anemiya va leykoðeniya kuchayadi. Kuchli
rivojlangan leykoðeniyada halqum va og‘iz bo‘shlig‘ida yarali-nekrotik
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Òeri leyshmaniozi. Òeri leyshmaniozining ikki turi farq qilinadi;
1) erta yara hosil bo‘ladigan (qishloq tiðidagi leyshmanioz), qisqa
yashirin davr bilan xarakterlanadi va 2) kech yara hosil bo‘ladigan
(shahar tiðidagi leyshmanioz), yashirin davr uzoqroq davom etadi.
Òeri leyshmaniozining zoonoz tiði (qishloq tiði, ðendin yarasi,
o‘tkir nekrozlanadigan teri leyshmaniozi) qisqa yashirin davr bilan
400
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
xarakterlanadi, u bir necha kundan 3 haftagacha davom etadi.
Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda konussimon bo‘rtma hosil bo‘ladi, uning
diametri 2—4 mm bo‘lib, u tez o‘sadi va bir necha kundan so‘ng 1—
1,5 sm gacha kattalashadi.
Bo‘rtma markazida nekroz rivojlanadi va nekrozga uchragan
to‘qimalarning ko‘chib tushishi natijasida 2—4 mm gacha bo‘lgan
yara hosil bo‘ladi. Uning atrofida katta infiltrat va shish ðaydo bo‘ladi.
Infiltrat nekrozga uchrashi tufayli yara tez kattalasha boradi. Ayrim
vaqtlarda juda katta, ya’ni 5 sm va undan ham katta diametrdagi
yaralar toshadi. Ular ko‘ð toshganda (leyshmaniozning bu tiðida bir
necha o‘nlab va yuzlab yaralar toshishi mumkin), ularning o‘lchami
odatda kichkina bo‘ladi. Yaralar atrofi notekis bo‘lib, tubi nekrotik
massa bilan yoðilganligi va seroz-yiringli ajralmalar aniqlanadi. 3-oyga
kelib, yaralar tubi tozalanadi, granulatsiya o‘sib va u ðaðillomani
eslatadi. Ortiqcha granulatsiyalar ko‘chib tushganidan keyin xarak-
terli g‘adir-budur yuza qoladi va uning markazida eðitelizatsiya
orolchalari ðaydo bo‘ladi. Jarayon 5 oydan so‘ng tugaydi. Ba’zi
vaqtlarda limfangit va limfadenitlar rivojlanadi.
Òeri leyshmaniozining antroðonoz tiði (shahar tiðidagi kech yara
hosil bo‘ladigan turi, ashxabadka). Yashirin davri 3—8 oy davom
etadi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda avvaliga 2—3 mm kattalikda bo‘rtma
yuzaga keladi. U asta-sekin kattalasha borib, uning ustidagi teri
qo‘ng‘ir-qizil tusga kiradi va 3—6 oydan keyin esa tangasimon ðo‘st
bilan qoðlanadi. U olib tashlanganda yara hosil bo‘ladi. Yara aylana
shaklda bo‘lib, tubi silliq yoki g‘adir-budur ko‘rinadi va yiringli ðarda
bilan qoðlangan bo‘ladi. Yara atrofida infiltrat hosil bo‘ladi, uning
ðarchalanishi natijasida yara kattalasha boradi. Yara qirralari notekis;
ajralmalar kam miqdorli bo‘ladi. Yara chandiqlana boshlaydi, bu
jarayon odatda kasallik boshlanganidan 1 yil keyin tugaydi, ba’zan
1,5—2 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Yara o‘rnida chandiq qoladi, u
avval och qizil, so‘ngra oq rangda ko‘rinadi va atrofiyaga uchraydi.
Yaralar soni 1—3 ta (10 tagacha), ular odatda chivinlar chaqa
oladigan terining ochiq joylariga (yuz, qo‘l) toshadi. Ba’zida katta
zonalarni zararlaydigan diffuz-infiltratsiyalanuvchi leyshmanio-
malar (ko‘ðincha kaftda, ðanjalarda) aniqlanib, ular yaralarga
aylanmaydi va chandiqlanmaydi.
Òashxisi. Visseral leyshmaniozni aniqlashda eðidemiologik
ma’lumotlar (oxirgi 1—2 yil ichida endemik joylarda bo‘lganligi),
401
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
xarakterli klinik belgilar (kundan-kunga holsizlanish, anemiya,
jigar va taloqning kattalashishi, isitma) ahamiyatga ega. Qonda
anemiya, leykoðeniya, trombositoðiya, ECHÒ ning kuchli oshishi
kuzatiladi. Leyshmaniyalarning ilik va limfatik tugunlar ðunktatida
toðilishi tashxisning tasdig‘i hisoblanadi. Agar leyshmaniyalar
toðilmasa, qo‘shimcha usullar sifatida serologik reaksiyalardan
foydalaniladi. Serologik reaksiyalardan KBR va leyshmaniyalar
kulturalaridan olingan antigen bilan qo‘yiladigan lateks-aggluti-
natsiya reaksiyasi qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda juda sezgir usullardan biri
leyshmaniyalar kulturasidan olingan antigen bilan qo‘yiladigan
immunofluoressensiya reaksiyasi hisoblanadi. Leyshmanozning teri
shakliga tashxis qo‘yishda xarakterli klinik belgilar katta ahamiyatga
ega va infiltrat yoki bo‘rtmadan olingan materialda qo‘zg‘atuvchilarni
aniqlash tashxisning tasdig‘i hisoblanadi.
Davolash. Visseral leyshmaniozni davolashda surmaning har xil
ðreðaratlaridan faqat solyusurmin ishlatiladi. Preðarat sutkasiga 0,1—
0,15 g dan 1 kg tana vazni hisobida bemor yoshi va ahvoliga qarab
tayinlanadi (4-jadval).
4-jadval
Leyshmaniozda solyusurmin bilan davolash sxemasi
(N. A. Mirzoyan bo‘yicha)
i
l
o
v
h
a
a
v
i
h
s
o
y
g
n
i
n
r
o
m
e
B
g
k
/
g
,
i
r
o
d
q
i
m
t
a
r
a
p
e
r
P
a
h
c
a
t
r
‘
O
h
s
a
l
o
v
a
d
i
t
a
d
d
u
m
)
a
d
r
a
l
n
u
k
(
i
h
c
n
i
r
i
B
a
t
r
a
m
h
s
i
r
o
b
u
y
i
h
c
n
i
k
k
I
a
t
r
a
m
h
s
i
r
o
b
u
y
a
v
i
h
c
n
i
h
c
U
g
n
i
n
h
s
a
l
o
v
a
d
a
h
c
a
g
i
r
i
x
o
i
g
n
i
y
e
k
r
a
l
h
s
i
r
o
b
u
y
k
i
f
o
r
t
s
i
D
z
i
s
r
a
l
z
i
s
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
a
h
c
a
g
h
s
o
y
7
r
a
l
a
l
o
b
n
a
g
l
‘
o
b
a
v
r
a
l
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
k
i
f
o
r
t
s
i
D
a
q
h
s
o
b
i
r
a
l
k
i
l
l
a
s
a
k
a
h
c
a
g
h
s
o
y
7
n
a
g
n
a
l
q
i
n
a
r
a
l
a
l
o
b
n
a
g
l
‘
o
b
r
a
l
a
l
o
b
i
g
a
d
h
s
o
y
4
1
—
7
a
t
t
a
k
n
a
d
h
s
o
y
4
1
r
a
l
r
o
m
e
b
5
0
,
0
4
0
,
0
4
0
,
0
4
0
,
0
1
,
0
8
0
,
0
7
0
,
0
7
0
,
0
5
1
,
0
2
1
,
0
2
1
,
0
1
,
0
2
1
—
0
1
5
1
—
4
1
4
1
—
2
1
6
1
—
4
1
26 – Yuqumli kasalliklar
402
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Sulyusurminning sutkalik miqdorini bolalarga bir marta, katta-
larga esa 2 marta — ertalab va kechqurun yuboriladi. Davolash
jarayonida inyeksiyalar har kuni tanaffussiz qilinishi zarur.
Solyusurmin mushak orasiga yoki venaga yuboriladi.
Ikkilamchi mikroflorani yo‘qotish uchun antibiotiklar (amðit-
sillin, oksasiillin, tetrasiklin) tayinlanadi. Qon yaratilishini susay-
tiradigan ðreðaratlar (levomitsetin, sulfanilamidlar) imkon boricha
qo‘llanmaydi. Vitaminlar va antianemik ðreðaratlar tayinlanadi.
Ulardan glukantim — metilglukamin antimoniat kattalarga
sutkasiga 12—20 ml dan mushak orasiga 14 kun davomida, ðen-
tostam — surma glukonatning natriyli tuzi mushak orasi yoki venaga
kuniga 6 ml dan jami 6—10 inyeksiya, solyustibozan — surma
glukonat mushak orasi yoki venaga 1-kun 6 ml, keyingi kunlar —
12 ml dan jami 120 ml gacha tayinlanadi.
Organizmning immunobiologik kuchini oshirish uchun umum-
quvvat bo‘luvchi, ya’ni to‘la qimmatli, yuqori kaloriyali ovqatlar,
qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar va vitaminlar tayinlanadi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik
ðrofilaktikasi infeksiya o‘choqlarida kasal itlar va infeksiya tarqa-
tuvchilari hisoblangan chivinlarni o‘ldirishga qaratilgan. Zoonoz
tiðdagi teri leyshmanozi ðrofilaktikasida infeksiya manbai bo‘lmish
kemiruvchilar yo‘qotiladi. Òurar joylar va ishlab chiqarish joylarida
har xil chiqindilarni yo‘qotish va 10% li xlorli ohak eritmasi bilan
dezinfeksiya qilish zarur. Chunki bunday dezinfeksiya chivinlar
lichinkasini o‘ldiradi.
Odamlarni iskabtoparlardan himoya qilish uchun turar joy va
ishlab chiqarish binolari derazalariga to‘r pardalar tutiladi. Òananing
ochiq joylarini hasharotlardan himoya qilish uchun maxsus suyuq-
liklar bilan artish mumkin.
Keyingi vaqtlarda leyshmaniyalarning tirik kulturalari bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |