M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)


Umumiy qism

Yuqumli kasalliklar shifoxonasining

tuzilishi va rejimi

Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi infeksiya

manbai bo‘lmish yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni to‘liq

izolatsiya qilish va shifoxona ichi (nozokomial, gosðital) infek-

siyalarining oldini olishga moslashtirilgan.

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni shifoxonaga

yotqizishda quyidagi qoidalarga amal qilish shart:

– qabul bo‘limida birlamchi tashxisni to‘g‘ri qo‘yish;

– shifoxonaga tushgan bemorni albatta sanitar tozalovidan

o‘tkazish;

–  bemorlarni bo‘limga yotqizishda, infeksiyaning yuqish

mexanizmini hisobga olish, ya’ni nozologik ðrinsið asosida bemor-

larni alohida yotqizish (kasallik yuqmasligi  uchun);

– aralash (ikkita va undan ortiq) infeksiyasi bo‘lgan bemorlarni

individual (yakka) holda yotqizish;

– bemorlarni boshqa bo‘limga asosli holda o‘tkazish.

Yuqumli kasalliklar bo‘limlari alohida binolarda joylashgan. Agar

yuqumli kasalliklar shifoxonasi ko‘ð qavatli bo‘lsa bemorlarni

qavatlar bo‘yicha joylashtirish zarur. Bunda havo-tomchi infek-

syalari bilan og‘rigan bemorlar yuqori qavatlarga joylashtiriladi.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolash bo‘limlaridan tashqari

yordamchi bo‘limlar ham mavjud bo‘lib, bular rentgen xonasi,

fizioteraðiya, tibbiy statistika bo‘limi, markaziy sterilizatsiya bo‘limi

va boshqalardir. Yirik shifoxonalar tarkibida bakteriologik, viru-

sologik, radioimmunologik, klinik va biokimyoviy laboratoriyalar,

reanimatsiya bo‘limida esa eksðress laboratoriya bo‘ladi. Santexnik

tuzilmalar va xo‘jalik bo‘limlari shifoxona hududida, lekin davolash

binolaridan uzoqroqda  joylashtiriladi.

Shifoxonaga kelgan  har bir bemor dastlab qabul  bo‘limiga

tushadi. Bu yerdan ular ðalatalar yoki bokslarga joylashtiriladi,

bunda bemorlar shifoxonaga tushgan vaqtdan boshlab shifoxonadan

chiqqunga qadar boshqa turli infeksiyalarga chalingan bemorlar

bilan aloqada bo‘lmasliklari zarur. Shifoxonaga tushgan bemorlar

maxsus bokslarda qabul qilinadi. Bemorlarni ko‘zdan kechiradigan

bokslarning alohida kirish va chiqish eshiklari bo‘ladi. Bundan

tashqari boksdan qabul bo‘limi koridoriga yana bitta kirish eshigi



24

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

bo‘lib, undan faqat tibbiy xodimlar foydalanadilar. Boksda xodim-

lar uchun xalatlar, kushetka, yozuv stoli, shoshilinch yordam

ko‘rsatish uchun dorilar to‘ðlami bo‘lgan shkafcha, termo-

metrlar, shðrislar, tahlilga material olish uchun steril tamðonlar

va boshqalar bo‘lishi kerak.

Qabul bo‘limida boshqa binolardan ajratilgan va aralash infeksiyali

bemorlarni izolatsiya qilishga mo‘ljallangan maxsus bokslar yoki

ðalatalar bo‘lishi zarur.

Bo‘limlardagi bemorlar joylashtiriladigan xonalar gigiyenik

talablarga javob berishi, tiðik loyihalarga asosan esa ðalatalar bir va

ikki o‘rinli bo‘lishi kerak.

Palatalarda nisbiy namlik 50% dan ko‘ð bo‘lmasligi zarur.

Palatalar yetarlicha tabiiy yoritilgan bo‘lib, ventilyatsiya bilan

ta’minlanishi kerak. Bo‘limlardagi sanitar-gigiyenik rejim muntazam

ravishda ðalatalar va boshqa xonalarni tozalash, dezinfeksiya va

dezinseksiya qilish, bemorlarni yuvintirish, ich kiyim va ko‘rða-

to‘shak, choyshablarini almashtirib turish orqali amalga oshiriladi.

Har bir bemor (ahvoliga qarab) haftada bir marta gigiyenik

vanna yoki dush qabul qiladi. Mazkur muolaja shifoxonadan

chiqishdan oldin ham qabul qilinadi va shundan keyingina bemor

o‘zining toza va dezinfeksiyalangan kiyimlarini oladi. Shifoxonadan

chiqishda bemorga rejim va ovqatlanish bo‘yicha foydali maslahatlar

beriladi.

Shifoxona ichi (nozokomial, gosðital) infeksiyalar ðrofilaktikasi.

Shifoxonada ðaydo bo‘lgan yoki aniqlangan, yuqumlilik tabiatiga ega

bo‘lgan kasalliklar odatda nozokomial infeksiyalar deyiladi. Hozirgi

kunda «shifoxona ichi infeksiyalari» termini ishlatiladi. Bu guruh

infeksiyalarga xizmatdagi xodimlarning mazkur joyda kasallik

yuqtirishi ham kiradi.

OIÒS bo‘yicha eðidemiologik vaziyat hamda infeksiyaning

shifoxona ichida tarqalish xavfining mavjudligi ayniqsa o‘ta hush-

yorlik va ma’suliyatni talab qiladi.

Shifoxonaning qabul bo‘limi eðidemiyaga qarshi birinchi to‘siq

bo‘lib xizmat qiladi. Bemor shifoxonaga tushganda infeksiyaning

boshqa bo‘limlarga tarqalishining oldini oladigan ehtiyot choralari

ko‘rilishi shart. Bular quyidagilardan iborat: bemorni individual

(yakka) qabul qilish, to‘liq eðidemiologik anamnez yig‘ish va

bemorni ðuxta tekshiruvdan o‘tkazish. Yuqumli kasallik turi aniq-


25

Umumiy qism

langan bemorni zudlik bilan izolatsiya qilish va tegishli bo‘limga

o‘tkazish.

Isitmalayotgan bemorlar qoni gemokultura va bezgak, OIÒS,

toshmali tif, seðsis kabi kasalliklarga tekshiriladi (klinik belgilar

hisobga olingan holda).  Ichak funksiyasi buzilgan bemorlar najasi

bakteriologik tekshiriladi.Bundan tashqari ularda gelmintlar bor-

yo‘qligiga alohida e’tibor beriladi.

Shifoxonaga oziq-ovqat bloklaridan infeksiyaning oziq-ovqat

mahsulotlari orqali kirishining oldini olish maqsadida mahsulot-

larning to‘g‘ri saqlanishi va ularning tayyorlanishi bo‘yicha qat’iy

nazorat o‘rnatiladi.

Dezinfeksiya va sterillash tadbirlarining izchil bajarilishi ham

shifoxona ichi infeksiyalarining tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Shifo-

xona ichi infeksiyasi aniqlangan taqdirda uning keyingi tarqalishiga

yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha chora-tadbirlar ko‘riladi (karantin

e’lon qilish, ðalatalarni kvars lamðalari bilan nurlantirish va b.).

Infeksiyaning shifoxonaga (ayniqsa somatik) bemorlarni kelib

ko‘ruvchilar orqali kirishi ham mumkinligini hisobga olib, bemor-

lar oldiga qarindoshlari va tanishlarining tashrif buyurishi yoki ular

tomonidan ðarvarish qilinishi yuqumli kasalliklar bo‘limlarida

qat’iy man qilinadi.

Aholi yashaydigan joylarda sanitar-gigiyenik holatning yaxshi-

langani, aholi sanitar madaniyatining oshganligi, yuqumli kasal-

liklar bilan kasallanishning kamayganligi tufayli hozirgi vaqtda

shifoxona ichi infeksiyalari keskin kamaygan.

Nazorat savollari

1. «Infeksiya», «infeksion jarayon» va «yuqumli kasallik»

terminlari nimani anglatadi?

2. Infeksiyaning qanday turlarini bilasiz?

3. Yuqumli kasalliklarning etiologik, klinik va immunologik

xususiyatlari haqida gaðirib bering?

4. Mikroorganizmlar ðatogenligi, virulentligi, invazivligi va

toksigenligi nima?

5. Kasallik qanday davrlar bilan kechadi?

6. Isitma egri chizig‘ining qanday tiðlarini bilasiz?



26

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

7. Òoshmalar haqida gaðirib bering.

8. L.V. Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha yuqumli kasal-

liklarni  gapirib bering.

9. Ichak, nafas yo‘llari, qon (transmissiv) va tashqi qoðlamlar

infeksiyalariga misollar keltiring.

10. Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishini gapirib

bering.


11. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish

qoidalari haqida gaðirib bering.

12. Shifoxona ichi infeksiyasi (nozokomial infeksiya) nima?

Yuqumli kasalliklar haqida asosiy ma’lumotlar

boyicha testlar va vaziyatli masalalar

1.Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lmasligi mumkinmi?

A) ha;                  B) yo‘q.

2. Yuqumli kasalliklar hech qanday klinik belgilarsiz kechishi

mumkinmi?

A) ha;                  B) yo‘q.

3. Yuqumli kasalliklar shifoxonasining qabul bo‘limida bemor-

dan tekshirish materiallari olish mumkinmi?

A) ha;                  B) yo‘q.

4. Reinfeksiya nima?

A) mazkur qo‘zg‘atuvchi bilan qayta zararlanish;

B) birinchi infeksiya yo‘qolmasdan ikkinchisi qo‘shilishi;

C) infeksiya tashuvchanlik;

D) uzoq cho‘zilib davom etadigan yuqumli kasallik;

E) kasallikning o‘tkir boshlanishi.

5. Patogenlik nima?

A) mikrobning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati;

B) mikrobning to‘qimalarga kirish qobiliyati;

C) mikrobning toksinlar ishlab chiqarish qobiliyati;

D) mikrobning sðora hosil qilish qobiliyati;

E) mikrobning kaðsula hosil qilish qobiliyati.

6. Doimiy isitma nima?

A) ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘i 2–2,5°C;

B) ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘i 1°C atrofida;

C) sutkalik harorat 38°C dan oshmaydi;


27

Umumiy qism

D) yuqori harorat bir sutka davomida normal harorat bilan

almashadi;

E) ertalabki harorat kechqurungiga nisbatan yuqori bo‘ladi.

7. Bokslardan nima maqsadda foydalaniladi?

A) bemorlarni alohidalash xonasi;

B) kiyinish xonasi;

C) yuvinish xonasi;

D) A va C;

E) to‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan.

8. Yuqumli kasalligi bo‘lgan bemorlarni nozologik ðrinsið asosida

alohida yotqizishga sabab nima?

A) tekshiruv o‘tkazish osonlashadi;

B) davolash usullari o‘xshashligi uchun;

C) o‘zaro kasallik yuqmasligi uchun;

D)  B va C;

E) to‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan.

9. Yuqumli kasalliklarda qanday toshmalar uchramaydi?

A) rozeola;

B) ðetexiya;

C) ðaðula;

D) ðustula;

E) barchasi uchrashi mumkin.

10. Qaysi javobda isitma turlari to‘g‘ri yozilgan?

A) doimiy;

B) subfebril;

C) qaytalama;

D) to‘lqinsimon;

E) barchasi to‘g‘ri.

11. Yuqumli kasalliklarning klinik xususiyatlari qaysi javobda

noto‘g‘ri yozilgan?

A) kasallikning sog‘lom odamga yuqishi;

B) kasallikning avj olishi;

C) yashirin davri;

D) boshlanish davri;

E) rekonvalessensiya.

12. Ichak infeksiyalari guruhiga kirmaydigan kasallikni ko‘rsating.

A) dizenteriya;

B) difteriya;

C) salmonelloz;



28

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

D) botulizm;

E) qorin tifi.

13. Invazivlik bu....

A) mikroorganizmlarning ðatogenlik darajasi;

B) mikroorganizmlarning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati;

C) mikroorganizmning to‘qima va a’zo organlariga kira olish va

ularda tarqalish xususiyati;

D) mikroorganizmning endo- va ekzotoksinlar ishlab chiqarish

qobiliyati;

E) yuqumli kasalliklardan keyin immunitet hosil bo‘lish

jarayoni.

14. Subfebril haroratda....

A) ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq 1°C dan

oshmaydi;

B) bir necha kun, hatto hafta davomida isitma egri chizig‘i

to‘lqinsimon ko‘tarilib va tushib turadi;

C) tananing yuqori harorati sutka davomida albatta normal

harorat bilan almashadi;

D) tana haroratining sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan osh-

maydi;

E) ertalabki va kechqurungi harorat (normaga tushmagan



holda) oralig‘idagi farq 2–2,5°C ga yetadi.

15. Pustula bu....

A) terining yaxlit qizarishi;

B) ichida yiring bo‘lgan ðufakcha;

C) seroz (tiniq) suyuqligi bo‘lgan ðufakcha;

D) har xil kattalikdagi tuguncha;

E) kuchli qichishish bilan kechadigan toshma.

1-masala


Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 45 yoshdagi bemor olib

kelindi. Bemor bosh og‘rig‘i, holsizlik, tana haroratining biroz

ko‘tarilganligi, uyquning buzilganligi va ishtahaning ðasaygan-

ligidan shikoyat qildi. Demak, ko‘ðgina yuqumli kasalliklarga xos

bo‘lgan umumiy belgilar kuzatilgan.

1. Yuqumli kasalliklar rivojlanishida necha davr farqlanadi?

2. Bemor kasallikning qaysi davrida murojaat qilgan?

3. Bu davrdan oldingi davr qanday ataladi?



29

Umumiy qism

2-masala


Shifoxonaga 36 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorni eshitib

ko‘rilgandan keyingi tekshirish natijasida qorin sohasidagi tosh-

malar e’tiborni o‘ziga tortdi. Bu toshmalar diametri 3 mm atrofida

bo‘lib, 6 dona edi. Ular teridan ozroq ko‘tarilgan, o‘zaro qo‘shilib

ketmagan holda alohida-alohida joylashgan va shisha bilan bosib

ko‘rilganda yoki atrofidagi teri ozroq tortilganda toshma yo‘qoladi va

qo‘yib yuborilganda yana ðaydo bo‘ladi.

1. Bunday toshmalar qanday nomlanadi?

2. Òoshmalarning qanday turlarini bilasiz?

3. Bemorni ko‘zdan kechirganda toshmalardan tashqari yana

nimalarga e’tibor berish kerak?

3-masala


Shifoxonada davolanayotgan bemorning tana harorati 40°C

bo‘lib, u uch kun oldin yotqizilgan edi. Hamshira bemorda tana

haroratining birdaniga tusha boshlaganini ðayqadi. Bemor ahvoli

tezda og‘irlashdi. Hamshira zudlik bilan vrachga murojaat qildi va

tegishli yordam ko‘rsatildi.

1. Òana haroratining bunday birdaniga tushishi nima deb ataladi?

2. Haroratning bunday tushishi qanday yuqumli kasallikda uch-

rashi mumkin?

Yuqumli kasalliklarning umumiy eðidemiologiyasi

Eðidemiologiya – bu eðidemik jarayon qonuniyatlari, uning

odamlar orasida vujudga kelishi va tarqalish sabablari, ðrofilaktika

qilish usullari va tadbirlari haqidagi fan (ta’limot)dir.

Òurli yuqumli kasalliklarda eðidemik jarayonning o‘xshashligi,

qolaversa uning umumiyligi sababli umumiy eðidemiologiya, hamda

har bir yuqumli kasallik o‘ziga xos eðidemik jarayonni xarak-

terlaydigan sðetsifik xususiyatlarga egaligi tufayli xususiy eðide-

miologiya vujudga keldi.

Eðidemik jarayon

Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining kishilar jamoasi

orasida tarqalishi eðidemik jarayon deyiladi. Eðidemik jarayon

quyidagi uchta zaruriy sharoit (harakatlantiruvchi kuchlar) mavjud


30

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

bo‘lgandagina vujudga keladi: 1. Infeksiya manbai. 2. Infeksiyaning

yuqish mexanizmi. 3. Aholining kasallikka moyilligi. Ko‘rsatilgan bu

sharoitlardan birortasi bo‘lmasa, eðidemik jarayon to‘xtaydi. Shuni

ham aytish zarurki, bu sharoitlarning mavjudligigina eðidemik

jarayon rivojlanishi uchun yetarli emas. Imkoniyat qulay sharoitlar

bo‘lgandagina reallikka aylanadi. Odamning bunday hayotiy sharoit-

lariga tabiiy va ijtimoiy sharoitlar kiradi.

Eðidemik jarayonning birlamchi elementi eðidemik o‘choqdir.

Eðidemik o‘choq – bu infeksiya manbaining konkret holatda

mazkur infeksiyaning atrofdagi kishilarga yuqishi mumkin bo‘lgan

ma’lum territoriyasi hisoblanadi. Eðidemik jarayonning quyidagi

darajalari farqlanadi:

1. Sðoradik kasallanish – kasallanishning onda-sonda uchrab

turishi.

2. Eðidemiya – mazkur joyda kasallanishning ancha ko‘ð uch-

rashi (sðoradik kasallanish darajasidan 3–5 marta va undan ortiq

ko‘ðayishi).

3. Pandemiya – grekcha «umumxalq» degan ma’noni anglatadi.

Ko‘ð mamlakatlar va hatto mintaqalarni qamrab oluvchi katta

eðidemiya – ðandemiya deyiladi (masalan, 1889, 1918, 1957 va

1968-yillardagi griðð ðandemiyasi, 1894-yildagi o‘lat ðande-

miyasi).

Shunday kasalliklar borki, bu kasalliklarning yovvoyi hay-

vonlar (masalan, kemiruvchilar, qushlar va b.) orasida tabiiy

rezervuarlari mavjud. Kasallikning tarqalishi bu hayvonlar va

kasallik tarqatuvchilar (bo‘g‘imoyoqlilar) yashashi uchun qulay

bo‘lgan ma’lum territoriyada chegaralanadi. Bunday kasalliklar

tabiiy o‘choqli kasalliklar deb ataladi. Bunday infeksiyalarga o‘lat,

tularemiya, kanadan yuqadigan rikketsiozlar, leyshmaniozlar va

boshqalar kiradi.

Infeksiya manbai. Bemor yoki kasal hayvon infeksiya manbai

hisoblanadi. Kasallik bemordan ham, bakteriya tashib yuruv-

chilardan ham yuqadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari odam organizmidan

tashqi muhitga u yoki bu fiziologik (nafas chiqarish, siydik ajratish,

defekatsiya) yoki ðatologik (yo‘tal, balg‘am ajratish, qusish)

yo‘llar orqali ajralib chiqadi.

Bemorlar infeksiyaning har qanday shaklida ham yuqumlidirlar.

Kasallikning yengil va belgilarsiz shakllarida yuqumlilik davri qisqa


31

Umumiy qism

bo‘lishi mumkin. Ammo bunday bemorlar kasallikning tiðik shakli

bilan og‘rigan bemorlarga qaraganda ancha xavflidirlar, chunki kasal-

lik ko‘ðincha aniqlanmay qolib, ular jamoada infeksiya tarqatib yuradilar.

Infeksiya tashuvchanlik. Bu holat infeksiya manbai sifatida,

ayniqsa meningokokk infeksiyasida, difteriya, qorin tifi va boshqa

kasalliklarda juda katta rol o‘ynaydi. Òashuvchanlik odatda qisqa

muddatli bo‘ladi, lekin ayrim hollarda u bir necha oy, hatto

yillargacha cho‘zilishi mumkin. Uzoq muddatli tashuvchanlik va

bakteriya ajratib yuruvchanlikka odatda surunkali yallig‘lanish

o‘choqlari bo‘lgan kishilar sharoit yaratadilar. Masalan, difteriya

tayoqchalari tashuvchanligida surunkali tonzillitlar, surunkali

rinitlar, qorin tifi tayoqchalari tashuvchanligida xolangitlar,

angioxolitlar va xolesistitlar muhimdir.

Òabiiyki, zoonozlar qishloq xo‘jalik tumanlarida keng tarqalgan.

Uy hayvonlari bilan birga yovvoyi hayvonlar ham kasallik manbai

bo‘lib hisoblanadi. Hayvonlar odamda uchraydigan ko‘ðgina yu-

qumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy manbai hisoblanadi.

Infeksiyalar eðidemiologiyasida ornitoz va salmonelloz kabi kasal-

liklar qo‘zg‘atuvchilari manbai sifatida qushlar ham ma’lum

ahamiyatga ega.

Infeksiyaning yuqish mexanizmi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining

bemor organizmidan ajralib chiqish yo‘li organizmda uning bevosita

joylashgan yeriga bog‘liqdir. Masalan, ichak infeksiyalarida qo‘z-

g‘atuvchilar defekatsiyada, nafas yo‘llari infeksiyalarida nafas

chiqarishda va aksa urishda ajralib chiqadi. Ko‘ð qo‘zg‘atuvchilar

tashqi muhitda tezroq nobud bo‘lishi mumkin. Shuning uchun

qo‘zg‘atuvchilarning noqulay omillarga chidamliligi katta ahamiyatga

ega. Masalan, meningokokk infeksiyasi, so‘zak kasalliklari qo‘z-

g‘atuvchilari tashqi muhitda juda tez – bir necha minutlar ichida

nobud bo‘lsa, kuydirgi, qoqshol va botulizm kabi kasalliklar

qo‘zg‘atuvchilari sðora hosil qilgan holda tuðroqda yillar va hatto o‘n

yillar davomida saqlanishi mumkin. Go‘sht, sut va turli kremlarda

ko‘ðgina yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat uzoq vaqt-

gacha saqlanadi, balki bu mahsulotlarda ular ko‘ðayadi.

Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmiga

ko‘ra, infeksiya yuqishining quyidagi turlari farqlanadi.


32

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Havo-tomchi yo‘li bilan yuqish. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari be-

morning nafas yo‘llaridan tashqi muhitga yo‘talganda, aksa urgan-

da, gaðlashganda so‘lak zarrachalari bilan ajralib chiqadi va nafas

olish orqali sog‘lom organizmga tushadi. Bunday yo‘l bilan o‘tadigan

qo‘zg‘atuvchilar odatda tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, tez nobud

bo‘ladi. Infeksiyaning chang orqali tarqalishi (havo-chang yo‘li

bilan yuqish) kuydirgi, tularemiya, sil, Ku-isitma va boshqalarda

aniqlangan. Bu yo‘l bilan yuqadigan mikroorganizmlar odatda

quritishga chidamli bo‘lib, uzoq saqlanadi.

Oziq-ovqatlar orqali (alimentar) yuqish. Kasallik qo‘zg‘a-

tuvchilari organizmga og‘iz orqali (ðeroral) tushadi. Bu yo‘l bilan

asosan ichak infeksiyalari yuqadi. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘a-

tuvchilari organizmdan najas bilan ajralib chiqadi va sanitariya

qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida oziq-ovqatga va suvga tushadi.

Kasalliklar hayvonlardan olingan mahsulotlar orqali ham yuqishi

mumkin. Masalan, brusellyoz kasal hayvonlarning suti va go‘shti

orqali, salmonelloz kasal hayvonlar go‘shti yoki kasal qushlar

tuxumi orqali yuqishi mumkin. Infeksiya oziq-ovqatlarga ðashshalar

orqali ham tushishi mumkin. Ichak infeksiyalari ifloslangan qo‘l va

buyumlar orqali ham yuqadi.

Ichak infeksiyalari, ayniqsa dizenteriya, qorin tifi va vabo kabilar,

hovuz, individual quduqlar yoki ayrim vodoðrovod tarmoqlarining

ifloslanishi natijasida suv orqali yuqishi mumkin. Bundan tashqari,

yomg‘ir natijasida tuðroqda bo‘lgan yuqumli kasalliklar qo‘zg‘a-

tuvchilarining yer osti suvlari orqali suv havzalariga tushishi

tabiiydir. Bu esa yirik eðidemiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning

uchun aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ichak kasalliklari

ðrofilaktikasida asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Kontakt yo‘li bilan yuqish. Bu yo‘l bilan infeksiya bevosita va

bilvosita yuqishi mumkin. Bevosita kontakt yo‘li bilan yuqishga

odamni quturgan hayvon tishlashi natijasida quturish kasalligi

hamda jinsiy yo‘l bilan OIÒS va venerik kasalliklarning yuqishi misol

bo‘la oladi. Infeksiyaning bemorlar foydalangan buyumlardan

sog‘lom odamlarga kontakt yo‘li bilan yuqishi, masalan kuydir-

gining mo‘yna yoqa orqali yoki teridan tayyorlangan buyumlar

orqali yuqishi odatda bilvosita kontakt yo‘li bilan yuqish deyiladi.


33

Umumiy qism

Òransmissiv yuqish. Òransmissiv yuqishda kasallik qo‘zg‘a-

tuvchilari bemor qonidan sog‘lom odam qoniga bevosita qon

so‘ruvchi hasharotlar (sðetsifik infeksiya tashuvchilar) orqali

tushadi. Qon so‘ruvchi hasharotlar bemor odam yoki hayvon

qonini so‘rgandan keyin uzoq vaqtgacha yuqumli bo‘lib qoladi va

sog‘lom kishilarni chaqishi natijasida ularga kasallik yuqtiradi. Bularga

anofeles chivini (bezgak qo‘zg‘atuvchisini yuqtiruvchi chivin),

bitlar (toshmali va qaytalama tif tashuvchisi), kanalar (ensefalit

tarqatuvchisi), moskitlar (leyshmanioz, ðaððatachi isitmasi

tashuvchisi) va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Òransðlasentar yuqish. Bu homilaga ona qornida rivojlanish

davrida kasallik yuqishidir. Bu borada virusli infeksiyalar juda xavfli

hisoblanadi. Sodda organizmlar ham mazkur yo‘l bilan yuqishi

mumkin.

Aholining kasallikka moyilligi. Bu ko‘rsatkich yuqqan infek-



siyaning rivojlanishi uchun asosiy sharoitdir. Bunda nafaqat har bir

kishi, balki aholining umuman mazkur infeksiyaga nisbatan moyil-

lik darajasi alohida ahamiyatga ega. Moyillik kontagiozlik indeksi bilan

baholanadi. Bu kasallanganlar sonining bemor bilan aloqada

bo‘lganlar soniga nisbatidir. Bu ko‘rsatkich o‘ndan bir bo‘laklarda


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish