Yurakni bilvosita (yopiq) massaj qilish. Bu usulda yurak
to‘sh suyagi bilan umurtqa pog‘onasi o‘rtasida bosiladi, natijada
qon yurakdan kichik va katta qon aylanish doiralari tomirlariga
o‘tadi, yurak bo‘sh qo‘yilgandan keyin devorlari yozilib,
bo‘shliqlariga qon qaytadan to‘planadi. Shu usulda sun’iy yo‘l
bilan qon aylanishini vujudga keltirib, organizmning hayoti uchun
muhim organlarning ishini tiklash mumkin bo‘ladi. Natijada
yurak muskullari qon bilan ta’minlanadi va yurak muskullari
mustaqil qisqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |