M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

1-rasm. Chaqaloqni ona ko‘kragiga tutish (Kenguru usuli). 


 
71 
Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  13.1.2003-yildagi  500-buy-
rug‘iga  binoan,  tug‘uruq  zalida  chaqaloqni  parvarish  qilish 
uchun  maxsus  biks  tayyorlab  qo‘yilgan  bo‘ladi.  Unda  kindik 
qoldig‘ini ikkilamchi parvarishi uchun alohida paket (to‘plam), 
ko‘zga  profilaktik  choralar  uchun  alohida  paket,  chaqaloqni 
yo‘rgaklash uchun alohida paket, terini parvarish qilish uchun 
alohida  paket  solingan  bo‘ladi.  Akusherka  ayolga  qarab 
bo‘lgach, qo‘llarini qaytadan yaxshilab sovunli shchyotka bilan 
oqar  suvda  yuvadi,  antiseptik  vositalarning  birontasi  bilan 
artadi,  qo‘lqop  kiyadi  va  chaqaloqning  kindik  qoldig‘ini 
parvarish qilish paketini maxsus kornsang bilan oladi va kindik 
qoldig‘ining ikkilamchi parvarishini boshlaydi.
 
Buning  uchun  kindik  qoldig‘ining  birinchi  qisqichdan  bola 
tomonini 96% li spirt bilan artiladi va bola kindik halqasining 
terili qismidan 3-4 mm yuqoriroqqa Rogovin qisqichi yoki bir 
martalik tizimning rezina qismidan tayyorlab sterillab qo‘yilgan 
halqacha  qo‘yiladi.  Qisqichdan  3-5  mm  yuqoriroqdan  esa 
kindik qoldig‘i kesiladi. Kesilgan yuza, kindik qoldig‘i va kindik 
halqasi  atrofidagi  teri  spirt  bilan  artib  qo‘yiladi.  Onada  rezus 
manfiy  qon  bo‘lgan  hollarda,  bola  bilan  ona  qon  guruhlari 
jihatidan  mos  kelmagan  hollarda,shuningdek,  chaqaloq  chala 
va  og‘ir  tug‘ilgan  hollarda  kindik  venalaridan  turli  xil  dori 
vositalari va qon preparatlari qo‘yilish ehtimoli borligini hisobga 
olib,  kindik  qoldig‘iga  Rogovin  qisqichi  qo‘yilmaydi.  Bunday 
hollarda  kindik  qoldig‘ini  uzunroq  qoldiriladi  (3-4  sm)  va 
maxsus  shoyi  ligatura  bilan  bog‘lanadi,  bog‘lamdan  5  mm 
qoldirib  kindik  kesiladi  va  yuzalari  oldingi  tartibda  artib 
tozalanadi. Har ikki holatdan keyin ham kindik qoldig‘i 500-
buyruq bo‘yicha ochiq qoldiriladi.
 
Shundan  so‘ng,  teri  qoplamlarini  tozalashga  kirishiladi. 
Bordiyu  bolaning  terisi  qon,  shilimshiq,  meqoniy,  iflos 
qog‘onoq suvlari bilan ko‘p miqdorda ifloslangan bo‘lsa, bolani 
tog‘ora ustida ushlagan h
оldа kuchsiz iliq (37-38
o
C) ko‘zadan 
suv  quyilib  yuvintiriladi.  Agar  teri  toza  bo‘lsa,  faqat  tabiiy 
burmalardagi tug‘uruq movlari steril o‘simlik moyi bilan asta-
sekinlik bilan artib olinadi, xolos. 
Chaqaloq tug‘ilganidan keyin 2 soat o‘tgach, antropometrik 
o‘lchovlar o‘tkazishga kirishiladi. Chaqaloq tarozida tortib ko‘-
riladi,  bo‘y  uzunligi,  ko‘krak  va  bosh  aylanalari  o‘lchanadi 


 
72 
(amaliy  qismga  qarang).  Tug‘ma  nuqsonlari  bor-yo‘qligini 
aniqlash maqsadida chaqaloq sinchkovlik bilan ko‘zdan kechi-
riladi.
 
Profilaktik  tadbirlar  –  ona  va  bolani  tug‘uruqdan  keyingi 
palataga o‘tkazishdan oldin olib boriladi, ya’ni birinchi ikki soat 
davomida  gonoblenoreyaning  oldini  olish  uchun  ko‘zlar, 
qizlarning jinsiy a’zolarini 1% li tetratsiklin, u bo‘lmasa – 1% 
li eritromitsin malhami yoki 1% li kumush nitrat eritmasi bilan 
ishlov beriladi.
 
Keyin  maxsus  braslet  (bilakuzuk)li  paketni  ochib  unga 
quyidagilarni  qayd  qiladi:  onasining  familiyasi,  ismi-sharifi, 
onasining  tug‘uruq  tarixi  raqami,  bolaning  jinsi,  vazni,  bo‘yi, 
tug‘ilgan  sanasi  va  soati.  Qo‘llariga  qayta  ishlov  berib 
brasletlarni  bolaning  ikki  qo‘liga  bog‘laydi,  bolaga  yaktakcha 
yoki  ko‘ylakcha,  ishtoncha  va  qalpoqcha  kiydiradi.  2  soatdan 
so‘ng  chaqaloqni  ona-bola  palatasiga  o‘tkaziladi.  Chaqaloqni 
bolalar bloki hamshirasi tekshirib qabul qilib oladi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish