M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


Ch аqаlоqning  birinchi  pаtrоnаji



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

Ch
аqаlоqning  birinchi  pаtrоnаji.  Chaqaloq  uyiga  kelgach, 
dastlabki  3  kun  davomida  mahalla  shifokori  va  hamshirasi 
tomonidan patronaj qilinadi. Bu haqda tegara  hamshirasining 
vazifalari mavzusida ma’lumot berilgan edi. Ana shu patronaj 
vaqtida  berilgan  maslahatlar  asosida  chaqaloqni  uy  sharotida 
uning onasi parvarish qilib boradi.
 
Uyda  iloji  bo‘lsa  ona  va  bola  uchun  alohida  xona  yoki 
xonada bola uchun alohida burchak ajratib qo‘yilishi va buning 
uchun eng yorug‘ joy tanlanishi kerak. Xonada ortiqcha buyum 
va  ashyolar  bo‘lmasligi  maqsadga  muvofiqdir.  Xona  toza 
saqlanishi  va  tez-tez  shamollatib  turilishi  kerak.  Bola  yashay-
digan  xonada  chekish,  kiyim-kechaklarni  yuvish  va  quritish 
mumkin emas.
 
Bola yonlari to‘r yoki maxsus panjara bilan himoya qilingan 
alohida karavotchada yotishi kerak. Bolaning oqliklarini alohida 
saqlash,  ozoda  bo‘lishini  ta’minlash  va  ularni  tez-tez  yuvib 
(kattalarnikidan  alohida  ajratilgan  holda)  dazmollab  turish 
lozim.  Chaqaloq  bola  har  kuni  qaynatib  37
o
C  gacha  ilitilgan 
suv  bilan  22
o
C  dan  past  bo‘lmagan  haroratli  xonada 
cho‘miltiriladi. Cho‘miltirishning eng maqbul vaqti kechqurun, 
oxirgi emizish oldi hisoblanadi.
 


 
78 
Bolaning  tagi  har  safar  ich  qilgach  yoki  siyganidan  keyin 
albatta ilitilgan oqar suv bilan yuvib turiladi. Tirnoqlari har 7-
10 kunda kichkina qaychida ehtiyotlik bilan olinadi.
 
Chaqaloqni  uy  sharotida  parvarish  qilish  uchun  quyidagi 
narsalar bo‘lishini ta’minlang:
 
– steril salfetkalar, bintlar, paxtani saqlash uchun og‘zi keng 
va berkitiladigan banka;
 
– vannachadagi suv haroratini o‘lchash uchun termometr;
 
– steril o‘simlik moyi solingan shisha;
 
– toza  bankada  klizma  uchun  ishlatiladigan  rezina  ballon-
cha;
 
– bolani cho‘miltirish uchun alohida tog‘ora yoki vannacha;
 
– bola tagini yuvish uchun ishlatiladigan tog‘ora;
 
– qaychi va boshqalar.
 
Chaqaloqlik  davrida  bolaning  infeksiyalarga  beriluvchan 
bo‘lishini  hisobga  olib,  bolaning  yuzi  va  qo‘llaridan  o‘pishga, 
kasal odamlarning unga yaqinlashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bola 
so‘rg‘ichga o‘rgatilgan bo‘lsa, so‘rg‘ichlar bir nechta bo‘lishi va 
albatta  qaynatib  sterillab  turilishi  hamda  alohida  stakanlarda 
og‘zi berk holda saqlanishi kerak.
 
Chaqaloqning parvarishi bilan mashg‘ul bo‘ladigan kishilar-
ning hammasi shaxsiy gigiyena q
оidalariga rioya qilishlari shart.
 
Uyda chaqaloqdan boshqa yosh bolalar bo‘lganda bolani ular 
bilan yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi.
 
Chaqaloqni  ovqatlantirish  ishlari  bilan  faqat  onaning  o‘zi 
yoki bu ishni yaxshi bajara oladigan kishi shug‘ullanishi kerak.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish