M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


Chaqaloqni ovqatlantirish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
Chaqaloqni ovqatlantirish
 
 
Homilador ayollar ko‘kraklarini emizish uchun bola tug‘il-
masidan oldin tayyorlab borishlari lozim. Hamshiralar tug‘ruq-
qacha  patronajlar  vaqtida  bo‘lg‘usi  onaning  sut  bezlarini 
ko‘zdan kechirib, ularni emizishga tayyorlash bo‘yicha masla-
hatlarini  bergan  va  emizish  q
оidalarini  tushuntirib  o‘tgan 
bo‘lishlari kerak.
 
Oy-kuni  yetib,  sog‘lom  tug‘ilgan  chaqaloqlar  tug‘uruq 
zalidayoq  ona  ko‘kragiga  tutiladi.  Ko‘pchilikning  ta’kidla-
shicha, bu vaqtda ona ko‘kraklaridan sut ajralmasada, bunday 
qilinishining  ahamiyati  shundaki,  bolada  emish  va  yutish 
reflekslari  mustahkamlanadi,  bola  ona  hidini  eslab  qoladi, 
bolaga nisbatan ona mehri yanada ortadi, onaning bachadoni 
qisqarib  ortiqcha  qon  ketishining  oldi  olinadi,  yo‘ldoshning 
tushishi tezroq va osonroq kechadi.
 
Keyinchalik  ona  tug‘uruqdan  keyingi  umumiy  xonaga  o‘t-
kazilgach,  bolasini  hamshira  nazorati  ostida  emizishni  bosh-
laydi.  Bolaga  birinchi  marta  ko‘krak  tutilganda  u  ko‘krakni 
darrovda olmay tursa, ona ko‘krak uchini bola lablari bo‘ylab 
silab yurgizadi yoki bir necha tomchi sutni sog‘ib bola og‘ziga 
tushiradi. Hozirgi tartib bo‘yicha chaqaloqlar va bolalar erkin 
boqiladi (erkin emizish). Bordiyu onada birinchi sutkalarda sut 
kelmasdan  yoki  onaning  suti  ozligidan  bola  besaranjom 
bo‘laversa, bolani donor suti bilan boqib turiladi. Ona sutining 


 
74 
yetishmayotganligini aniqlash uchun nazorat o‘lchash o‘tkazi-
ladi (amaliy qismga qarang).
 
Chaqaloq birinchi kunlarda ona ko‘kragidan 5 ml dan 30-35 
ml gacha sut emib oladi (sutkasiga taxminan 150-200 ml). 3-4-
kunlardan boshlab emib olayotgan sut miqdori ortib boradi va 
8-9-kunlarga kelib 450-500 ml ni tashkil qiladi.
 
Oy-kuni  yetib  o‘rtacha  vazn  bilan  tug‘ilgan  chaqaloqlarga 
birinchi  kunlarda  kerak  bo‘ladigan  sutkalik  sut  miqdorini 
quyidagi formulalar bilan aniqlab olish mumkin:
 
1) Fikelshteyn formulasi bo‘yicha:
 
Ss = n x 70, bola vazni 3200 dan past tug‘ilgan bo‘lsa, Ss = 
n x 80, bola vazni 3200 dan ortiq tug‘ilgan bo‘lsa, bu yerda n -
bolaning  hayot  kunlari.  Masalan:  5  kunlik  bola,  3300  gr 
tug‘ilgan - 5x80=400 ml.
 
2) Zaytseva formulasi bo‘yicha:
 
Ss = n x vaznning 2 %-i. n - bolaning hayot kunlari. 
 
Masalan: 5 kunlik bola, vazni 3400 gr, Ss = (340 x 2): 100 x 
5 = 340 ml.
 
3)  Chaqaloq  7-10  kunlik  bo‘lgach, 
«sig‘imli»  usuldan 
foydalanish ham mumkin, ya’ni 6 haftalikgacha bola vaznining 
1/5 qismi hisobida sut iste’mol qiladi:
 
Masalan:  Vazni  3600  bo‘lgan  16  kunlik  chaqaloq  sutka 
davomida – 3600:5=720 ml sut ichadi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish