69
Belgilari
Bahosi
0
1
2
Yurak
urishlari soni
Aniqlan-
maydi
Sekinlashgan, (1
daq. 100 dan
kam)
1 daq. 100
dan ortiq
Nafas
harakati
Yo‘q
Siyrak, tartibsiz
Yaxshi, bola
yig‘laydi
Muskullar
tonusi
Bo‘shashgan
Qo‘1-oyoqlari
biroz
bukilgan
Harakatlari
faol
Burun
kateteriga
javob
reaksiyasi yoki
oyoq ostini
qitiqlash
refleksi
Yo‘q
Aftini
burishtiradi
Aksiradi va
yo‘taladi
Terisining
rangi
Oq
Tana terisi och-
pushti rangda,
qo‘l-oyoqlari
ko‘kimtir
Boshdan-
oyog‘igacha
och-pushti
rangda
Baholash ana shu 5 ta belgini ifodalaydigan raqamlarning
yig‘indisi asosida olib boriladi.
Agar yig‘indi 8-10 ballni tashkil qilsa, chaqaloq ahvoli
yaxshiligini, 6-7 ball bo‘lsa – qoniqarli, 6 balldan past
baholansa og‘irligini bildiradi.
Masalan, chaqaloq yurak urishlari soni 92 (1 ball), nafas
harakatlari tartibsiz (1 ball), muskul tonusi bo‘sh (0 ball), burun
kateteri bilan qitiqlashga reaksiya – aftini bujmaytirish (1 ball),
terisining rangi – tanasi pushti rangda, qo‘1-oyoqlari ko‘kimtir
(1 ball), umumiy bahosi 4 ballga teng, demak, chaqaloqning
ahvolini o‘ta og‘ir, deb baholash mumkin.
Tug‘uruqxonada chaqaloqning dastlabki parvarishi (yuvib-
tarashi)ni doya-hamshira (akusherka) amalga oshiradi. Lekin
bu ishlarni hamshiralar ham amalga oshira olishlari kerak.
Quyida ana shu tadbirlar haqida ma’lumotlar keltiriladi (SSV
ning 500-sonli buyrug‘i asosida).
70
Chaqaloqni qabul qilish uchun bir martalik steril akusherlik
komplektidan foydalaniladi.
Chaqaloqning boshi tug‘ilishi bilan uning yuqori nafas
yo‘llaridan shilimshiqlarni rezina balloncha yoki elektr so‘rg‘ich
bilan tozalanadi. Tug‘ilgan bolani darhol issiqlik yo‘qotilishini
oldini olib va issiqlik zanjiri tamoyillariga amal qilgan holda
tezda artib quritiladi va ona qorniga qo‘yiladi. Onasi bilan birga
issiq ko‘rpa (adyol) yopiladi, boshiga qalpoqcha kiydiriladi.
Bolaning sovuq qotishiga, sababsiz onasidan ajratilishiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak.
Shundan so‘ng akusherka (taxminan 1 daqiqa o‘tgach yoki
kindik tomirlarida pulsatsiya to‘xtagach) kindik halqasidan 10
sm qoldirib birinchi Koxer qisqichini qo‘yadi, ikkinchi Koxer
qisqichini kindik halqasidan 8 sm qoldirib qo‘yiladi, uchinchisi
esa, iloji boricha onaning jinsiy a’zolariga yaqin masofaga
qo‘yiladi. Birinchi va ikkinchi qisqichlar oralig‘ini akusherka
96% li spirt bilan tozalaydi va steril qaychi bilan kesadi. Onasiga
ko‘rsatish. Shundan keyin bolani onasiga, uning jinsini e’tiborga
olgan holda ko‘rsatiladi va boladagi tug‘ma nuqsonlar ham (agar
mavjud bo‘lsa) ma’lum qilinadi.
Apgar shkalasi bo‘yicha 7-8 balldan yuqori baholangan
chaqaloqlarni birlamchi qayta tozalovdan so‘ng onasining
ko‘kragiga tutiladi (Kenguru usuli) 1-rasm. Ko‘krakka tutishga
yo‘l qo‘yilmaydigan holatdagi bolalarni esa onasining yoniga
10-15 daqiqaga yotqizib qo‘yish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shundan so‘ng, chaqaloqni ikkilamchi tozalov stolga yotqizib
qo‘yil
аdi.
Do'stlaringiz bilan baham: