71
Sog‘liqni saqlash vazirligining 13.1.2003-yildagi 500-buy-
rug‘iga binoan, tug‘uruq zalida chaqaloqni parvarish qilish
uchun maxsus biks tayyorlab qo‘yilgan bo‘ladi. Unda
kindik
qoldig‘ini ikkilamchi parvarishi uchun alohida paket (to‘plam),
ko‘zga profilaktik choralar uchun alohida paket, chaqaloqni
yo‘rgaklash uchun alohida paket, terini parvarish qilish uchun
alohida paket solingan bo‘ladi. Akusherka ayolga qarab
bo‘lgach, qo‘llarini qaytadan yaxshilab sovunli shchyotka bilan
oqar suvda yuvadi, antiseptik vositalarning birontasi bilan
artadi, qo‘lqop kiyadi va chaqaloqning kindik qoldig‘ini
parvarish qilish paketini maxsus kornsang bilan oladi va kindik
qoldig‘ining ikkilamchi parvarishini boshlaydi.
Buning uchun kindik qoldig‘ining birinchi qisqichdan bola
tomonini 96% li spirt bilan artiladi va bola kindik halqasining
terili qismidan 3-4 mm yuqoriroqqa Rogovin qisqichi yoki bir
martalik tizimning rezina qismidan tayyorlab sterillab qo‘yilgan
halqacha qo‘yiladi. Qisqichdan 3-5 mm yuqoriroqdan esa
kindik qoldig‘i kesiladi. Kesilgan yuza, kindik qoldig‘i va kindik
halqasi atrofidagi teri spirt bilan artib qo‘yiladi. Onada rezus
manfiy qon bo‘lgan hollarda, bola bilan ona qon guruhlari
jihatidan mos kelmagan hollarda,shuningdek, chaqaloq chala
va og‘ir tug‘ilgan hollarda kindik venalaridan turli xil dori
vositalari va qon preparatlari qo‘yilish ehtimoli borligini hisobga
olib, kindik qoldig‘iga Rogovin qisqichi qo‘yilmaydi. Bunday
hollarda kindik qoldig‘ini uzunroq qoldiriladi (3-4 sm) va
maxsus shoyi ligatura bilan bog‘lanadi, bog‘lamdan 5 mm
qoldirib kindik kesiladi va yuzalari oldingi tartibda artib
tozalanadi. Har ikki holatdan keyin ham kindik qoldig‘i 500-
buyruq bo‘yicha ochiq qoldiriladi.
Shundan so‘ng, teri qoplamlarini tozalashga kirishiladi.
Bordiyu bolaning terisi qon, shilimshiq, meqoniy, iflos
qog‘onoq suvlari bilan ko‘p miqdorda ifloslangan bo‘lsa, bolani
tog‘ora ustida ushlagan h
оldа kuchsiz iliq (37-38
o
C) ko‘zadan
suv quyilib yuvintiriladi. Agar teri toza bo‘lsa, faqat tabiiy
burmalardagi tug‘uruq movlari steril o‘simlik moyi bilan asta-
sekinlik bilan artib olinadi, xolos.
Chaqaloq tug‘ilganidan keyin 2 soat o‘tgach, antropometrik
o‘lchovlar o‘tkazishga kirishiladi. Chaqaloq tarozida tortib ko‘-
riladi, bo‘y uzunligi, ko‘krak va bosh aylanalari o‘lchanadi
72
(amaliy qismga qarang). Tug‘ma nuqsonlari bor-yo‘qligini
aniqlash maqsadida chaqaloq sinchkovlik bilan ko‘zdan kechi-
riladi.
Profilaktik tadbirlar – ona va bolani tug‘uruqdan keyingi
palataga o‘tkazishdan oldin olib boriladi, ya’ni birinchi ikki soat
davomida gonoblenoreyaning oldini olish uchun ko‘zlar,
qizlarning jinsiy a’zolarini 1% li tetratsiklin, u bo‘lmasa – 1%
li eritromitsin malhami yoki 1% li kumush nitrat eritmasi bilan
ishlov beriladi.
Keyin maxsus braslet (bilakuzuk)li paketni ochib unga
quyidagilarni qayd qiladi: onasining familiyasi, ismi-sharifi,
onasining tug‘uruq tarixi raqami, bolaning jinsi, vazni, bo‘yi,
tug‘ilgan sanasi va soati. Qo‘llariga qayta ishlov berib
brasletlarni bolaning ikki qo‘liga bog‘laydi, bolaga yaktakcha
yoki ko‘ylakcha, ishtoncha va qalpoqcha kiydiradi. 2 soatdan
so‘ng chaqaloqni ona-bola palatasiga o‘tkaziladi. Chaqaloqni
bolalar bloki hamshirasi tekshirib qabul qilib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: